"Hammani jazolaymiz": Pentagon rekord darajadagi harbiy budjetni nimaga sarflamoqchi

Amerikalik senator va kongressmenlar harbiy budjet loyihasini ma’qulladilar. Vashington o‘z harbiy ehtiyojlari uchun 2021-yilda rekord darajadagi 740 milliard dollarni sarflashni rejalashtirgan
Sputnik

TOShKENT, 23 dek — Sputnik, Andrey Kos. Amerikalik senator va kongressmenlar harbiy budjet loyihasini ma’qullashdi. 2021-yilda Vashington harbiy ehtiyojlari uchun rekord darajadagi 740 milliard dollarni sarflamoqchi. Shuningdek, rejadan - qurolli kuchlar modernizatsiyasi, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, shu jumladan, raqiblarga sanksiyalarni qo‘llash va ittifoqdoshlarga ko‘mak berish orqali AQSh geosiyosiy ta’sirini kengaytirish o‘rin olgan.

Pompeo Rossiyani AQSh dushmani deb atadi

Pentagon ushbu mablag‘larni qanday sarflamoqchi - RIA Novosti materialida o‘qing.

Prezident bilan surishuv

Aslida Mudofaa budjeti loyihasi amerika hukumatining eng yuqori darajalarida tortishuvlarni yuzaga keltirdi. Hozircha amaldagi prezident bo‘lib turgan Donald Tramp Afg‘oniston, Koreya va Germaniyadagi amerika qo‘shinlari soni qisqartirilayotganidan norozilik bildirdi. Sal oldinroq u fuqarolar urushi davridagi Konfederatsiya arboblari sharafiga nomlangan harbiy obyektlar nomi o‘zgartirilishi va quldor Janubdagi har qanday ramzlarning yo‘q qilinishi ko‘zda tutilgan qonun loyihasiga qarshi chiqqan edi.

AQSh o‘z dengizdagi gegemoniyasida Rossiyani asosiy xavf deb biladi

Bundan tashqari, prezidentga ushbu hujjatda 1996-yilda qabul qilingan kommunikatsiyalar sohasida aloqa axloqi to‘g‘risidagi qonunning - texnologiya kompaniyalarini foydalanuvchi kontentini joylashtirish, olib tashlash yoki boshqa yo‘l bilan cheklab turish uchun sud da’volaridan himoya qiluvchi 230-bo‘limini bekor qilish to‘g‘risidagi bandning yo‘qligi ham yoqmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Trampning Twitter, Facebook va qator boshqa internet-platformalari bilan eski hisob-kitobi bor. Bu platformalar ko‘pincha uning bayonotlarini dezinformatsiya yoki bo‘lmasa bahsli kontent sifatida belgilab qo‘yadi.

Tramp ularni ko‘p marotaba senzurada va siyosatga ta’sir o‘tkazishga urinishda ayblagan. Amerikaning amaldagi prezidenti ijtimoiy tarmoqlar va OAVlarni o‘zlari e’lon qilayotgan materiallar uchun yuridik jihatdan javobgar, deya tan olish lozim, degan fikrda.

“Shimoliy oqim – 2” uchun hal qiluvchi jang boshlandi

Ammo bularga qaramay, budjet loyihasi uchun 438 nafar kongressmenlarning 300 nafari ovoz berdi. Bu vakillar palatasiga prezident vetosini yengishga imkon beradi. Tramp loyihani yana bloklaydigan bo‘lsa, kongress takroran ovozga qo‘yadi. Agar hujjat yana ma’qullanadigan bo‘lsa, u uzil-kesil qabul qilinadi. Boz ustiga qonunni senat qo‘llab-quvvatlagan: 84ta — ijobiy va 13ta qarshi ovoz.

Sanksiyalar va ko‘mak

Budjet loyihasining geosiyosiy yangiliklaridan biri — "Shimoliy oqim - 2"ga qarshi sanksiyalardir. Amerikaliklar qunt va izchillik bilan uglevodorodlar bozorida Rossiya pozitsiyalariga putur yetkazishga harakat qilishmoqda. Budjet gaz o‘tkazgich qurilishida beriladigan ko‘mak, shuningdek, quvur yotqizadigan kemalarning texnik modernizatsiyasi bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun jazoni ko‘zda tutadi.

AQSh nima uchun "Shimoliy oqim-2"ga to‘sqinlik qilmoqda - video

"Shimoliy oqim — 2" hozirda 94 foizga tayyor. Yana 76 kilometr masofani bosib o‘tish qolgan, xolos. Sanksiyalarni aylanib o‘tish uchun Germaniya ayyorona yo‘l tutdi va gaz quvurini qurib bitkazish uchun maxsus fondni tashkil etdi. Yuridik jihatdan pudratchilar "Shimoliy oqim -2"ga bevosita aloqador bo‘lmagan holda ushbu tuzilma buyurtmalarini bajaradilar.

Amerikaliklar shuningdek Turkiyaga keraklicha bosim o‘tkazmoqchi. Budjetda Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualarini xarid qilish va ulardan foydalanish uchun sanksiyalar ko‘zda tutilgan. O‘tgan hafta oxirida Davlat departamenti davlat kotibi Mayk Pompeoning ushbu bitim amerika xodimlari va harbiy texnikasini xavf ostiga qo‘yayotgani, shuningdek, Moskvaga Turkiya qurolli kuchlari va mudofaa sanoatiga kirish huquqini berayotgani to‘g‘risida bayonot e’lon qildi.

Turkiya TIV javob choralari bilan tahdid qildi. S-400 - uzoq vaqtdan buyon Vashington va Anqara munosabatlarida to‘siq bo‘lib kelmoqda. Amerikaliklar Turkiyani allaqachon F-35 beshinchi avlod samolyotlari dasturidan chiqarib tashlagan. Pentagon ushbu eng yangi qiruvchilar haqidagi ma’lumot Turkiya ZRKlaridan Moskvaga yetib borishidan havotirlanmoqda.

AQSh nega Turkiya ruslardan sotib olgan S-400dan qo‘rqadi? — javob videoda

Amerikaliklar sharqiy yevropalik ittifoqdoshlar - Boltiq bo‘yi va Polshani moliyalashtirishda davom etmoqda. Bu davlatlar "Rossiyani tiyib turish uchun" plasdarmdir. Shuningdek, "xavfsizlik sohasida yordam, Ukraina qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash tashabbusi doirasida" Kiyevga ham 250 million dollar ajratiladi. Tafsilotlar ochiqlanmayapti, ammo, gap Ukraina QKga zirhlangan avtomobillar, tanklarga qarshi raketa majmualari, kichik dengiz kemalarini yetkazib berishda davom etish haqida borayotgan bo‘lishi ehtimolga yaqin.

Ommaviy qayta qurollanish

Tabiiyki, AQSh o‘zini xafa qildirib qo‘ymaydi. 740 milliard dollardan Pentagonning bazaviy ehtiyojlariga 635,5 milliard  dollar yo‘naltiriladi. Qolgani energetikada milliy xavfsizlik dasturi (26,6 milliard) va chet eldagi operatsiyalar (69 milliard)ga yo‘naltiriladi. Ayniqsa, uch yil davomida gipertovushli texnologiyalarni harbiy safga qabul qilish zarurati alohida qayd etilgan.

Rus quroli: “Tulpan” - dunyoda eng qudratli termoyadroviy minomot

Yadroviy triadani modernizatsiyalashga 30 milliard dollar ajratilgan. Ushbu mablag‘lar yangi aloqa va boshqarish tizimlarini rivojlantirishga (Nuclear Command, Control and Communications - yetti milliard), istiqbolli B-21 Raider bombardimon samolyotlari dasturiga (2,8 milliard), Columbia loyihasi bo‘yicha eng so‘nggi ballistik raketaga ega suvosti kemalariga (4,4 milliard) sarflanadi.

Yadroviy boyegolovkali LRSO "Havo - yer" qanotli raketalari loyihasiga 474 million ajratilsa, yangi GBSD mintaqalararo ballistik raketalari dasturiga — 1,5 milliard yo‘naltiriladi.

Raketalarga qarshi mudofaa tizimini rivojlantirishga 20 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. Bu mablag‘larga dengizda joylashuvchi raketalarga qarshi SM-3, jangovar ahborot-boshqaruv tizimi bo‘lgan AEGIS, THAAD raketalarga qarshi mudofaa tizimlari xarid qilinadi. Patriot ZRK modernizatsiya qilinadi. Kosmik qo‘shinlarga - AQSh sputnik guruhining keyingi kengaytirilishiga 15 milliard dollar zaxirada ushlab turilibdi. O‘n milliardga yaqin mablag‘ kibermaydondagi operatsiyalar - hujum va mudofaa operatsiyalarga mo‘ljallangan.

Bunaqasi dunyoda hech kimda yo‘q - Putin yangi qurol haqida

HHK 57 milliard dollar oladi. Bu pullarga 79ta F-35 qiruvchilari, 15 ta KC-46 zapravkachilari, 24 ta F/A-18 Super Hornet paluba qiruvchi-bombardimonlari, 52 ta AH-64E Apache zarba vertolotlari va qator boshqa mashinalar xarid qilinadi. 2021-yilda HDKga 32,3 milliard dollar sarflanadi: bu yangi avlod Columbia bosh dronlari, Ford klassidagi avianoses, Virginia klassidagi suvosti kemasi, ikkita Arleigh Burke esminetsi, bitta FFG(X) fregati, LPD desant kemasi, tanker, shuningdek, ikkita yirik ekipajsiz USV Large kemalari.

Piyoda qo‘shinlari uchun 13 milliard ko‘zda tutilgan: to‘rt mingdan ortiq yengil broneavtomobillar, 32ta ko‘pnishonli zirhlangan mashinalar, 72ta jangovar amfibiyalar xarid qilinib, 89ta Abrams tanklari modernizatsiya qilinadi. Kelajak texnologiyalari ham esdan chiqmagan. Jumladan, gipertovushli qurolga 3,2 milliard, mikroelektronikaga — 1,5 milliard, sun’iy intellektga — 841 million sarflanadi.

Amerika harbiy budjeti o‘sishda davom etmoqda va har yili yangi rekordlarni o‘rnatmoqda. Bir narsa ayonki, yangi prezident davrida ham AQSh tashqi siyosati o‘zgarishi va yanada tinchlikparvarroq bo‘lishi dargumon.