Shavkat Mirziyoyev To‘polang gidroelektr stansiyasini ko‘zdan kechirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom modernizatsii Tupalangskoy gidroelektrostansii
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom modernizatsii Tupalangskoy gidroelektrostansii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sariosiyo tumanidagi To‘polang gidroelektr stansiyasini borib ko‘rdi.

TOShKENT, 30 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni Sariosiyo tumanidagi To‘polang gidroelektr stansiyasini borib ko‘rdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Prezident otbil v Surxandaryu - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga jo‘nab ketdi

Xabarda aytilishicha, davlat rahbarining 2017-yil 2-maydagi qarori bilan 2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi belgilandi. O‘sha yili 18-maydagi farmonga muvofiq “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.Sohada yagona texnik siyosatni amalga oshirish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini o‘zlashtirish, mavjud gidroelektr stansiyalarni zamonaviy texnologiyalar asosida qayta jihozlash va yangi quvvatlarni tashkil etishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berildi. 

Shu asosda To‘polang gidroelektr stansiyasida ham modernizatsiya qilinmoqda. Bu yerda har biri 15 megavatt bo‘lgan ikkita agregat ishlab turgan edi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaTupalangskaya gidroelektrostansii
Shavkat Mirziyoyev To‘polang gidroelektr stansiyasini ko‘zdan kechirdi - Sputnik O‘zbekiston
Tupalangskaya gidroelektrostansii

Prezident topshirig‘iga muvofiq, avvaliga To‘polang suv ombori to‘g‘oni 20 metrga ko‘tarildi. Natijada uning sig‘imi 380 million kub metrdan 500 millionga yetkazildi. Ayni paytda jami quvvati 145 megavattli yana ikkita agregat o‘rnatish bo‘yicha ish olib borilmoqda. 

Bundan tashqari, har biri qariyb 38 megavatt bo‘lgan Zarchob-1 va Zarchob-2 kichik gidroelektr stansiyalari ham barpo etilyapti. Shu tariqa energiya olish quvvati jami 250 megavattga yetkaziladi.

Tupalangskaya gidroelektrostansii
Shavkat Mirziyoyev To‘polang gidroelektr stansiyasini ko‘zdan kechirdi - Sputnik O‘zbekiston
Tupalangskaya gidroelektrostansii

“Ahamiyatlisi shundaki, bu resurslar tabiiy va qayta tiklanuvchandir. Ekologiyaga hech qanday zarar yetkazmagan holda barqaror energiya ishlab chiqarilib, sanoat korxonalari, turli idoralar va aholiga yetkazib beriladi”, - deyilgan xabarda.

Davlat rahbari yangi to‘g‘on va gidroelektr stansiyani ko‘zdan kechirdi.

“Bu tarixiy voqea. Bu ishlar  kelajak uchun, bolalarimiz uchun. Kelgusida Surxondaryo gidro energiya hisobidan bemalol iqtisodiyotini ta’minlasa bo‘ladi” - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda suv omborlari va gidroelektr stansiyalari holatini monitoring qilishga ixtisoslashgan texnik tizimlar taqdimoti ham o‘tkazildi.

Prezident suv omborlari to‘g‘onlarini mustahkamlash va doimiy nazorat qilish, xavfsizligini ta’minlash, ilmiy ishlanmalar asosida ulardan foydalanish koeffitsentini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Yangiliklar lentasi
0