YeI davlatlari AstraZeneca bilan emlashni to‘xtatdi. O‘zbekiston qanday yo‘l tutadi?

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishShpris na fone logotipa AstraZeneca
Shpris na fone logotipa AstraZeneca - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2021
Obuna bo‘lish
Ilgariroq O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida 2,6 million doza AstraZeneca vaksinasi olib kelinishi, vaksinaning dastlabki partiyasi 20-martga qadar keltirilishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.
TOShKENT, 13 mar – Sputnik. Hozirga kelib Yevropaning o‘nta davlati emlash jarayonidan so‘ng tromblar paydo bo‘lishi kuzatilgani sabab AstraZeneca vaksinasi bilan emlashni keyinga qoldirilgani ma’lum qildi.
Sal avval Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida 2,6 million doza AstraZeneca vaksinasi olib kelinishi, vaksinaning dastlabki partiyasi 20-martga qadar keltirilishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi.
Ro‘y berayotgan voqealar fonida AstraZeneca O‘zbekistonga olib kelinadimi, degan savolga "Toshkent" kanaliga bergan intervyusida tibbiyot fanlari doktori, professor Xayrullo Mustafoyev javob bergan.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2021
Italiya, Norvegiya va Daniya AstraZeneca vaksinasi bilan emlashni to‘xtatdi
"Xabarlarni men ham o‘qidim. <…> O‘ylab ko‘raylik, Daniya, Shvetsiya Yevropa davlatlari ichida eng rivojlangan davlatlar hisoblanadi. Ular ham shu vaksinadan foydalanyapti. Endi hozir to‘xtatib qo‘ydi. AstraZeneca hamma sinovlardan o‘tgan, BSST tomonidan tavsiya berilgan. Bizning olimlar ham uni tekshirgan. Vahimaga yoki havotirga o‘rin yo‘q", — deya qayd etgan Xayrullo Mustafoyev.

Emlash jarayonining to‘xtatilishi

Bugunga kelib qator davlatlar AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni qisman yoki to‘liq to‘xtatishgan. Davlatlar ro‘yxati quyidagicha: Avstriya, Estoniya, Litva, Latviya, Lyuksemburg, Kipr, Daniya, Norvegiya, Islandiya, Italiya, Bolgariya, Ruminiya, Tailand.
Bunday qaror qabul qilinishiga preparatdan foydalangach yuzaga kelayotgan tromboz holatlari haqidagi xabarlar sabab bo‘lgan.
V Kazaxstane nachalos proizvodstvo vaksini Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Boy Amerikaning ziqnaligi va Rossiya jahon vaksina poygasida g‘olib chiqqani haqida maqola
Preparatdan foydalanishni birinchilardan bo‘lib Avstriya hukumati to‘xtatgan. Venadan keyin Daniya, Norvegiya va Islandiya ham shunday qaror qabul qilgan. Estoniya, Litva, Lyuksemburg, Kipr va Latviya AstraZeneca vaksinasining muammoli partiyasidan foydalanishdan voz kechgan.
Italiya ham muzokarali bir partiyani man etgan.
2021 yil 10-mart holatiga ko‘ra, Yevropa iqtisodiy zonasida COVID-19ga qarshi AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan insonlar orasida 30ta tromboembolik asoratli holatlar qayd etilgan, shu jumladan, bir inson hayotdan ko‘z yumgan.
Bu besh million emlanganlar ichida 30ta asoratli holatlar demakdir.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti nima deydi?

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari Yevropa ittifoqining ayrim mamlakatlari AstraZeneca vaksinasidan foydalanishdan voz kechishgani haqidagi xabarlarni tahlil qilmoqda.
Bu haqda BSST vakili RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Tashkilot, deya aniqlik kiritgan suhbatdosh, nima yuz berayotgani borasida aniq tushunchaga ega bo‘lgach, o‘z xulosalarini ommaga e’lon qiladi.
Yangiliklar lentasi
0