https://oz.sputniknews.uz/20210316/astrazeneca-17780345.html
Germaniya, Italiya va Fransiya AstraZeneca bilan emlashni to‘xtatdi
Germaniya, Italiya va Fransiya AstraZeneca bilan emlashni to‘xtatdi
Sputnik O‘zbekiston
Germaniya, Italiya va Fransiya ehtiyot chorasi sifatida - AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni to‘xtatishga qaror qilishdi. 16.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-16T13:46+0500
2021-03-16T13:46+0500
2021-04-01T16:45+0500
dunyoda
yevropa ittifoqi
italiya
fransiya
germaniya
vaksina
astrazeneca
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0f/17761171_0:275:2157:1488_1920x0_80_0_0_1a420aaaf0e475c8085ca807f5f06779.jpg
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Germaniya, Italiya va Fransiya ehtiyot chorasi sifatida - AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni to‘xtatishga qaror qilishdi.Germaniyada dori-darmonlarning aylanishi va sifati uchun mas’ul bo‘lgan Erlixa instituti ushbu dori vositasini vaqtincha taqiqlash bo‘yicha tavsiyalar berdi.Italiyada ingliz-shved preparat bilan emlashni vaqtincha to‘xtatib turish Dori vositalari agentligi (Aifa) tomonidan joriy qilindi.Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AstraZeneca vaksinalaridan foydalanishga vaqtinchalik embargo qo‘yilishini e’lon qildi.Uning ta’kidlashicha, Fransiyada seshanba kunigacha AstraZeneca vaksinasidan foydalanish to‘xtatilgan, aynan shukuni Yevropaning dori-darmon regulyatori (YeMA) ushbu preparatni qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.AstraZeneca vaksinasi bilan bog‘liq muammolarAstraZeneca bilan emlashni vaqtincha to‘xtatgan birinchi mamlakat – Daniya. 11-mart kuni daniyalik ayol ingliz-shved vaksinasi bilan emlangandan ko‘p o‘tmay vafot etganidan keyin bunday qarorga kelindi. Unga tromboemboliya tashxisi qo‘yilgan.Daniyadan keyin Yevropaning qator davlatlari - Avstriya, Estoniya, Litva, Lyuksemburg, Latviya, Daniya, Norvegiya, Islandiya, Niderlandiya, Bolgariya, Ruminiya, Irlandiya, Norvegiya 50 yoshdan oshgan emlangan kishilar orasida tromboz yuzaga kelishi holatlari to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘lgandan so‘ng vaksinadan foydalanishni to‘xtatdi. AstraZeneca vaksinasini olganlar orasida tromboz borligi haqidagi xabarlardan so‘ng, Yevropa dorilar agentligi qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish kerakligini ma’lum qildi.BSSTning konsultativ qo‘mita AstraZeneca bilan emlangan kishilarda tromb yuzaga kelish sabablarini o‘rganmoqda. Ular ta’kidlashicha, hozirda bu vaksina tromb yuzaga keltirgani to‘g‘risida aniq dalil yo‘q.AstraZeneca ishlab chiqarilishiAstraZeneca 2020-yilda Angliya-Shvetsiya farmatsevtika kompaniyasi va Oksford universiteti tomonidan ishlab chiqildi. Preparat vektorli, ikki valentli, "AZD1222" yoki Covishield nomi bilan ham tanilgan.Klinik tekshiruvlar preparatning samaradorligini (60 foizdan ko‘p) isbotladi. YeI ko‘plab aholisi bu samaradorlik darajasi yetarli emas, deb hisoblashmoqda. Bu vaksina haqida shubhalarga Germaniyada va YeIning boshqa qator mamlakatlarida bu preparat bilan faqat 65 yoshgacha bo‘lganlar emlashga ruxsat berilganligi sabab bo‘lishi mumkin. Yetarli ma’lumot yo‘qligi sababli Shveysariya bu vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishni kechiktirdi.AstraZeneca va O‘zbekistonO‘zbekistonga COVID-19ga qarshi emlashning COVAX mexanizmi doirasida 660 ming doza AstraZeneca vaksinasini yetkazib berilishi kutilmoqda.Respublikada mart oyida COVID-19ga qarshi ommaviy emlashni boshlashni rejalashtirmoqda, 2021-yil oxiriga qadar 7 million kishi yoki aholining 20 foizini emlanishi mumkin. Jahon bozorida 15 million doza vaksinaga buyurtma berilgan.SES ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent COVAX mexanizmi doirasida 12ta vaksinasi ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan muzokaralar olib bormoqda. Xususan, Amerikaning Pfizer kompaniyasi va uning nemis sherigi BioNTech tomonidan ishlab chiqarilgan 100 ming doza Comirnaty, shuningdek 2,5 million dozagacha AstraZeneca vaksinasini sotib olish to‘g‘risida gap ketmoqda. Germaniya hukumati Toshkentga COVAX orqali vaksinalar sotib olishda yordam bermoqda.O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati AstraZeneca vaksinasi atrofida yuz berayotgan voqealar fonida ushbu vaksina bo‘yicha rasmiy pozitsiyani bildirib o‘tgandi."...qanday vaksina bo‘lishidan qat’iy nazar COVID-19 ga qarshi emlanish va kasallikdan himoyalanish imkoniyatining borligiga, kasallanib qolishdan ham og‘ir oqibatlarga mubtalo bo‘lishdan saqlanib qolishning imkoniyati sifatida qaralishi kerak. Zero, biz kelajagi buyuk davlatni qurishga kirishgan ekanmiz, yuqumli kasalliklardan holi, epidemik barqaror hududda yashashga barchamiz haqlimiz", - deyiladi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan e’lon qilingan bayonotda.
https://oz.sputniknews.uz/20210313/ei-davlatlari-astrazeneca-bilan-emlashni-tkhtatdi-zbekiston-anday-yl-tutadi-17729012.html
https://oz.sputniknews.uz/20210315/astrazeneca-17765195.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0f/17761171_26:0:2157:1598_1920x0_80_0_0_01310d2f901fe1fd019553afe55a60dd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, yevropa ittifoqi, italiya, fransiya, germaniya, vaksina, astrazeneca, covid-19 umumjahon pandemiyasi
dunyoda, yevropa ittifoqi, italiya, fransiya, germaniya, vaksina, astrazeneca, covid-19 umumjahon pandemiyasi
Germaniya, Italiya va Fransiya AstraZeneca bilan emlashni to‘xtatdi
13:46 16.03.2021 (yangilandi: 16:45 01.04.2021) Germaniya, Italiya va Fransiya ehtiyot chorasi sifatida - AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni to‘xtatishga qaror qilishdi.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Germaniya, Italiya va Fransiya ehtiyot chorasi sifatida - AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni to‘xtatishga qaror qilishdi.
Germaniyada dori-darmonlarning aylanishi va sifati uchun mas’ul bo‘lgan Erlixa instituti ushbu dori vositasini vaqtincha taqiqlash bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Italiyada ingliz-shved preparat bilan emlashni vaqtincha to‘xtatib turish Dori vositalari agentligi (Aifa) tomonidan joriy qilindi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AstraZeneca vaksinalaridan foydalanishga vaqtinchalik embargo qo‘yilishini e’lon qildi.
Uning ta’kidlashicha, Fransiyada seshanba kunigacha AstraZeneca vaksinasidan foydalanish to‘xtatilgan, aynan shukuni Yevropaning dori-darmon regulyatori (YeMA) ushbu preparatni qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
AstraZeneca vaksinasi bilan bog‘liq muammolar
AstraZeneca bilan emlashni vaqtincha to‘xtatgan birinchi mamlakat – Daniya. 11-mart kuni daniyalik ayol ingliz-shved vaksinasi bilan emlangandan ko‘p o‘tmay vafot etganidan keyin bunday qarorga kelindi. Unga tromboemboliya tashxisi qo‘yilgan.
Daniyadan keyin Yevropaning qator davlatlari - Avstriya, Estoniya, Litva, Lyuksemburg, Latviya, Daniya, Norvegiya, Islandiya, Niderlandiya, Bolgariya, Ruminiya, Irlandiya, Norvegiya 50 yoshdan oshgan emlangan kishilar orasida tromboz yuzaga kelishi holatlari to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘lgandan so‘ng vaksinadan foydalanishni to‘xtatdi.
AstraZeneca vaksinasini olganlar orasida tromboz borligi haqidagi xabarlardan so‘ng, Yevropa dorilar agentligi qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish kerakligini ma’lum qildi.
BSSTning konsultativ qo‘mita AstraZeneca bilan emlangan kishilarda tromb yuzaga kelish sabablarini o‘rganmoqda. Ular ta’kidlashicha, hozirda bu vaksina tromb yuzaga keltirgani to‘g‘risida aniq dalil yo‘q.
AstraZeneca ishlab chiqarilishi
AstraZeneca 2020-yilda Angliya-Shvetsiya farmatsevtika kompaniyasi va Oksford universiteti tomonidan ishlab chiqildi. Preparat vektorli, ikki valentli, "AZD1222" yoki Covishield nomi bilan ham tanilgan.
Klinik tekshiruvlar preparatning samaradorligini (60 foizdan ko‘p) isbotladi. YeI ko‘plab aholisi bu samaradorlik darajasi yetarli emas, deb hisoblashmoqda. Bu vaksina haqida shubhalarga Germaniyada va YeIning boshqa qator mamlakatlarida bu preparat bilan faqat 65 yoshgacha bo‘lganlar emlashga ruxsat berilganligi sabab bo‘lishi mumkin. Yetarli ma’lumot yo‘qligi sababli Shveysariya bu vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishni kechiktirdi.
AstraZeneca va O‘zbekiston
O‘zbekistonga COVID-19ga qarshi emlashning COVAX mexanizmi doirasida 660 ming doza AstraZeneca vaksinasini yetkazib berilishi kutilmoqda.
Respublikada mart oyida COVID-19ga qarshi ommaviy emlashni boshlashni rejalashtirmoqda, 2021-yil oxiriga qadar 7 million kishi yoki aholining 20 foizini emlanishi mumkin. Jahon bozorida 15 million doza vaksinaga buyurtma berilgan.
SES ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent COVAX mexanizmi doirasida 12ta vaksinasi ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan muzokaralar olib bormoqda. Xususan, Amerikaning Pfizer kompaniyasi va uning nemis sherigi BioNTech tomonidan ishlab chiqarilgan 100 ming doza Comirnaty, shuningdek 2,5 million dozagacha AstraZeneca vaksinasini sotib olish to‘g‘risida gap ketmoqda.
Germaniya hukumati Toshkentga COVAX orqali vaksinalar sotib olishda yordam bermoqda.
O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati AstraZeneca vaksinasi atrofida yuz berayotgan voqealar fonida ushbu vaksina bo‘yicha rasmiy pozitsiyani bildirib o‘tgandi.
"...qanday vaksina bo‘lishidan qat’iy nazar COVID-19 ga qarshi emlanish va kasallikdan himoyalanish imkoniyatining borligiga, kasallanib qolishdan ham og‘ir oqibatlarga mubtalo bo‘lishdan saqlanib qolishning imkoniyati sifatida qaralishi kerak. Zero, biz kelajagi buyuk davlatni qurishga kirishgan ekanmiz, yuqumli kasalliklardan holi, epidemik barqaror hududda yashashga barchamiz haqlimiz", - deyiladi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan e’lon qilingan bayonotda.