Avvalo - reviziya: Tigran Mkrtichev Nukusdagi Saviskiy muzeyi kelajagi haqida

Sputnik muxbiri tez kunlarda Qoraqalpog‘istondagi Igor Saviskiy nomidagi san’at muzeyiga rahbarlikni o‘z zimmasiga oladigan Tigran Mkrtichev bilan suhbatlashdi
Sputnik

TOShKENT, 25 dek — Sputnik, Mariya Naumenko. Ochiq tartibda o‘tkazilgan xalqaro tanlov natijasiga ko‘ra Nukusdagi Saviskiy nomli muzey rahbari etib tayinlangan Tigran Mkrtichev 2-yanvar kuni o‘z vazifalarini bajarishga kirishadi. Shartnoma to‘rt yilga mo‘ljallangan.

Tigran Mkrtichev Saviskiy muzeyi direktori lavozimida ish boshlaydi

Yangi rahbar Qoraqalpog‘iston poytaxtiga ertaga, shanba kuni yo‘l oladi.

— Tigran Konstantinovich, siz Kalinin shahrida tug‘ilgansiz (hozirgi Tver. - tahr.), Toshkentda tahsil olgansiz, so‘ngra esa Moskvaga ko‘chib o‘tgansiz. Endi taqdir taqazosi bilan yana O‘zbekistonga yo‘l olyapsiz. Toshkentga ketishingiz qanday sodir bo‘lgan o‘zi?

— Bu juda adabiy hikoya. Maktabda arxeolog bo‘lishni orzu qilardim. Talabalik yillarimda Kalinin pedagogika instituti bilan (Endilikda u Tver davlat universiteti - tahr.) arxeologik ekspeditsiyalarga chiqib turardim. Maktabni tamomlagach, oliygohlarga kiruvchilar uchun ma’lumotnomani ochib, arxeologiya mutaxassisligi bo‘yicha faqatgina uchta shahar: Moskva, Kiyev va Toshkentda tahsil olish mumkinligini ko‘rib qoldim. Moskva haqida hammasi menga ayon edi, Kiyev haqida ham tasavvurga ega edim - u yerda qarindoshlarim istiqomat qiladi. Toshkent haqida esa hech narsa bilmasdim.

Tatyana Karimova va Sayyora Rashidova Saviskiy muzeyiga tashrif buyurishdi

Poyezga o‘tirdim va Toshkentga keldim. Universitetga kirdim, uni a’lo baholarga tamomladim, keyin aspiranturada o‘qidim. Moskvaga qaytgach Sharq Muzeyiga ishga kirdim. Va 1985-yildan 22-dekabrga qadar u yerda faoliyat yuritdim.

— Aytingchi, Saviskiy nomidagi muzey rahbarligiga tanlov qanday o‘tdi. Qanday kriteriylarga eng birinchi galda e’tibor berildi?

— Oyoqlar uzunligi, sochlar rangi va soqolga...

Endi esa jiddiy javobga o‘tsam. Nukusdagi muzey - regiondagi eng yaxshilaridan biri. O‘zbekiston uchun bu juda muhim muassasa, va mamlakat rahbari buni tushunadi. O‘zbekiston Madaniyat vazirligi qoshida parallel tuzilma sifatida San’at va madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasi mavjud. Biz hammamiz, vazirlik - og‘ir vaznga ega va turli yechimlarni talab etadigan voqealigini yaxshi bilamiz, jamg‘arma esa o‘z faoliyatida ancha erkin. Fonddagilar esa, muzey ahamiyatini tushungan holda umumjahon amaliyotiga monand ravishda ochiq xalqaro tanlov o‘tkazishga qaror qilishdi. Mamlakat uchun millatning hech qanday ahamiyati yo‘q, asosiysi - ish tajribasi, spetsifikani yaxshi anglash, xolos.

Avvalo - reviziya: Tigran Mkrtichev Nukusdagi Saviskiy muzeyi kelajagi haqida

Tanlov bir yarim yil avval o‘tkazilgan edi. Men hujjatlarni topshirdim, dastur ishlab chiqdim va qator tavsiyalarni oldim. Tanlovning ochiq qismida O‘zbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayevich Sayfullayev, San’at va madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasi rahbariyati, YuNESKO va Yevropa muzeylari vakillari, Tretyakov galereyasi bosh direktori Zelfira Ismoilovna Tregulovalar qatnashishdi.

Juri mening chiqishimni eng qiziq, deb e’tirof etdi.

— Siz bu muzeyda oldin bo‘lganmisiz?

— Albatta, ko‘p marotaba. Muzey asoschisi - Igor Vitalyevich Saviskiy hayotligi vaqtlaridan boshlangan bu tashriflar. Bundan tashqari, men muzeyga 2015-yilga qadar rahbarlik qilib kelgan Marinika Maratovna Babanazarova bilan do‘stman. Umid qilamanki, u kishini muzeydagi ishga jalb qila olaman.

Babanazarova "Chelak ko‘targan xotin" kartinasi Moskvaga olib ketilishiga qarshi

— Saviskiy nomidagi muzey sizni nimasi bilan maftun qiladi?

— Muzeylar men uchun - professionallik. Uning XX asra oid tasviriy san’at to‘plami, o‘z ahamiyati jihatdan, ehtimol, Rossiya muzeyi kolleksiyasidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Va men xalqaro mutaxassislarni, avvalambor rus mutaxassislarini ushbu kolleksiyani o‘rganish uchun jalb qilishni o‘z vazifam sifatida ko‘rapman.

— O‘zbekistonga qanday tuyg‘ular bilan uchapsiz? Axir mentalitet, iqlim va ovqati boshqa...

— Men u yerga juda ko‘p marotaba borganman: anjumanlarga, ekspeditsiyalarga, ish bilan. Nimadir noodatiy bo‘lishi borasida hech qanday xatarlar yo‘q. Men birinchi kasbim bo‘yicha arxeologman, shu bois turli sharoitlarga moslasha olaman.

— Siz respublikada muntazam bo‘lasizmi yoki qandaydir masalalarni Moskvadan turib hal etasizmi?

— Men egallab turgan amal masofaviy boshqaruvni nazarda tutmaydi, shanba kuni uzoq muddatga Nukusga yo‘l olaman. Albatta, Moskvaga ham kelib turaman, ammo ish bo‘yicha faqat.

Saviskiy muzeyida zarar ko‘rgan san’at asarini restavratsiya qilish boshlandi

— Ishni avvalo nimadan boshlaysiz?

— Muammo va masalalar ko‘pligi tufayli, asosiysi bu, deya ajratib ko‘rsatish hozircha juda qiyin. Ammo to‘laqonli ish uchun eng avvalo fonddagi narsalar sverkasini o‘tkazish muhim, bu butun boshli kolleksiyani ko‘rish va hammasi joyidami-yo‘qmi, aniqlash imkonini beradi. Bu muzeylar uchun juda muhim. Ikkinchidan esa, tezkor-tahlil o‘tkazib, nima birinchi o‘rinda restavratsiyaga muhtojligini aniqlash lozim.

— Kelgusi bir-uch yilga rejalaringiz?

— Hozirda 2021-yilga Tretyakovka galereyasi bilan muzokaralar boshlab yuborilgan. 2022-yilga ham rejalar bor, ammo bu haqda gapirmaslikni ma’qul ko‘rardim: va’dalar berishdan oldin, masala ustida yaxshilab ishlash kerak.

Avvalo - reviziya: Tigran Mkrtichev Nukusdagi Saviskiy muzeyi kelajagi haqida

— Muzeyning global vazifalari, uning ustuvorliklarini nimada ko‘rasiz?

— Igor Vitalyevich Saviskiy Nukusda shunday narsalarni to‘plaganki, ularni o‘rganish, meni nazdimda, sovet san’ati tarixini sezilarli to‘ldiradi.

— Muzeyda qandaydir Rossiya ishlanmalarini joriy qilish rejangiz bormi?

— Mening vazifam - Nukus muzeyi hayotiga umumdunyoviy muzey amaliyotini joriy qilish. Rossiya amaliyoti ham bundan ko‘pam farq qilmaydi.

— Rossiyalik mutaxassislardan kim siz bilan O‘zbekistonda ishlaydi?

— Men faqat bitta ismni ochiqlay olaman, bu inson bilan yaqin do‘stona va ijodiy hamkorligim bor: Mixail Aleksandrovich Kamenskiy.

Luvrdan Ermitajgacha: dunyoning mashhur muzeylariga bepul sayohat qilish mumkin

Shuningdek, san’atshunoslik davlat instituti direktori Nataliya Vladimirovna Sipovskaya, Zelfira Ismoilovna Tregulova va restavratsiya instituti rahbari Dmitriy Borisovich Antonov bilan mutaxassislarni jalb qilish borasida muloqot qilgan edim.

Ammo qaysi mutaxassislarga va qancha miqdorda ehtiyoj borligini tushunish uchun biz birinchi navbatda fonddagi bor narsalar sverkasini o‘tkazishimiz shart.

— 2017-yilda Pushkin nomidagi muzeyda bo‘lgani kabi chet elda ko‘rgazmalar o‘tkazish rejangiz bormi?

— Albatta! Muzeylar ro‘yxatini aytishga hali erta, ammo ular - Rossiya, AQSh, Yevropa mamlakatlarida bor. Men 2-yanvarda rahbarlikka kirishaman va muzokaralarni rasmiy darajaga olib chiqishni boshlayman. Hozircha mashhur nomlarni aytishga erta, deb hisoblayman.

— 2018 yil kuzida muzeyda Aleksandr Shevchenkoning yong‘in xavfsizligi tizimi o‘z-o‘zidan ishlab ketishi oqibatida suv tegishi natijasida  shikastlangan "Paqir ko‘targan ayol" asari restavratsiyasi boshlandi. Uning taqdiri nima kechdi?

"Tashkent City"da mumdan yasalgan figuralar muzeyi ochildi

— San’at asari restavratsiyasi — juda uzoq davom etadigan jarayon, ish hali bormoqda. U qancha davom etishi - restavratorlarga bog‘liq. O‘ylashimcha, bu voqeani nazoratga oldiraman.

— Yong‘inni o‘chirish tizimini rekonstruksiya qilish rejalashtirilyaptimi?

— Men butun boshli muzeyni aylanib chiqdim, bu tizimni o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Ammo lavozimga kirishmagunga qadar uni almashtirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga menda asos bo‘lmagan.

— Nukus muzeyi butun boshli Qoraqalpog‘istonning taraqqiyotiga xizmat qilishi mumkinmi?

— Shubhasiz. Qoraqalpog‘iston — murakkab region, eng avvalo - ekologik katastrofa mintaqasidir. U yerda qoraqalpoq xalqi istiqomat qiladi. Fikrimcha, region rahbariyati mintaqa taraqqiyotida muzey ahamiyatini juda yaxshi tushunadi.

— Muzey mintaqani rivojlantiruvchi mexanizm sifatida ishlab ketishi uchun nima qilmoq kerak?

Saida Mirziyoyeva mashhur Luvr muzeyida ko‘rgazma tashkil etmoqchi

— Bundan manfaatdor bo‘lgan insonlarning barchasi: respublika hukumati, kamina va jamoamiz o‘z sayi-harakatlarimizni birlashtirmog‘imiz lozim. Bizning - ya’ni muzeyda ishlaydiganlar va ishlamoqchi bo‘lganlar oldida — ulkan va mas’uliyatli ishni amalga oshirish rejasi turibdi va men, mediator sifatida, bu narsani xodimlarga yetkaza olishim kerak. Hukumat esa, o‘z navbatida, odamlarni motivatsiyalash kerakligini tushunmog‘i lozim. Muzeyda mehnat qilish — bu unchalik ko‘p bo‘lmagan mablag‘ evaziga ancha sezilarli va qaysidir ma’noda turg‘un ishlarni amalga oshirish demakdir. Nukus muzeyi ishchilari respublika yuzi, Nukus yuziga aylanmoqlari kerak. Men hukumat bundan manfaatdorligini ko‘rdim.

— Yoshlarni muzeylarga ko‘proq jalb qilish uchun nima qilish kerak siznigcha?

— Muzeylar vazifasi - san’at asarlarini saqlash. Ular abadiylik institutlaridir. Bugungi va ertangi yoshlar esa bir xil bo‘lmaydi. Ular yoppasiga muzeylarga borishlari shart emas, odamlar bu muassasalar va ular ega bo‘lgan kolleksiyalar ahamiyatini tushunishlari muhim. Bugun boy bo‘lish urfda, bizning vazifamiz esa, o‘qimishlilikni urfga kiritishdan iborat. Odamlar bilimli bo‘lish qanday imkoniyatlarni ochishini tushunib yetsalargina, ularning o‘zlari muzeylarga yo‘l oladi. Muzey xodimlari esa, tashrif buyuruvchilardan: Sizlarga qatimiz yo‘q, biz abadiylikni asrayapmiz", deya ulardan yuz o‘girmaydilar. Ular yoshlar bilan muloqotga vaqt topishadi. Mana shunday bir holatda hammasi yaxshi bo‘ladi va an’ana o‘lmaydi.