AQSh Rossiyaga ko‘rinmas zarba berishni va’da qildi

Kiber hujum rus xakerlari harakatlariga xos bo‘lgan, unda qo‘llanilgan uslublar Xitoy, KXDR va Eron texnologiyalariga o‘xshash, lekin Moskva aybdorligini tasdiqlovchi hech qanday dalili yo‘q...
Sputnik
TOShKENT, 9 mar - Sputnik. The New York Times yozishiga ko‘ra yaqin uch hafta ichida Amerika Qo‘shma shtatlari o‘ta maxfiy operatsiya amalga oshiradi.
Uning natijasida Rossiya hukumati bilan bog‘liq kiber tizimlarga yashirin zarbalar beriladi. Ushbu zarbalar oqibatini shaxsan Vladimir Putin, Rossiya armiyasi va maxsus xizmatlari his qiladi, lekin boshqalar sezmaydi.
Andijonlik xaker 2,5 yilga axloq tuzatish ishlariga mahkum etildi
Bir hafta oldin AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ham Vashington "ko‘rinar va ko‘rinmas" uslublar yordamida zarba berishga tayyorlanayotganini ma’lum qilgan edi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, bu o‘tgan yil oxirida AQShning SolarWinds kompaniyasiga qarshi amalga oshirilgan kiber hujumga javob chorasi bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, korxona mijozlari orasida AQSh hukumat vakillari, mudofaa, moliya, ichki xavfsizlik, savdo vazirliklari vakillari hamda Davlat departamenti bo‘lgan.
AQSh ushbu hujumda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Moskvani ayblamoqda.Ular aytishiga qaraganda hujum Rossiya maxsus xizmatlari bilan bog‘liq bo‘lgan xakerlar yordamida amalga oshirilgan. Ularning maqsadi esa – shpionaj bo‘lgan.
WhatsApp ichida yashiringan shpion dastur topildi
Fevral boshida Senatda bo‘lib o‘tgan majlisda Mikrosoft kompaniyasi rahbari Bred Smit “Ehtimol bu dunyo guvoh bo‘lgan eng yirik va eng mohirona amalga oshirilgan operatsiya bo‘ldi”
Lekin sohaning boshqa vakillari xulosasiga ko‘ra, jumladan kiberxavfsizlikka ixtisoslashgan CrowdStrike va FireEye kompaniyalari vakillari aytishiga qaraganda ularda ushbu hujumlarga Moskva alodorligini tasdiqlovchi hech qanday dalil yo‘q. Ular aytishi mumkin bo‘lgan xulosalar: “hujum rus xakerlari harakatlariga xos bo‘lgan”, unda qo‘llanilgan uslublar Xitoy, KXDR va Eron texnologiyalariga o‘xshash.
AQSh hukumati ushbu hujum “unchalik katta zarar keltirmadi” deyishiga qaramasdan, hujumdan so‘ng Oq Uyda favqulodda mahlis o‘tkazilgan va Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O'Brayen o‘zining Yevropaga tashrifini bekor qilish Vashingtonga qaytishga majbur bo‘lgan edi.
Undan so‘ng qandaydir katta tezlikda Senatda 2 marotaba rasmiy hisobot o‘qib eshittirildi. Jurnalistlar ushbu eshitishlardan so‘ng “Senat Microsoft va SolarWindsni yashxilab po‘stagini qoqqani" haqida Reuters bo‘lsa o‘z maqolalarida Rossiyani tilga olgan edi.
AQSh Saudiyani jazolasa, bundan Rossiya va Eron manfaat ko‘radimi?
Darhaqiqat dekabrdagi hujumda AQSh kompyuter tizimida ulkan tuynuk paydo bo‘lgan va tizik shokka tushgan edi. Albatta, AQShdek buyuk kompyuterlashgan davlat buni bir to‘da bezorilar amalga oshirganini tan olmaydi. Va bunday zarba berishga qodir – faqat ulkan resurslarga ega bo‘lgan yana bir boshqa davlat bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi.
O‘sha Bred Smit ham bunday hujum ortida “1000dan ortiq juda iqtidorli injenerlar turibdi” deb aytmagan – u ham o‘z muvaffaqiyatsizligini qandaydir yo‘l bilan oqlashi kerak-ku.
Bunday vaziyatda, albatta Rossiya har tomondan juda “qulay aybdor”. AQSh tomonidan bunday ayblash texnologiyalari avtomat darajasiga yetgan. Bu safarshi “yashirin” zarba berish istagi esa, ularga zarbadan so‘ng o‘zlari istagan “natijani” e’lon qilish imkonini beradi.
Lekin so‘nggi vaqtlarda amerikaliklar bunday “balandparvoz zarbalarni” shunchalik tez e’lon qilmoqda-ki, aksariyat ularga qay darajada ishonishni ham bilmaydi. Lekin bularning hammasidan xulosa bitta – bir guruh hakerlar ulkan tuynoq ochishga muvaffaq bo‘lgan AQSh milliy xavfsizlik tizimi aslida qanchalik yaxshi himoyalangan?