“Rosatom” O‘zbekistonga kadrlar tayyorlashda ko‘maklashadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishLogotip "Rosatom"
Logotip Rosatom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston atom sohasini rivojlantirish strategiyasini qabul qildi. Unda soha mutaxassislarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilib, asosiy hamkor sifatida Rossiya davlat korporatsiyasi ta’lim muassasalari ko‘rsatilgan.

TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Yadroviy energetika dasturlari doirasida mutaxassislarni tayyorlashda O‘zbekiston “Rosatom”ning ta’lim muassasalarini jalb qilishi ma’lum qilindi.

Mirziyoyev AES uchun mutaxassislar tayyorlash strategiyasini tasdiqladi

Qaror asosida O‘zbekistonning Adro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, respublikaning kadrlarni tayyorlashga davlat buyurtmasi shakllantiriladi.

“Strategiyani amalga oshirish maqsadida Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE), Butunjahon yadroviy assotsiatsiyasi (Buyuk Britaniya) huzuridagi Butunjahon yadroviy universiteti hamda “Rosatom” ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi”, - deyiladi vazirlik bayonotida.

Bo‘lg‘usi AESning ekspluatatsiyasida bevosita qatnashuvchilarni to‘rt bosqichda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlash ko‘zda tutilgan: oliy boshqaruvchi personal, ekspluatatsion, yordamchi texnik va ma’muriy-boshqaruv xodimlar.

Rektor NIYaU MIFI Mixail Strixanov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga yadro sohasida yangi yo‘nalishlar qiziq – MIFI rektori

Atom tarmog‘ining professional tarkibini shakllantirishda bosh oliygoh etib Toshkentdagi Moskva muhandislik-fizika instituti (MIFI) belgilangan. Ushbu institutning ilk xorijiy filiali Toshkentda joriy yil sentabrda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi yadroviy fizika instituti bazasida o‘z faoliyatini boshladi.

Hozirgi vaqtda bu yerda to‘rtta mutaxassislik bo‘yicha 100 ta talaba ta’lim olmoqda. Qolaversa, bir necha o‘zbekistonlik “Rosatom”ning oliygohlarida tahsil olishda davom etmoqda.

Toshkentda yadro fizikasi oliygohi ochilish marosimidan videolavha

Atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi o‘tgan yil kuzda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi davomida imzolangan edi. Markaziy Osiyoda ilk AESni 2028-yilda ishga tushirish kutilmoqda. Respublika energetika vaziri Alisher Sultonov aytishiga qaraganda, O‘zbekistonda qo‘shimcha ikkita har biri 1,2 GVt quvvatga ega energobloklarni loyihalashtirish va qurish yuzasidan qaror ham qabul qilingan.

Yangiliklar lentasi
0