O‘zbekistonda 2020-yilda umumiy jinoyatlarning 95,2 foizi fosh etilgan - Bobojonov

Tergov organlari qidiruvida bo‘lgan 2446 nafar shaxs ushlangan va 436 nafar bedarak yo‘qolganlar topilgan. Ichki ishlar organlari tashabbusi bilan 20 994 ta jinoyatlar aniqlangan.
Sputnik
TOShKENT, 12 mar - Sputnik. Oliy Majlis Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida O‘zbekiston ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi 2020-yil yakuni bo‘yicha axboroti eshitildi.
Vazir axborotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020-yilda umumiy jinoyatlarning 95,2 foizi fosh etilgan.
Tergov organlari qidiruvida bo‘lgan 2446 nafar shaxs ushlangan va 436 nafar bedarak yo‘qolganlar topilgan. Ichki ishlar organlari tashabbusi bilan 20 994 ta jinoyatlar aniqlangan.
Suv omboridagi qotillik: Namanganda ayol ikki farzandini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi
Xususan, o‘tgan 2020-yilda respublika miqyosida 62 081 ta jinoyatlar qayd etilgan bo‘lib, 100 ming aholiga nisbatan o‘rtacha 182,4 tadan to‘g‘ri kelgan.
Oilalardagi notinchlik, nizolarning o‘z vaqtida hal etilmasligi mahalla faollari va keng jamoatchilikning e’tiboridan chetda qolganligi oqibatida o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilmoqda.
Internetdagi tanishuv qotillik bilan yakunlandi: andijonlik yigit 2 oylik chaqaloqni o‘ldirdi
Jumladan, 2020-yilda qayd etilgan qotillik jinoyatlarning har uchinchisi (143 tasi, 35,2%), og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatlarining 192 tasi (20,5%) oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilgan.
Shu bilan birga, oilaviy nizolarga o‘z vaqtida barham berilmaganligi oqibatida 14 379 ta oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarliklar sodir etilib, ularning aksariyati ya’ni 50,5 foizi (7 264 tasi) Toshkent, Buxoro, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘z joniga qasd qilish holatlarining har oltinchisi aynan o‘z vaqtida hal etilmasdan qolgan oilaviy kelishmovchiliklar bois sodir etilgan.