Rossiya vaksinasi samarali ekanini tushunamiz – Xadjibayev “Sputnik V” haqida

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev Rossiya bilan “Sputnik V” vaksinasi borasidagi muzokaralar jarayoni haqida so‘zlab berdi va uning mamlakatda uchinchi bosqich sinovlari boshlanishi muddatini taxmin qildi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev O‘zbekiston Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasiga (RFPI) respublikaga “Sputnik V” vaksinasining bir necha yuz dozasini ajratish taklifi bilan murojaat qilganini ma’lum qildi.

“Javobini kutapmiz (Rossiya tomonining – tahr.). Agar u ijobiy bo‘lsa, jarayon, albatta, oldiga siljiydi. Agar bu yil bo‘lmasa, unda umid qilamanki, 2021-yilning birinchi choragida respublikada klinik sinovlarining uchinchi bosqichini boshlash mumkin bo‘ladi”, - dedi vazir Sputnik muxbiri bilan suhbatda.

Ministr zdravooxraneniya Abduxakim Xadjibayev o tom, kogda mir zagovorit o pobede nad koronavirusom  - Sputnik O‘zbekiston
Dunyo COVID-19 pandemiyasi ustidan qachon g‘alaba qozonadi - SSV rahbari fikri

Xadjibayev O‘zbekiston muzokaralar uchun ochiqligini ta’kidladi.

“Biz Rossiya vaksinasi yetarlicha samaraligini tushunamiz. Ayrim mamlakatlar allaqachon buyurtma berayotganini bilamiz. Mening bilishimcha, Rossiyaning o‘zida ham ixtiyoriy asosda emlash ishlari olib borilmoqda”, - dedi u.

Rossiya va dunyodagi koronavirusga qarshi birinchi “Sputnik V” vaksinasi o‘zining 95 foiz samaradorligini ko‘rsatdi. U 11-avgust kuni ro‘yxatga olindi. Hozir vaksinaning klinik sinovlarining uchinchi bosqichi Belarus, BAA, Venesuela va qator davlatlarda o‘tkazilmoqda. 50 dan ziyod davlatdan “Sputnik V”ning 1,2 milliardan ortiq dozasini xarid qilishga buyurtma kelib tushgan.

Yangiliklar lentasi
0