Saida Mirziyoyeva mashhur Luvr muzeyida ko‘rgazma tashkil etmoqchi

© Facebook / Saida Mirziyoyeva Saida Mirziyoyeva: tri knigi ob Uzbekistane okajutsya v Luvre
Saida Mirziyoyeva: tri knigi ob Uzbekistane okajutsya v Luvre - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kitoblar 2021-yilda Luvr muzeyida ochiladigan “Ipak yo‘lidagi tamaddunlar va madaniyatlar” nomli ko‘rgazma doirasida taqdim etiladi.

TOShKENT, 18-iyun – Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Assouline Publishing” nashriyotining hammuassisi va muharriri Yaffa Assulin hamda buyumlar va landshaftni suratga olish sohasida e’tirof topgan fotograf Laziz Hamani bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva “Facebook”dagi sahifasida post yozdi.

© Facebook / Saida MirziyoyevaSaida Mirziyoyeva: tri knigi ob Uzbekistane okajutsya v Luvre
Saida Mirziyoyeva mashhur Luvr muzeyida ko‘rgazma tashkil etmoqchi - Sputnik O‘zbekiston
Saida Mirziyoyeva: tri knigi ob Uzbekistane okajutsya v Luvre

“O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosini aks ettiradigan uchta kitob chop etish loyihasini muhokama qildik. Kitoblar 2021-yilda Luvr muzeyida ochiladigan “Ipak yo‘lidagi tamaddunlar va madaniyatlar” nomli ko‘rgazma doirasida taqdim etiladi.

Ushbu loyiha ancha qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda. Xorij kitobxonlari jozibador diyorimizni nafaqat yaqindan bilib oladi, balki ularda O‘zbekistonga kelish va barchasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish istagi paydo bo‘ladi!”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Yangiliklar lentasi
0