“Turkiya xulq-atvorini o‘zgartirish”: G‘arb nima uchun Erdog‘anni jazolamoqda

Turkiyaning G‘arb bilan munosabatlari og‘ir inqirozni boshdan kechirmoqda. Yevropa Ittifoqi va Amerika unga qarshi sanksiya kiritdi.
Sputnik

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Turkiyaning g‘arblik hamkorlari bilan munosabatlari og‘ir inqirozni boshdan kechirmoqda. Yevropa Ittifoqi Sharqiy O‘rta yer dengizidagi burg‘ulash ishlari tufayli Anqaraga qarshi sanksiya joriy etdi, amerikaliklar Rossiya zenit raketa tizimi xarid qilingani uchun bosimni kuchaytirdi. Bu NATOdagi ichki vaziyatga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Buni RIA Novosti o‘rgandi.

Anqarani ushlab turish

“Turkiya bir tomonlama provokatsiya uyushtirib, YeIga qarshi ritorikani kuchaytirmoqda. Sharqiy O‘rta yer dengizida, Kiprning iqtisodiy hududida, Anqara bu noqonuniy bo‘lishiga qaramasdan burg‘ulash ishlarini davom ettirmoqda”, - deyishdi kuni kecha yakunlangan YeI sammiti ishtirokchilari.

“Parchalanish muqarrar”. Nega YeI zaiflarga yordam berish to‘g‘risida qizg‘in bahs uyushtirdi

Anqara faolligini jilovlash maqsadida yevropaliklar turkiyalik amaldorlar va ishbilarmonlarga qarshi sanksiyalarni kengaytirishdi: ularga Yevroittifoq mamlakatlariga kirish taqiqlandi, ularning Yevropadagi aktivlari muzlatiladi.

Tashqi siyosat bo‘yicha YeI rahbari Jozep Borrel qo‘shimcha cheklovlarni ishlab chiqishi zarur. Angela Merkel Anqaraning rolini nafaqat Yevropa ishlarida qayta ko‘rib chiqishga, balki Liviya, Suriya va Tog‘li Qorabog‘dagi Turkiya ta’sirini tahlil qilishga ham chaqirmoqda. Xulosalar hisobotda taqdim etiladi va uni mart oyida ko‘rib chiqishadi.

Turkiyaga qarshi birinchi sanksiyalar o‘tgan yilning kuzida e’lon qilingan edi. Sabab o‘sha – Sharqiy O‘rta yer dengizida gaz konlarini noqonuniy razvedka qilish. Biroq bu Rajab Toyyib Erdog‘anni to‘xtatib qololmadi. Yoz oyida u burg‘ulashni davom ettirishini bildirdi.

“Sanksiyalar birdan-bir maqsad emas”

Brussel bosimni kuchaytirib, manevr uchun ham maydon qoldirmoqda. Sammit yakunlariga ko‘ra kommunikeda “ijobiy turk-yevropa kun tartibi” ta’kidlangan.

Erdog‘an – hammaga qarshi. Turkiya geosiyosiy tajriba o‘tkazmoqda

“Sanksiyalar – Yevropa mustahkamligining namoyishi. Lekin bu birdan-bir maqsadning o‘zi emas, balki Anqara xulq-atvorini o‘zgartirishning vositasidir. Biz hamisha muloqotga ochiqmiz va konstruktiv ishlashga tayyorligimizni bildiramiz”, - deya ta’kidladi Emmanuel Makron.

Fransiya yetakchining so‘zlarini kuz oyida Parij va Anqara o‘rtasida keskinlashgan bahsning davomi deb baholashdi. O‘quvchilarga payg‘ambar Muhammadning karikaturalarini ko‘rsatgan geografiya o‘qituvchisi Samuel Pati o‘ldirilgandan so‘ng Makron islom inqirozi haqida og‘iz ochib, davlatning dunyoviy qadriyatlarini himoya qilish zarurligini aytdi. Erdog‘an bunga javoban unga “ruhiy sog‘lig‘ini” tekshirishni maslahat berdi.

Turkiya Kavkaz ortidan Rossiyani siqib chiqara oladimi?

Yevropa mamlakatlari yetakchilari Makronni qo‘llab-quvvatlashdi. Fransuz-turk bahsi navbatdagi sanksiyalar urushiga aylanib ketishiga bir bahya qoldi, biroq amerikaliklar o‘rtaga kirdi. Harbiy siyosiy ishlar bo‘yicha AQSh davlat kotibi yordamchisi Klark Kuper yevropaliklarga Turkiya alyansning muhim harbiy strategik hamkori ekanligini eslatdi.

Amerika tahdidlari

Okean ortidan murosasozlik ohangi aytilgan gaplarni yevropaliklar hushorlik bilan qabul qilishdi. Axir Anqara Rossiyaning S-400 larini xarid qilgani sabab boshlangan Amerika-Turkiya bahsi o‘tgan yildan buyon davom etib kelmoqda.

Vashington qat’iylik bilan Erdog‘anni Moskva bilan bitimdan voz kechishga undab, F-35 qiruvchilarini sotmaslik bilan tahdid qilgandi. Lekin Turkiya hukumati keskinlik sari borib, Injirlik va Kurejikdagi Amerika harbiy bazalarini yopishga va’da berdi.

Ularga Pentagonga Suriya va Iroqda “Islom davlatiga”* qarshi harbiy amaliyotlari uchun zarur. Boz ustiga bazalar NATOning Yevropadagi raketa hujumiga qarshi mudofaasining bir qismi sanaladi.

Erdog‘an Pompeo bilan uchrashuvga vaqt topmadi

Amerikaliklar biroz shashtlaridan tushishdi. Erdog‘an ham Turkiya uchun NATO muhimligini tan oldi.

Saylovlarda Jo Bayden g‘alabasidan so‘ng ham Anqaraning ritorikasi biroz o‘zgardi. U vitse-prezident lavozimida ishlagan paytlarida Erdog‘an rejimini tez-tez tanqid qilganiga qaramasdan Turkiya yangi ma’muriyat ish boshlashi bilan munosabatlar qayta ko‘rib chiqilishiga umid qilmoqda.

AQShning saylangan prezidenti bunga hali munosabat bildirganicha yo‘q. Ammo Amerika NATOdan uzoqlashishni bas qilishiga ishora qildi. Shu bilan birga Oq uyning amaldagi rahbari Donald Tramp Baydenga ish topshirilgunga qadar Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi NATO amaliyotlarida amerikaliklar ishtirokini qisqartirish niyatida ekanini ma’lum qildi.

Qolaversa, “Amerika dushmanlariga qarshi kurash to‘g‘risidagi” qonun doirasida AQSh Rossiya S-400 xarid qilingan tufayli Anqaraga qarshi sanksiya kiritdi. Erdog‘an bu “NATO hamkoriga bo‘lgan hurmatsizlik” deb atadi.

NATO erkinlikka to‘sqinlik emas

“Erdog‘an va NATO munosabatlari qanday yo‘lga qo‘yilmasin, turk jamiyatida konsensus bor – alyansdagi a’zolik foydali, bu Turkiyaga ko‘p imkoniyatlar beradi. NATOsiz Erdog‘anga Suriya yoik Liviya mojarosiga aralashishni asoslash qiyinroq bo‘lgan bo‘lardi”, - deya fikr bildirdi RIA Novosti bilan suhbatda Anqaradagi Siyosiy tadqiqotlar markazi eksperti Orxan Gafarli.

Erdog‘an Yevropaning kuni bitishini bashorat qildi

Ekspert yana bir ustunlikni alyans Turkiya va YeI mamlakatlariga o‘zaro ziddiyatni bartaraf etishga imkon berishida ko‘radi. Anqaraning hech bo‘lmaganda Gretsiya va Kipr yoki Fransiya bilan janjallarini olsak. Bu mamlakatlar NATO a’zoliga sabab keskinlikning oldi olinmoqda. Alyans moderator vazifasini bajaradi. Alyansga a’zolik Anqaraga Gretsiya, Kipr yoki Fransiya xatti-harakatlarini bloklashga ko‘maklashishi ham to‘g‘ri”, - deya davom etadi u.

Shu bilan birga tahlilchining Erdog‘an NATOga a’zolikni mustaqil siyosatga to‘siq sifatini ko‘rmasligiga ishonchi komil.

Turk-fransuz populizmi

“Makron va Erdog‘an mojarosi parchalanishga olib kelmaydi. Turkiya va Gretsiya o‘rtasida hamisha keskinlik bo‘lgan.  Har ikki mamlakat NATOga a’zoligi uchun bu biror marta ham ochiq urushga aylanib ketmagan”, - deydi “Observo” franko-rus tahliliy markazi direktor o‘rinbosari Igor Delonoe.

Erdog‘an Makronni “ma’rifatli islom” g‘oyasi uchun qoraladi

RIA Novosti bilan suhbatda u 2016-yil yozida Turkiyada davlat to‘ntarilishiga urinishdan keyin Erdog‘an alyansdan biroq uzoqlashdi. Shu bilan birga undan chiqish masalasi hozircha yo‘q. “AQSh Anqaraga alyanskni tark etishga imkon bermaydi. Amerikaliklar aynan Turkiya orqali Qora dengiz va Kavkaz mintaqasida o‘z ta’sirini kuchaytirmoqchi”, - deydi Delanoe.

Ekspertning fikricha, ertami kech turk-fransuz munosabatlari iziga tushadi. Boz ustiga ikki mamlakat o‘rtasida jiddiy ziddiyat yo‘q.

“Erdog‘an va Makron bir necha marta tashqi siyosatda o‘zgaruvchanlikni namoyish etdi. Eslab ko‘ring, masalan, 2015-yil noyabri-2016 yil iyulida Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi qarama-qarshilikni. U qulay sharoitlarda bir zumda yo‘q bo‘ldi. Makron bir necha bor qarashlarini o‘zgartirib, populizmga moyilligini namoyish etgan. Parij va Anqara o‘rtasidagi mojaro qanday bo‘lmasin hal qilinadi”, - deya taxmin qiladi Delanoe.

Hozircha murosaga kelishga o‘zaro manfaatdorlik yo‘q, Turkiyaning Fransiya bilan hamda umuman NATO bilan ixtilofi saqlanadi.

* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti