“Chorasizlik”: YeIda kimlar “Sputnik V”ga qiziqish bildirmoqda

Nega G‘arbda koronavirusga qarshi kurashish atrofida janjallar tinmayapti?
Sputnik
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Avstriya, Chexiya, Bolgariya, Sloveniya va Latviya yetakchilari YeI vaksinalarni qanday taqsimlayotganidan g‘azablanishdi. Yevropada Rossiya yoki Xitoy vaksinalariga o‘tishga tayyorlar. Brussel “Sputnik V” vaksinasini xarid qilishga oid muzokaralarga hozirligi xabar qilindi. Nega G‘arbda koronavirusga qarshi kurashish atrofida janjallar tinmayotganini RIA Novosti o‘rgandi.

“Aybsiz aybdorni” izlash

“YeIning ayrim mamlakatlariga vaksinalar aholi soniga nomutanosib ravishda yetkazilmoqda. Buni yaqinda bo‘ladigan sammitda muhokama qilishga chaqiramiz”, - deyiladi Avstriya, Chexiya, Bolgariya, Sloveniya va Latviya yetakchilari maktubida.
Avstriya kansleri Sebastan Kurs Brusselga Latviya va Bolgariyadagi vaziyatga e’tibor qaratishni tavsiya qildi. Dori-darmon yetishmasligi u yerda koronavirusning yangi to‘lqiniga, oqibatda esa navbatdagi lokdaunga olib kelishi mumkin, deya ogohlantirdi siyosatchi.
“Nima sababdan, masalan, Maltaga Bolgariyaga qaraganda ko‘proq vaksina tegdi? – deya savol bilan yuzlandi Kurs. – Sababini YeI kengashi boshqaruvchisining maxfiy shartnomalarida ko‘ramiz. Bu bekitiqcha bitimlarni surishtirish va emlashni bozorga aylantirmaslik kerak”.
YeIning yana 4ta davlati "Sputnik V"ga qiziqish bildirdi
Sotsial-demokratik partiyadagi muxoliflar Kursning fikriga qo‘shilishmadi. “Kansler Avstriyada emlash kampaniyasi muvaffaqiyatsizligi uchun aybsiz aybdorni qidirmoqda”, - deyishdi partiya vakillari.
Angliya-Shvetsiyaning “AstraZeneca” va Amerikaning “Pfizer” vaksinasi bilan emlashni Avstriya hukumati yil oxirida yo‘lga qo‘ygandi. Biroq mart oyida muammolar yuzaga keldi. “AstraZeneca” kompaniyasi YeIning barcha mamlakatlarini ta’minlashga ulgurmayotganini ma’lum qildi. Qolaversa, emlanganlarda asoratlar tez-tez kuzatilmoqda (qon quyuqlashishi), Italiya va Daniyada hatto o‘lim holatlari qayd etildi.
Germaniya, Italiya va Fransiya AstraZeneca bilan emlashni to‘xtatdi
Avstriya, Daniya, Norvegiya, Bolgariya, Latviya, Litva, Estoniya vaksinadan foydalanishni vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi.

Nojo‘ya emlash

Kuni kecha Estoniyada 31 yoshli davlat xizmatchisi vafot etdi. Kecha Slovakiyada 38 yoli o‘rta maktab o‘qituvchisi hayotdan ko‘z yumdi.
Qurbonlar yaqinlari ingliz-shved kompaniyasi bilan sudlashmoqchi. Ammo farsevtika kompaniyasi rahbariyati oldindan ayblovlarni rad etmoqda.
“AstraZeneca” va qon quyuqlashishi paydo bo‘lishi o‘rtasida aloqaning dalili yo‘q. Emlanishdan bo‘yin tovlash uchun sabablar yo‘q”, - deya ishontirmoqda JSST vakili Margaret Xarris.
Ustiga ustak “AstraZeneca”ga shubha bilan qarayotgan mamlakatlar ro‘yxati kengaymoqda. Kecha Germaniya, Fransiya va Italiya bu vaksinadan foydalanishni to‘xtatdi.
YeI davlatlari AstraZeneca bilan emlashni to‘xtatdi. O‘zbekiston qanday yo‘l tutadi?
“Pfizer”ga keladigan bo‘lsak, bu vaksina tanqis. Tarqatish ishlari bilan Brussel shug‘ullanadi. Gap hozircha yuz ming aholi boshiga sakkiz doza haqida ketapti. Taqqoslash uchun: AQShda – 24, Britaniyada – 32. Avstriya, Bolgariya, Sloveniya va Latviya rahbarlari maktubda aynan shuni tanqid qilishgan.

Turizm boshlanish arafasida

Kurs alohida e’tibor qaratgan Latviya va Bolgariyadagi emlash sur’atlari haqiqatdan sekinlashdi. Hozir u yerda o‘rtacha ikki ming kishini emlashmoqda.
“Kamida butun mart oyida preparatning o‘ta yetishmasligi kuzatiladi”, - deb ogohlantirdi Latviya emlash burosi rahbari Eva Yuxnevicha.
Aprel o‘rtasiga qadar Riga 164 ming doza olishga umid qilmoqda. Shundan yarmi “AstraZeneca”, lekin hozir bu so‘roq ostida. Ishlab chiqaruvchi vaksinaning xavfsizligini isbotlamasa, undan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Hukumat “Pfizer”ga qo‘shimcha partiya uchun hozircha pul to‘lay olmaydi.
“Omborlarda vaksina yo‘q: hammasi tibbiyot muassasalari va oilaviy shifokorlarga jo‘natilgan”, - deya tushuntirdi Yuxnevicha.
Bolgariya sayyohlik mavsumiga hozirlik ko‘rmoqda: birinchi may kuni xalqaro aviaqatnov ochiladi. Mamlakatga koronavirusga topshirgan testi manfiy chiqqanlar yoki emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatga egalar kiritiladi. Lekin mahalliy aholini emlash bilan hammasi ko‘ngildagidek emas.
Fevralda “AstraZeneca”ning yirik partiyasi keltirildi. Qat’iy karantindan charchagan odamlar emlana boshladi. YeIdagi qo‘shnilar i kabi hukumat vaksina hatto tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar va pensionerlarga yetishmasligidan shikoyat qildi. Endi esa jarayon umuman to‘xtab qoldi.
Turizm uchun to‘liq ochilgan mamlakatlar ro‘yxati
“Men Yevropa dori vositalari agentligi “AstraZeneca” vaksinasi xavfsizligi haqidagi shubhalarni inkon etmaganiga qadar u bilan emlashni to‘xtatishni buyurdim”, - dedi bosh vazir Boyko Borisov.

Sir va hiyla-nayrang

YeIning ayrim mamlakatlaridagi norozilikni ayrimlari yetkazib berish tiklanishini kutayotgani, boshqalari esa ortiqchasini qayerga qo‘yishni bilmayotgani ham kuchaytirmoqda. Germaniyada, masalan, omborlarda bir millionga yaqin keraksiz doza yig‘ilib qolgan.
Buyuk Britaniyada esa 21 million aholi emlanib bo‘ldi. U yerga YeI mamlakatlarildan farqli o‘laroq vaksinalar uzluksiz yetkazib berildi.
Italiya hukumati ochiqchasiga Londonni emlashni buzishda ayblab, sudlash bilan tahdid qildi. Vaksina ishlab chiqaruvchilari o‘zlarini oqlashdi: “Qiyinchilik asosiy komponentni tayyorlash bilan bog‘liq”. Biroq bu hech kimni tinchlantirmadi. “Maxfiy shartnomalar” haqida gapirayotib, Kurs Britaniyaga tezlashtirilgan tartibda yetkazib berilganlikni ham nazarda tutgan edi.
Saudiya Arabistoni, BAA va Qatarda emlash Yevropa bilan bir vaqtda boshlangani ham yevropaliklarning g‘azabi va shubhasini keltirib chiqarmoqda. Aftidan, kim ko‘proq to‘lagan bo‘lsa, o‘sha birinchi bo‘lib vaksina oladi.

Vaksinalar urushi

YeIda Rossiya va Xitoy vaksinalarini ko‘z ostiga olib qo‘yishmoqda. Fransiya “Sputnik V”dan foydalanmoqda, agar tibbiyot hamjamiyati uning samaradorligini tasdiqlasa.
Germaniya vaksina va biotibbiy dori vositalarini ishlab chiqarish instituti ham qiziqish bildirdi. Shartlar hamon o‘sha – YeI mezonlariga mos kelish. “Sputnik V”ni xarid qilish rejalarini Avstriya ma’lum qildi. “Bu masalada geosiyosat haqida gap bo‘lishi mumkin emas”, - deya ta’kidladi Kurs.
“Reuters” YeI “Sputnik V” borasida Moskva bilan muzokaralarga tayyorlanayotganini aytmoqda. Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bunga hech qanday izoh bermadi. Lekin jurnalistlar “Sputnik V”ni ishlab chiqarishni Italiya va Germaniyada tashkil etishlari mumkinligini aniqlashdi.
Yana bir versiya: Brussel yetkazib berishni nazoratga olish uchun Rossiya vaksinasi haqidagi fikrini o‘zgartirgan. Vengriya, Slovakiya, Chexiya bu haqda Moskva bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishib oldi. Ular boshlariga yog‘ilgan ayblovlarga qarama-qarshi da’vo bilan javob berishmoqda: “Pfizer”ni juda uzoq kutish kerak.
Koronavirus va Rossiya bilan kurashda YeI laycha rolini o‘ynamoqda
Jorj Marshall nomidagi xavfsizlik masalalarini o‘rganish Yevropa markazi mutaxassisi Pal Dunay RIA Novosti bilan suhbatda tushuntirdi: “Gap “Sputnik V”ning nodirligida emas, balki YeIning ko‘plab mamlakatlari uchun chorasizlik vaziyatda”.
“Yevropa Xitoy vaksinasiga ham qiziqish bildirmoqda axir. Xususan, Vengriya YeIda birinchi bo‘lib “Sinopharm”ni oldi. Muqobillar hozir “AstraZeneca”ning yuzaga kelgan yetkazib berish va muammolaridan saqlaydi”, - deydi venger siyosatshunosi.
Xalqaro munosabat bo‘yicha britaniyalik mutaxassis Masha Metuz “vaksinalar urushi” pandemiya oxiriga qadar davom etishi mumkin deb hisoblaydi. “Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiyada odamlar uyda o‘tirib charchashdi va hukumatni tanqid qilmoqda. Ular koronavirusdan xalos bo‘lish va siyosiy ochkolarni qo‘lga kirish maqsadida mo‘’jiza-usulni topishga urinishmoqda. Vaksinalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, hukumatni ushlab turish imkoniyati shunchalik ko‘p”, - deya aniqlik kiritadi u.
O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, barcha emlanmagunga qadar Yevropa uchun “o‘zing uchun o‘l yetim” tamoyili dolzarbligicha qoladi.