Koronavirus: 30-noyabr asosiy xabarlari

O‘zbekistonda yana 67 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 73 041 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Rossiya vaksinasi samarali ekanini tushunamiz – Xadjibayev “Sputnik V” haqida

30 noyabr coat 19:00 ga qadar 67 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 73 041 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 67 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 70 303 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 130 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

O‘zbekistonda jami 608 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Yopilgan markazlar

Hozirgi vaqtda Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, koronavirusga qarshi kurashishda aholiga qulaylik yaratish maqsadida ochilgan ayrim markazlar (Atlas, Yoshlik) vaqtinchalik yopildi.

Dunyo COVID-19 pandemiyasi ustidan qachon g‘alaba qozonadi - SSV rahbari fikri

Taqsimlash markazlarining yopilish sabablaridan biri — koronavirusga chalingan bemorlar soni kamaygani bilan bog‘liq.

Shuningdek, Toshkent shahrida taqsimlash markazlarining yopilishi, poytaxtda, umuman mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashganini anglatadi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 62,7 milliondan oshdi, 1,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 40,1 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (13,4 mln), Hindistonda (9,4 mln), Braziliyada (6,3 mln).