“Shimoliy oqim – 2” uchun hal qiluvchi jang boshlandi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishTruboukladochnoe sudno "Soliter"
Truboukladochnoe sudno Soliter - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vashington Yevropa kompaniyalariga qo‘ng‘iroq qilib, vaqt borida loyihadan chiqib olinglar, yangi yildan so‘ng sanksiya ostida qolasizlar. Bu loyiha baribir amalga oshmaydi, deb shantaj qilmoqda.

TOShKENT, 26 noya — Sputnik, Natalya Dembinskaya. Bayden hali OQ uyga kelmasdan turib, amerika rahbariyati “Shimoliy oqim – 2” loyihasida ishtirok etayotgan Yevropa kompaniyalariga qo‘ng‘iroq qila boshladi. Ular kompaniyalarni 2021-yilning yanvarida kuchga kiradigan AQSh sanksiyalar haqida ogohlantirib, shunga qadar loyihadan chiqishni talab qilishmoqda.

Nemislan bundan juda norozi: ular ushbu sanksiyalarni shu vaqtgacha qo‘llanilgan sanksiyalar orasida eng qattiqqo‘li deb atashdi. Ularni bugunga qadar ushbu gaz quvuriga o‘ta salbiy munosabatda bo‘lgan demokrat – Jo Bayden amalga oshirishi kerak. Yangi AQSh prezidenti “Shimoliy oqim-2”ni to‘xtatib qola oladimi?

Dastlabki bezovtalik

Yanvarda Tramp tomonidan imzolangan hujjatlar kuchga kirishi kerak. Unga ko‘ra, Rossiya gazquvuri loyihasiga bir million dollardan ortiq sarmoya kiritgan kompaniyalar sanksiyalar ostiga tushadi. Ushbu cheklov logistika bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga ham tegishli bo‘ladi.

“Gazprom” ta’kidlashiga ko‘ra “Shimoliy oqim-2” sanksiyalar e’lon qilinishidan oldin sarmoyalarni olgan edi. Aleksandr Medvedev aytishiga ko‘ra Engie, OMV, Shell, Uniper va Wintershall kompaniyalari sarmoyalarni kiritib bo‘lgan va mablag‘lar kerakli maqsadlarga yo‘naltirilgan. Germaniyaning VUniper kompaniyasi esa xavfsiz yonilg‘i yetkazib berish tizimi uchun loyihaning ahamiyatini hisobga olgan holda, uni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi.

Logotip proyekta Severniy potok - 2 na odnoy iz trub - Sputnik O‘zbekiston
Baydendan “Shimoliy oqim-2” borasida nimalarni kutish mumkin?

Vashington bo‘lsa jon-jahdi bilan uni to‘xtatib qolishga harakat qilmoqda. Germaniyaning eng yirik OAVi DPA Oq uydagi manbaaga asosan xabar qilishiga ko‘ra, amerikaliklar loyiha ishtirokchiliariga “ogohlantirish” maqsadida qo‘ng‘iroq qilishni boshlagan. 

“AQSh Yevropa kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritishni istamaydi. Biz ularni ogohlantirish uchun qo‘ng‘iroq qilib loyihalan chiqish uchun vaqt berayapmiz. Bu quvur ishga tushmaydi” – deyishmoqda amerikaliklar.

Bunday taktika AQSh uchun odatga aylangan. Birinchi sanksiyalar kiritilishi bilanoq Shveysariyaning Allseas quvur yotqizuvchi kemali loyihani tark etgan edi. Lekin Rossiyaning o‘z quvur yotqizuvchi kemalari bo‘lgani sababli ayni damda qurilish deyarli tugatilgan.

Germaniya esa AQSh po‘pisalarini umuman tushunishmayapti. “Axir ittifoqchilar orasida bunday yondashuv mutlaq bo‘lmasligi kerak. <…> AQSh o‘z hududidan tashqarida qo‘llayotgan sanksiyalari – bu yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada xalqaro huquqqa aralashish demakdir”, - dedi Germaniya sharqiy iqtisodiyot qo‘mitasi rahbari Oliver Xermes.

Nemislar sarosimada

Vashingtondan qilingan qo‘ng‘iroqlar nemislar xavotirini yanada kuchaytirdi: Hukumat almashganidan so‘ng ham AQSh munosabatining o‘zgarishiga umid qilishning foydasi yo‘q. Yaqin oylar ichida Bayden “sanksiyalarni yanada kuchaytirishni rejalashtirmoqda”. Bu degani Germaniya 3 milliard yevro sarmoya kiritgan “Shimoliy oqim-2” loyihasi - mutalq go‘rga ko‘miladi degani”, - deb yozadi Bild nashri.

Sudno-truboukladchik Akademik Cherskiy - Sputnik O‘zbekiston
AQSh “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

AQSh hatto loyihada ishtirok etgan sertifikat beruvchi va sug‘urta kompaniyalarini ham jazolash istagi ayniqsa taajubli. Bayden deyarli tayyor bo‘lgan “Shimoliy oqim-2” loyihasini yo‘q qilishga tayyor, deb yozadi nashr.

Yangi sanksiyalar Kongress tomonidan ma’qullangan va 2021-yil davlat budjetiga ham kiritilgan. Oldingi sanksiyalarni, hech kim, albatta bekor qilmaydi.

“Natijada sug‘urta kompaniyalari quvurni qurib bitkazishda ko‘rilgan zararni qoplay olmaydi, sertifikatlovchi korxonalar esa – ishga tushirishdan oldin quvurning ishonchliligini tekshira olmaydi. Tramp bunga ulgurmasa, Bayden buni amalga oshiradi”, - deb hisoblaydi mustaqil sanoat eksperti va iqtisodchi Leonid Xazanov.

Dastlab o‘z uyini tartibga keltirish kerak

Yevropaliklar bosimi kuchayib borayotgan va Oq uy to‘g‘ridan-to‘g‘ri shantajga o‘tgan bo‘lsa-da, barcha ham vahimaga tushib qolgani yo‘q.

“Amerika sanoati Yevropa bozoriga muhtoj. Vashingtonning Shimoliy oqimga ko‘rsatayotgan ushbu qarshiligi Yevropa Ittifoqi yoki uning alohida a’zolari tomonidan ham javob sanksiyalari kiritilishiga olib kelishi mumkin. Ikkinchidan amerikaliklar NATO bo‘yicha siyosiy ittifoqdoshlarini yo‘qotishlari ham mumkin” – deydi Xazanov.  

AQSh Shimoliy oqim - 2ga qarshi koalitsiya tuzadi: bu qurilishni to‘xtatadimi? - Sputnik O‘zbekiston
AQSh "Shimoliy oqim - 2"ga qarshi koalitsiya tuzadi: bu qurilishni to‘xtatadimi?

Yana bir narsa: Bayden birinchi navbatda ichki muammolarni hal qilishi kerak bo‘ladi. Bunga ancha vaqt ketishi mumkin. Amerika iqtisodining ahvoli ham og‘ir. Ikkinchi kvartalda YaIM misli ko‘rilmagan 33% ga tushib ketdi. Iqtisodchilar bunday xavfli pasayish Buyuk depressiya vaqtidan buyon bo‘lmagan edi, deyishmoqda.

Yangi hukumat kelganidan so‘ng, dollar bosib chiqaruvchi mashinkani ishga solmasdan iloj yo‘q  - axir kichik va o‘rta biznesga yordam uchun 2,5 trillion dollar ajratish kerak. Bu esa o‘z navbatida dollarning yevroga nisbatan 10% pasayishiga olib keladi. Bunday vaziyatda Bayden ma’muriyati “Shimoliy oqim-2”  bilan shug‘ullanishga vaqt topishi amrimahol.

Ko‘mishga hali erta

Obyektiv va iqtisodiy faktorlarni ham hech kim bekor qilgani yo‘q: Rossiya gaziga talab hali ham juda yuqori, kuzda Yevropa gaz bozorida narxlar o‘sishi buni yana bir bor tasdiqladi.

“Rossiyada gaz qazib olish avgust oyidan buyosh oshib kelmoqda. Oktabrda deyarli 63 milliar metr kub yonilg‘i qazib olindi. Bu sentabrdagidan 13%ga ko‘p. Demak xorijda talab oshmoqda", — deydi "Alpari" tahliliy markazi rahbari o‘rinbosari Natalya Milchakova.

“Shimoliy oqim 2” tufayli Yevropa ittifoqi AQShga demarsh bildirdi - Sputnik O‘zbekiston
AQShga demarsh: Yevropa “Shimoliy oqim-2” tufayli norozilik bildirdi

“Gazprom” uchun Baydenning “yashil” energetika siyosati ham zararli bo‘lishi mumkin. Demokratlar 2035-yilgacha ekologik toza energetikaga o‘tish uchun 2 trillion dollar  sarflashni rejalashtirishmoqda. 2050-yilda esa ular SO2 chiqindi gazlari miqdorini nolga yetkazmoqchi. Lekin yashil energetika “Shimoliy oqim-2” uchun ham foydali bo‘lishi mumkin. Axir ushbu quvur orqali nafaqat gaz, balkim vodorod ham yetkazib berish mumkin. Kelajakda Yevropada vodorod yonilg‘isiga talab juda katta bo‘lishi mumkin.

Eng asosiysi esa – AQSh yangi ma’muriyatiga Yevropa bilan janjallashish – umuman kerak emas. Inaguratsiyadan so‘ng Bayden Yevropa bilan buzilgan munosabatlarni tiklashi kerak bo‘ladi. Birinchi navbatda Germaniya bilan- axir usiz NATOni mustahkamlashning imkoni yo‘q”, - deydi Milchakova.

Bugungi kunda AQShda ham yangi prezident “Shimoliy oqim-2”ga qarshi barcha sanksilarni oshirishiga gumon qiladiganlar bor. Virginiya shtati sobiq senatori Richard Blek aytishiga ko‘ra, Bayden bu borada imi-jimida Moskva bilan kelishib olishi ham mumkin. Ya’ni Vashington uchun biror foyda evaziga sanksiyalardan voz kechishi ham mumkin.

Yangiliklar lentasi
0