Putin iqlim masalalari bo‘yicha sammitda ishtirok etadi - uni Bayden taklif qildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin
Prezident RF V. Putin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2021
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin 22-aprel kuni iqlim masalalari sammitida nutq so‘zlaydi
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Vladimir Putin 22-aprel kuni iqlim masalalariga bag‘ishlangan sammitda nutq so‘zlaydi, deb xabar qildi Kreml matbuot xizmati.
Avvalroq Oq Uy AQSh prezidenti Jo Bayden Vashington 22-23 aprel kunlari virtual formatda tashkil etishni rejalashtirgan tadbirga 40 nafar davlat yetakchisi, shu jumladan rossiyalik hamkasbini taklif qilgani haqida xabar bergan edi.
Mujchina neset produkti dalnoboyshikam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2020
Markaziy Osiyo: olimlar dahshatli iqlim falokati haqida ogohlantirishdi
"Vladimir Putin global iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan keng xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish sharoitida Rossiyaning yondashuvlarini bayon qiladi", - deyiladi nashrda.
Sammitni Yer kunida o‘tkazishni ko‘zda tutilmoqda. Unda Putindan tashqari, Xitoy, Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstraliya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Italiya, Ispaniya, Meksika, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlarning yetakchilari ishtirok etishadi.
2017 yil iyun oyida Donald Tramp AQShning atmosferaga zararli chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tartibga soluvchi Parij kelishuvidan chiqishini e’lon qilgandi. Joriy yilning yanvar oyida Bayden Parij kelishuviga qaytish to‘g‘risida farmon imzoladi.
Yangiliklar lentasi
0