Toshkentda gidroenergetika sohaqida xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi

Ushbu anjumanning asosiy ishtirokchilari – Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqalari vakillari – O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Eron, Armaniston, Rossiya, Gruziya, Turkiya davlatlari sanaladi.
Sputnik
TOShKENT, 17 fev - Sputnik. Gidroenergetika sohasida so‘nggi besh yillikda an’anaviy ravishda o‘tkazilib kelinayotgan "Gidroenergetika. Markaziy Osiyo va Kaspiy" beshinchi xalqaro anjumani va ko‘rgazmasi 2021-yilning 17-18 fevral kunlari Toshkent shahrida tashkil etilmoqda.
Abdug‘ani Sanginov mintaqa gidroenergetikasi rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi
O‘tgan yillarda mazkur yirik kongress Qirg‘iziston, Gruziya hamda Rossiya Federatsiyalarida tashkil etilgan.
Alohida ta’kidlash joizki, ushbu tadbir gidroenergetika yo‘nalishida mamlakatimizda ilk marotaba tashkil etiladigan xalqaro ko‘lamdagi yirik anjuman hisoblanadi. Anjuman mintaqalardagi gidroenergetika sohasining rivojlanishi va taraqqiy etishi, gidroenergetik inshootlarning qurilishi, modernizatsiyasi, muammo va istiqbollari bo‘yicha o‘ziga xos o‘zaro tajriba almashish, uzviy hamkorlik va muloqot maydonchasidir.
Ushbu anjumanning asosiy ishtirokchilari – Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqalari vakillari – O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Eron, Armaniston, Rossiya, Gruziya, Turkiya davlatlari sanaladi.
Alisher Sultonov AESning yangi bloklari, Markaziy Osiyo birdamligi va gidroenergetika haqida
Anjuman koordinatori “Vostock Capital” kompaniyasi (RF) hisoblanadi. Ushbu kompaniya neft-gaz, agrosanoat hamda energetika tarmoqlari bo‘yicha MDH, Lotin Amerikasi, Yevropa va Osiyo davlatlari uchun konsalting hamda xalqaro darajadagi konferensiyalarni tashkil etishda yetakchi o‘rinda turadi.
Joriy 2021-yilgi anjumanda “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati asosiy strategik hamkor hisoblanadi. Muntazam ravishda o‘tkazib kelinadigan mazkur tadbirlarda mamlakatimiz nomidan “O‘zbekgidroenergo” AJ doimiy va faol tarzda ishtirok etib kelmoqda.
Tadbirni yuqori saviyada tashkil etish uchun 2020-yilda xalqaro anjuman oldidan tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan qator onlayn shakldagi vebinarlar o‘tkazildi.
Mazkur yirik kongress uchun 150 dan ortiq kompaniyalar hamda 20 dan ortiq davlatlar vakillarining ishtirok etishmoqda.
Shavkat Mirziyoyev To‘polang gidroelektr stansiyasini ko‘zdan kechirdi
Ta’kidlash joizki, ushbu anjuman gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, sohadagi yangi innovatsion texnologiyalar hamda xorijiy investorlarni faol jalb qilish, olib borilayotgan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi.
Mazkur yirik anjuman ikki kunlik Dastur asosida quyidagi yo‘nalishlarda o‘z ishini olib boradi:
– yangi yirik va o‘rta gidroelektr stansiyalarini qurish tajribalari;
– mavjud GESlarni modernizatsiya qilish borasidagi amaliy ishlar;
– kichik va mikro GESlarni qurish;
– ishlayotgan gidroelektr stansiyalarni raqamlashtirish;
– GES uskunalarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish aktivlarini samarali boshqarish tizimlari;
O‘zbekiston gidroenergetika salohiyati
– GESlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirish strategiyasini ishlab chiqish va optimallashtirish;
– Obyektlarni diagnostika qilish va monitoring qilish tizimini takomillashtirish;
– ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va boshq.
Shu bilan birga, anjuman doirasida O‘zbekistondagi GES va kaskadlar faoliyati bilan yaqindan tanishish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu borada, tadbirning ikkinchi kuni – 18-fevralda “Qodiriya GESlar kaskadi” UK tarkibidagi Qodiriya GES-3 ga xorijiy mehmonlar ishtirokida maxsus press-tur uyushtirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Mazkur yirik gidroenergetika forumi va ko‘rgazmasi Yevropa, Lotin Amerekasi, Buyuk Britaniya, Eron, Gruziya va MDH davlatlari hamkorligida energetika sohasini rivojlantirish, soha mutaxassislari ishtirokida asosiy masalalarni muhokama qilish hamda tajriba almashish maqsadida o‘tkazib kelinadi.
Forumdan o‘rin olgan asosiy ma’ruzalar mamakatimizda gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, joriy va kutilayotgan istiqbollarga bag‘ishlanishi kutilmoqda.
Kongress doirasida asosiy 40 taga yaqin ma’ruza o‘rin olgan bo‘lib, soha mutaxassislari ishtirokida bir qator davra suhbatlari, seminarlar, brifinglar tashkil etiladi.