TOShKENT, 17-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga muvofiq 2017-2021 yillarda, 42ta yangi gidro elektro stansiyalar qurilishi va 32 ta amal qilayotgan GESlarni zamonaviylashtirish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda umimiy quvvati 12400 MVt bo‘lgan 45 ta elektrostansiya faoliyat yuritmoqda. Ulardan 32tasi gidroelektrostansiyalar bo‘lib, ularning umumiy quvvati 1900 MVtni tashkil qiladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga ko‘ra, yaqin besh yil ichida O‘zbekiston elektr ishlab chiqarish tizimiga 890 mln. dollarlik investitsiyalar kiritish rejalashtirilgan.
Elektroenergetika rivojlanishida asosiy e’tibor qayta tiklanadigan energiya manbaalariga qaratiladi. Xususan gidroenergetika sohasida 42 ta o‘rtacha va kichik GESlar qurilib, mavjud bo‘lgan 32ta GES zamonaviylashtiriladi.
O‘zbekistonda gidroenergetika rivojlanishiga bag‘ishlangan infogrfikamizda ushbu ma’lumotlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.