Bu O‘zbekistonni o‘zgartiradigan imkoniyatim: MIFI talabasi orzui va Rossiyadagi ta’lim haqida

Rossiya va O‘zbekiston atom energiyasidan tinchlik maqsadlarda foydalanish sohasidagi loyihani amalga oshirmoqda. Bo‘lajak kadrlarni tayyorlash bilan bugungi kunda Moskvadagi MMFI Milliy yadroviy tadqiqotlar universiteti ham uning Toshkentdagi filiali shug‘ullanmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Anna Jelixovskaya. Rossiyaning MMFI (MIFI) oliygohida O‘zbekistonning atom sohasidagi bo‘lajak mutaxassislari ham tahsil olmoqda. Ular uchun bu yangi va o‘ta muhim sohada birinchilardan bo‘lish, o‘z mamlakatiga yangi texnologiya yutuqni amalga oshirishda yordam berishning ajoyib imkoniyatidir.

Rossiya oliygohining ikkinchi bosqich magistri Kurbaniyaz Kanyazov u qanday qilib diplomatik sohadan muhandislik mutaxassisligi uchun voz kechgani, Rossiya nimasi o‘ziga maftun aylagani va nima sababdan oliygohdagi ma’ruzalarni qumsashi haqida so‘zlab berdi. Koronavirus pandemiyasi sabab bugungi kunda Rossiya chegaralari hamma Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ochiq emas. O‘zbekistonliklarning mamlakat kirishi haligacha taqiqlangan. Shu sabab “Moskva muhandislik-fizika instituti” (MMFI) Milliy yadroviy tadqiqotlar universitetining (MATU) magistraturasining ikkinchi bosqich talabasi Kurbaniyaz Kanyazov Moskvaga qayta olmaydi va o‘qishni Nukusda masofaviy tarzda davom ettirmoqda. U “Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi” fakulteti magistridir. Ilgari u Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetini “Issiqlik energetikasi” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Pandemiya – imkoniyatlar vaqti: Rossiya OTMlari MDH talabalarini qanday qo‘llab-quvvatlamoqda

Kurbaniyaz 23 yoshda. Nukusda tug‘ilgan va o‘sha yerda ixtisoslashgan umumta’lim maktabi “Progress” ta’lim va rivojlanish markazinini tamomlagan. To‘qqizinchi sinfdan keyin Taxiatoshdagi iqtisodiyot kollejida tahsil olgan va oliygohga kirishga tayyorgarlik ko‘rgan. O‘zining tan olishicha, yettinchi sinfgacha tarix va geografiya uning sevimli fanlari bo‘lgan. Bu fanlardan hatto respublika olimpiadalarida ham qatnashgan.

Bu uning birinchi kasb tanlashiga ta’sir ko‘rsatgan. Kurbaniyaz xalqaro munosabatlar va diplomatiyani o‘rganishga ahd qiladi. Biroq o‘qishga kirishdan bir necha muddat oldin uning otasi bilan jiddiy suhbati bo‘lib o‘tadi. Aytgancha, otasi energetika muhandisi.

“Har holda u juda tajribali va o‘z ishining mohir ustasidir. Men uning nasihatlariga quloq tutib, muhandislik yo‘nalishini tanladim, shu bois matematika va fizika fanidan yanada zo‘r berib tayyorlanishni boshladim. Lekin darhol aytamanki, o‘zimdan ustun kelishimga to‘g‘ri kelmadi. Bu ongli ravishda tanlangan yo‘l edi”, - deydi u.

Atom sari mashaqqatli yo‘l

2017 yili Toshkentda “Rosatom” davlat korporatsiyasi va O‘zbekiston hukumati atom energiyasidan tinchlik maqsadlarda foydalanish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi. Ushbu hujjatga ko‘ra 2028-yilga kelib ikkita energiya blokdan iborat atom elektr stansiyasini qurish rejalashtirilmoqda. Magistrning so‘zlariga ko‘ra, bakalavriatning uchinchi bosqich talabaligida u atom energiyasi bilan shug‘ullanishni oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

“Rosatom” O‘zbekistonga kadrlar tayyorlashda ko‘maklashadi
“Ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning bu yangi yo‘nalishi meni o‘qishdan keyin vatanga qaytish va atom energetikasi sohasida ishlash to‘g‘risida qaror qabul qilishimga undadi. Jonajon O‘zbekistonim rivojlanishiga o‘z hissamni qo‘shishni juda istayman”, - deya tushuntiradi Kurbaniyaz.

Aytgancha, bu istak talabaning diplom ishida ham o‘z ifodasini topgan “Energiyaning muqobil manbalaridan (quyosh va shamol) foydalangan holda Qorao‘zak shaharchasini energiya bilan ta’minlash”. Tadqiqot predmeti shaharchani uzlukchiz elektr energiyasi bilan ta’minlay oladigan avtonom elektr stansiyasini barpo qilish edi.

Bu O‘zbekistonni o‘zgartiradigan imkoniyatim: MIFI talabasi orzui va Rossiyadagi ta’lim haqida

MMFIga kirish imtihonlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti fizika fakultetida bo‘lib o‘tgan. Sinovni bevosita MMFI MATU qabul komissiyasi o‘tkazgan.

“Taxminan sinovlarga ikki hafta qolganida bizga biletlar mavzusini berishdi. Matematika, fizika va bakalavriat mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlanish kerak edi. Mening holatimda bu energetika. Barcha adabiyotlarni olib, katta hajmdagi mavzularni takrorlashga to‘g‘ri keldi”, - deya eslaydi Kurbaniyaz.

Maksimal 100 balldan u 98 ball oldi. Ammo uning hikoya qilishicha, MMFIga hujjat topshirishda talabgorlarga qo‘shimcha 15 ball to‘plashga yordam beruvchi bir necha mezonlar bor edi. Masalan, qizil diplom uch ball olish imkonini berardi. Agar bakalavriatda tahsil davomida maxsus nashrlarda maqola chop etish va konferensiyalarda ishtirok etishga muvaffaq bo‘lingan bo‘lsa, bu ham kirish imkoniyatlarini oshirgan. Shuningdek, olimpiadalarda qo‘lga kiritilgan sovrinli o‘rinlar inobatga olingan.

O‘zbekistonga yadro sohasida yangi yo‘nalishlar qiziq – MIFI rektori
Bularning hammasi unga maksimal 115 balldan 113 ball olishga va xorijlik vatandosh talabalarni qo‘llab-quvvatlash dasturi bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi mablag‘i evaziga budjetga o‘qishga kirishga imkon bergan.

“Rossiya tomonidan yosh olimlarning qo‘llab-quvvatlanishi tahsil olishga qo‘shimcha rag‘bat beradi”,  - deydi talaba.

Maftun aylagan Moskva onlayn ma’ruzalar

Kurbaniyaz ilk bor Rossiyaga 2013-yili Romanovlar uyining 400-yilligi munosabati bilan Oltin halqa bo‘ylab ekskursiyada kelgan. O‘shanda safar unga unutilmas taassurotlarni qoldirgan. Mana u yana Moskvada, lekin bu gal nufuzli, dunyoga mashhur oliygohlardan birining talabasi sifatida. Afsuski, koronavirus pandemiyasi tufayli martdan universitet va institutlar masofaviy ta’lim shakliga o‘tdi. Kurbaniyaz o‘qishni onlayn davom ettirdi va karantin vaqtida yuzaga kelgan imkoniyatdan foydalanib, uyga jo‘nab ketdi.

Bu O‘zbekistonni o‘zgartiradigan imkoniyatim: MIFI talabasi orzui va Rossiyadagi ta’lim haqida

Karantin cheklovlari joriy etilgunga qadar darslar bilan bir qatorda uning ilmiy-tadqiqot ishi bilan shug‘ullanish hamda shunchaki dam olish imkoniyati bor edi. Oxirgisi unga taalluqli emas desa ham bo‘ladi. Kunni yugurishdan boshlashni afzal biladi, bo‘sh vaqtida esa do‘stlari bilan shahar bo‘ylab sayr qiladi. Qizil maydon uning sevimli joyiga aylangan.

Bu O‘zbekistonni o‘zgartiradigan imkoniyatim: MIFI talabasi orzui va Rossiyadagi ta’lim haqida

"MMFIda 20 foizga yaqin talabalar xorijlik. Guruhimizda ham turli mamlakatlardan bo‘lgan talabalar bor. Ularning aksariyati magistraturaga qadar Rossiyada tahsil olishgan, shuning uchun rus tilida a’lo darajada so‘zlashishadi”, - deydi Kurbaniyaz.

Vatan uchun energiya

Talaba bakalavriatdagi o‘qish magistraturadan jiddiy farqlanishini tan oladi. Hozir tahsil asosan maxsus fanlar va amaliy mashg‘ulotlardan iborat. Bo‘lajak mutaxassislar atom elektr stansiyasi tuzilishini bevosita ko‘rib o‘rganishadi, xususan, reaktorning faol zonasi, himoya boshqaruv sterjeni va boshqa muhim qismlarni. Bularning bari vatandagi AESning bo‘lajak ishida maksimal ravishda samarali tayyorlanishga imkon beradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AESdagi ish uchun turli yo‘nalishlardagi 2 mingga yaqin xodim kerak bo‘ladi, shuning uchun u ularning qatoriga qo‘shilishga umid qiladi.

Rossiya O‘zbekiston AES uchun mutaxassislarni qanday tayyorlamoqda

“Magistraturani tamomlagandan keyin O‘zbekistonga qaytib, AESda besh yil ishlashim kerak. Lekin stansiyaning o‘zi 2028-yildan keyin faoliyatini boshlaydi, shu bois, ehtimol, bir yildan keyin “O‘zatom” agentligida yoki Jizzax viloyatidagi obyektda bevosita ishlashni boshlayman. O‘ylaymanki, biz bitiruvchilar, har birimiz o‘z yo‘nalishimiz bo‘yicha AES qurilishida ham ishtirok etamiz”,  - deya xulosa qiladi u.

Birinchi kezlarda u o‘z kelajagini aynan amaliy ishda ko‘radi, ilmiy va o‘qituvchilik faoliyati haqida o‘ylab ko‘rganicha yo‘q. Hamma narsaning o‘z vaqti soati bor, deya ishonadi Kurbaniyaz.