Erdog‘an – hammaga qarshi. Turkiya geosiyosiy tajriba o‘tkazmoqda

© AFP / ADEM ALTANPrezident Tursii Redjep Tayip Erdogan
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rajab Toyyib Erdog‘an nafaqat turklar, balki butun dunyo bo‘ylab vatanparvar-radikallar qahramoniga aylanmoqda, deb yozadi kolumnist Irina Alksnis.

Kanada Turkiyaga harbiy mahsulotlarga eksport ruxsatnomasini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi. Bu Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarda o‘z navbatida Kanada datchiklari va lazer tizimlari bilan jihozlangan turk dronlaridan foydalanilayotgani haqidagi xabarlar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.

Na Zapad nelzya polagatsya – Bashar Asad ob urokax siriyskogo konflikta - Sputnik O‘zbekiston
Asad Erdog‘anni Qorabog‘ mojarosi tashkilotchisi deb atadi

Turkiya TIV javob bayonotida Ottavani ikki tomonlama standartlari va “hamkorlik ruhiga” mos emaslik uchun tanqid qildi. Shuningdek, uni bu pozitsiyani birinchi marta egallamayotganlikda aybladi – Turkiya o‘tgan yil oktabr oyida Suriya shimoliy-sharqida boshlagan “Tinchlik bulog‘i” harbiy amaliyotidan boshlab.

Ushbu voqea Anqara tomonidan to‘planayotgan tashqi siyosiy ziddiyat va janjallar kolleksiyasini to‘ldirdi. Bo‘lib o‘tayotgan voqealarni boshqacha ta’riflash qiyin, zero Turkiya prezidenti juda katta masalalar bo‘yicha barcha xalqaro hamkorlar bilan birma-bir g‘ijjillashga qaror qilgani haqida taassurot tug‘iladi.

Rajab Toyyib Erdog‘an nafaqat turklar, balki butun dunyo bo‘ylab vatanparvar-radikallar qahramoniga aylanmoqda. U o‘zida ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat qilib, to‘g‘onoqlarga e’tibor qaratmasdan va har qanday masalada eng qat’iy rasmiy pozitsiyani egallab, qo‘yilgan maqsad sari borayotgan milliy yetakchi haqidagi orzularini mujassamlantirmoqda.

Nagorniy Karabax: kak mir reagiruyet na obostrenie konflikta i kto podlivayet masla v ogon? - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya Kavkaz ortidan Rossiyani siqib chiqara oladimi?

Bu, shubhasiz, zamonaviy dunyoda nodir holat, buning ustiga gap ko‘zga ko‘ringan mintaqaviy davlat Turkiya haqida bormoqda.

Deyarli har bir davlat rahbari muntazam ravishda haddan ziyod ehtiyotkorlik, dudmollik va noo‘rin yon berishlik, mujmallik uchun tanqid ostiga qoladi. Shunga o‘xshash ta’nalar ham Putin, ham Tramp, ham Siga nisbatan yog‘dirilgan. Eng qizig‘i, muqobil ayblovlar tez-tez qarama-qarshi tomondan eshitiladi. O‘sha Angela Merkelni bir vaqtning o‘zida ham okean tufayli ko‘rsatmalarni bajarmaslikda, ham Kreml manfaatlariga ko‘ra siyosat yurgizishda fosh qilishadi.

Ushbu fenomenning sabablari ayon: davlat rahbari qiyin masala bo‘yicha qaror qabul qilayotib, katta miqdordagi omil va cheklovlarni inobatga olishga majbur bo‘ladi. Bu esa yakunida ko‘p hollarda turli xil, to milliy manfaatlarga xiyonat qilishgacha bo‘lgan ayblovlarga zamin yaratuvchi natijaga olib keladi.

Bunday fonda Turkiya prezidenti, albatta, u bir vaqtning o‘zida olib borayotgan geosiyosiy o‘yinlari ko‘lami, boshqa ishtirokchi davlatlar manfaatini inobatga olmaslik, janjalkash pozitsiyasi va har qanday holatda nafaqat harbiy usullarni qo‘llash bilan tahdid qilishga tayyorgarlik, balki uni haqiqatdan ham amalga oshirishi bilan hayron qoldiradi: Suriya, Liviya, yunonlar bilan keskinlik, NATO bilan “razborkalar” (S-400 sabab) va mana endi  - Tog‘li Qorabog‘.

Agar arman-ozarbayjon mojarosini barqarorlashtirga aralashgan boshqa davlatlar o‘zlarini sipo tutishayotgan bo‘lsa, Turkiya Bokuni qo‘llab-quvvatlabgina qolmay, balki umuman olganda mojaroni harbiy yo‘l bilan hal qilishni aytmoqda – bu zamonaviy siyosat uchun yangilik.

Adrut. Nagorniy Karabax - Sputnik O‘zbekiston
Qorabog‘dagi mojaro - Rossiyani Kavkaz urushiga tortishga urinish

Umuman olganda, Turkiya yetakchisi mamlakatining neousmonlilar buyukligini qayta tiklashdagi maqsadi sari jadal intilmoqda va bunda hatta qator muvaffaqiyatlarga ham erishdi. Tan olish kerakki, bunday xulq-atvorning haqiqatdan o‘ziga yarasha jozibadorligi bor, ayniqsa, xalqaro maydon uchun xos bo‘lgan yashirin o‘yinlar, pinhoniy kelishuvlar va diplomatik xushomadgo‘yliklar fonida.

Faqat Turkiyaning uzoq muddatli samarali tashqi siyosati haqida oshkoro mulohaza yuritishga erta. Qolaversa, Anqara aralashayotgan har bir yangi janjal bilan bu uning uchun unchalik yaxshi tugamasligi asosi ortmoqda.

So‘nggi yillar mamlakat undan ustun bo‘lgan tashqi bosimga qanday qilib dosh berishi mumkinligi borasida ko‘plab misollarni keltirdi. Biroq bir omil hamisha bor: boshqa geosiyosiy kuchlardan u yoki bu ko‘makni olish (mayli bu hatto iqtisodiy hamkorlik saqlash bo‘lsin). Aytgancha, bu nafaqat imkoniyatlari cheklangan mamlakatlar, xoh Venesuela, KXDR yoki Eron bo‘lsa, muhimdir. Bu yetakchi jahon davlatlariga ham tegishli emas. Juda katta ichki zaxiraga ega bo‘lgan hatto Rossiya uchun 2014-2015 yillarda G‘arb bilan qarama-qarshilikning eng og‘ir davrida Xitoy bilan munosabatlar rivojlanishi o‘zining ijobiy rolini o‘ynadi.

Turkiya bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Harbiy ison raqamlarda: Erdo‘g‘onni ag‘darishga urinish Turkiyaga qanchaga tushdi

Turkiyaning o‘zining ham bu borada ayrim narsalarni yodga oladiganlari bor – yaqinda bo‘lib o‘tgan hodisalardan. 2016-yil yozda harbiy to‘ntarishga urinish ortidan yaqqol Qo‘shma Shtatlar ko‘rinib turardi, Yevropa esa deyarli yashirmasdan, ison muvaffaqiyati uchun muxlislik qildi. Hokimiyat va, katta ehtimol bilan, Turkiya yetakchisining hayotini o‘shanda Moskva o‘ta muhim ma’lumotni taqdim etib, saqlab qoldi.

Gap Erdog‘an u uchun qilingan yaxshilikni tezda unutib yuborganida emas. Katta siyosatda his-hayajonga o‘rin yo‘q.

Boshqasi muhimroq: Turkiya prezidenti ushbu tarixning asosiy darsiga beparvolik bilan qaramoqda. U shunday iboratki, uning mamlakatining so‘nggi tashqi siyosiy yutuqlari boshqa davlatlar qarama-qarshiliklari vaziyatidagi o‘yinlarida amalga oshdi: Rosiya va AQSh o‘rtasidagi, AQSh va Yevropa o‘rtasidagi, Yevropaning o‘zining ichidagi. Aynan shu tufayli Anqara ham Suriya, ham Liviyada jiddiy erkin manyovrlarni oldi, zero agar qo‘llamasa foyda ko‘radigan kuchlar hamisha topilib turdi.

Sobor Svatoy Sofii v Stambule snova stal mechetyu - Sputnik O‘zbekiston
Gretsiyalik siyosatchi Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritishni taklif qilmoqda

Endi esa, ko‘rinishidan, Rajab Toyyib Erdog‘an o‘z kuchi va omadiga shunchalik to‘la ishondiki, qisqa vaqt ichida o‘zining jangovar shiddatligi va prinsipial o‘zgalar manfaatini mensimaslik bilan sayyoraning barcha asosiy davlatlari bilan munosabatlarni jiddiy buzishni uddaladi.

Bunday sharoitlarda tajribaning ko‘rsatishicha, tole juda tez so‘nadi. Buning ustiga barbod bo‘lishning sababi dushman o‘ylab qo‘ygan makkor reja emas, balki o‘z vaqtida uzatilmagan yordam qo‘li bo‘ladi.

Manba: RIA Novosti.

Yangiliklar lentasi
0