Oiladagi zo‘ravonlik, ayollar huquqi, gender tenglik: Gulnora Marufova bilan maxsus intervyu

Respublikada davlat darajasida gender tengligi masalalarini hal qilish ancha oldinga siljidi. Shunga qaramay oiladagi zo‘ravonlik va kamsitish haqidagi xabarlar quloqqa chalinib turadi.
Sputnik

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Dilshoda Rahmatova. O‘zbekistonda ayollarni himoya qilish va yoshlarga yordam berish eng yuqori darajada e’tibor qaratilmoqda. Biroq ayrim joylarda qiyinchiliklar hali hamon uchrab turibdi, yaqinda ikki ayol bilan bog‘liq hodisa, ulardan biri vafot etdi, hozirgacha muhokama qilinmoqda.

Joylarda ishlar qanday yo‘lga qo‘yilgan, ayollarga oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurashda yoki hayot qiyinchiliklariga bardosh berishga kim yordam beradi. Ushbu savollar bilan biz Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi mas’uliga murojaat qildik.

Namanganda MIB xodimlariga qarshilik bildirib, o‘ziga o‘t qo‘ygan yosh ayol vafot etdi

Gulnora Marufova Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining birinchi o‘rinbosari lavozimiga 2020-yil iyul oyida tayinlangan edi. U o‘z faoliyatini xalq ta’limi tizimida boshlagan, rus tilidan saboq bergan. 2004-yildan 2020-yil fevraliga qadar O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.  

- Gulnora Mahmudovna, aytingchi, bugun qo‘mitani tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingach, respublikada ayollar bilan qay darajada samarali ishlar olib borilyapti?

—   Xotin-qizlar qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishi jarayonida nafaqat qo‘mita tomonidan to‘plangan barcha tajribalar saqlanib qoldi va hatto ko‘paytirildi. Tugatilgan tuzilma vakillari o‘rniga mahalla va oila ishlari bo‘yicha  hududiy boshqarmalarning birinchi o‘rinbosarlari tayinlandi. Shuningdek, ayollarning jamiyatdagi imkoniyatlarini kengaytirish, zo‘ravonlik holatlariga barham berish ushbu bo‘linmalarning maqsadi va vazifalari etib belgilandi. Ayni kundda esa biz gender tengligi, oilani mustahkamlash va an’anaviy qadriyatlar masalalari ustida ish olib borapmiz. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj ayollarga alohida yordam  berapmiz.

—   Yaqinda prezident boshchiligida o‘tkazilgan selektorda ayollarni qo‘llab-quvvatlash masalasiga takror to‘xtalib o‘tildi. Davlat rahbari tomonidan qo‘mitaga qanday vazifalar yuklatildi?

O‘zbekistonda xotin-qizlar uchun ishonch telefoni ishga tushirilmoqda

—   Qo‘mitaga  ayollardan tortib har bir yigit va qiz bilan ishlash masalalarini yangi bosqichga ko‘tarish, aniqrog‘i, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ning yaratish va bu bo‘yicha samarali ishlar olib borish asosiy vazifa sifatida yuklatildi. Shu bois hozirda biz bu bo‘yicha qo‘shma bayonot ustida ish olib borapmiz. Masalan, “yoshlar daftari” yoshi o‘ttizgacha bo‘lgan ayollarni qamraydi, “ayollar daftari”ga esa o‘ttiz va undan yuqori yoshda bo‘lgan ayollarni kiritiladi.

Ayni damda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda boshqa davlat idoralari bilan 28 ta hududlar saralab olinib, har bir oilaning ijtimoiy hamda ma’naviy muhiti o‘rganilmoqda, ularning muhofazasi ustida hamkorlikda ish olib borilmoqda. Masalan, ishsizlik muammosi bo‘lsa uning sabablari o‘rganilmoqda, ehtimol, ayollar bolasi davolanishga muhtojligi bois ishga chiqa olmaydi yoki ular huquqiy va ruhiy yordamga muhtoj bo‘lishi mumkin. ana shunday holatda biz ayollarning uy sharoitlida ishlashlari va ruhiy ma’naviy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘ramiz

Bundan tashqari ushbu saralab olingan hududlarda yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus fondlar tashkil etiladi. Moliyalashtirish esa mablag‘larning 30 foizini viloyat budjeti hisobidan ta’minlaydi. Hozirda bu bo‘yicha ro‘yxat shakllantirilib, keyinchalik uyma-uy yurishni boshlaymiz. Bu bo‘yicha Respublika kasaba uyushmasi bilan allaqachon qo‘shma reja ishlab chiqilib, ushbu reja asosida 800 dan 1000 tagacha va undan ko‘proq oilalar istiqomat qilib kelayotgan 9150 ta mahalla bo‘yicha ish olib borishni, ularning  muammosiga e’tibor qaratishni maqsad qilganmiz.

Yangi tizim: O‘zbekistonda ishsiz ayollar daftari shakllantiriladi

—   Sizningcha, “Gender tenglik” tushunchasi nima va O‘zbekistonda bu  qanday amalga oshirilishi kerak?

—   Bilasizmi, bizda ayollar va erkaklarning tengligi asosiy va boshqa qonunlarda, shuningdek, Mehnat kodekslari bilan mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lsada, bu qonunlarni  gender tenglik asosida shakllantirishimiz kerak edi. Natijada bu samara bera boshladi va ayni kunda ayollarimiz mamlakat siyosiy va ijtimoiy hayotida faol bo‘la boshladilar. Davlat rahbari ta’kidlagandek, bugun muammoli va ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar toifalari bilan ishlash vazifalariga ayollar javobgar bo‘lgan joylarda sezilarli va samarali o‘zgarishlar yuz bergan. Endilikda maxsus komissiya qonunlar qabul qilinishida gender ekspertizasidan o‘tkazilishini nazorat qilmoqda. Ya’ni meyoriy hujjatlarni qabul qilishda albatta uning genderlik jihatlari hisobga olinadi. Kuzatuvlarga ko‘ra, shunday korxonalar borki, ularning rahbaridan tortib uning o‘rinbosarigacha  va hatto do‘kon boshliqlarigacha erkaklardan iborat, ayollar yo‘q. Hatto ayollar ishlashi kerak bo‘lgan sohalarni ham, ayollar mutaxassislari borligiga qaramay, erkaklar boshqarayotganligiga guvoh bo‘lganmiz. Endilikda aynan mana shu bo‘shliqni to‘ldirishga to‘g‘ri kelyapti.

—   Aksariyat qizlar bilim yurtlarini tamomlagach, turmush o‘rtog‘ining qistovi yoki qaynonasining bosimi ostida uy bekasi bo‘lib qolishmoqda. Bunga munosabatiningiz qanday?

Ruhiy va jismoniy zo‘ravonliklarga uchrab, reabilitatsiya markaziga keltirilgan ayollar qismati

—   Hayotda ana shunday bosimlarga duch kelayotgan ayollarimiz bilan muloqot jarayonlarida biz ularga rivojlanish va malaka oshirishda to‘xtamasliklarini ta’kidlaymiz. Aksariyat universitet bitiruvchilari o‘zlari o‘qigan sohasida ishlashni, jamiyatda o‘z o‘rnini topib, foyda keltirishni istashadi. Qolaversa, biz bilamizki, millat tarbiyasi ham bevosita ayol tarbiyasiga bog‘liq. Bilimli ona farzandiga to‘g‘ri tarbiya beradi, bu esa millat kelajagiga qo‘yiladigan asosiy poydevor hisoblanadi. O‘ylaymanki, bugungi kunda ko‘plab zamonaviy va dunyoqrashi keng bo‘lgan oilalar mana shunday fikrlashmoqda. 

To‘g‘ri, bugun ko‘plab oilalarda mana shu muammo, qaynonalar uyda ham qiliniish kerak bo‘lgan ishlar ko‘p deya kelinining ishlashlariga qarshi bo‘lishadi. Keyin esa bola tug‘iladi. Ammo uch yillik tug‘ruq ta’tilidan so‘ng u ayol yana ishiga qaytishi mumkin. Bu esa o‘sha ayolning oilada qay darajada qo‘llab-quvvatlanishiga bog‘liq.

—   Ko‘p hollarda oilalarning ajrashishiga uchinchi shaxs, ya’ni yaqin qarindoshlar yoki qaynonalarning aralashuvi sabab bo‘lyapti.

—   Men har qanday aralashuvchilarning qarshiliklari va ularning dahl qilishlariga qaramay, oilani saqlab qolish kerakligi tarafdoriman. Darhaqiqat oiladagi uchinchi shaxsning aralashuvi ko‘p hollarda er-xotin orasidagi kelishmovchiliklarga nisbatan ko‘proq parokandalikka olib keladi. Mana shu kabi holatlarda biz uchinchi shaxs aralashuvini cheklash bo‘yicha ko‘ramiz. 

—   Ayni kunda o‘z jinsi va ismini o‘zgartirgan shaxs bilan bo‘lgan suhbat ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p sonli jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu video ostida go‘yo gender tenglikni ta’minlash vazifalariga “Moviy daftar” qahramonlarini himoya qilish masalasi ham nazarda tutilganligi haqida yozib qoldirishmoqda. Bunga munosabatingiz.

"Oyog‘imni o‘pasan": Toshkent shahrida kelinlarga quldek munosabat ommalashgan

—   Bilasizmi, bu gender tenglik va uning vazifalari nimalardan iboratligi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lmagan, bekorchilikda vaqtini ijtimoiy tarmoqlarga sarflaydigan shaxslar tomonidan o‘ylab tarqatilgan asossiz fitna desam to‘g‘riroq bo‘ladi. Axir biz bu haqda gapirmagan bo‘lsak, moviy daftar shakllanmagan bo‘lsa... odamlar o‘z-o‘zidan gap so‘z chiqarish uchun tarqatgan, bu yolg‘on ma’lumotlarni. “Temir daftar”ga kelsak, bu qanday paydo bo‘ldi? Ayni pandemiya vaqtida jamiyatimizda nafaqat ishsizlar, hattoki bevosita ish bilan band bo‘lganlar ham moddiy tomonlama qiynalib qoldi. Bu vaqtda oziq-ovqat mahsulotlarining narxi sun’iy oshirish holatlari kuzatildi, ular moddiy, huquqiy yoki ma’naviy psixologik muammoga muhtoj bo‘lib qolishdi. Mana shunday qiyinchilik holatlari kuzatilayotgan vaqtda prezident ularni, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun  “Temir daftar”ni yuritish tizimini yo‘lga qo‘ydi. “Temir daftar” asosida hamma emas, o‘ta nochor oilalar kiritilib, ularga ijtimoiy yordam berildi.  Saxovat va ko‘mak markazlari, maxsus qo‘llab-quvvatlovchi fondlar tashkil etildi.

—   Bugungi kunda jamiyatdagi ko‘p sonli xotin qizlar irodasizlik qilib, vaziyat ularning o‘z joniga qasd qilish holatlarigacha yetib borapti. Nega mana shu holatlarning o‘z vaqtida oldini ololmayapmiz?

—   Chunki ularni o‘z vaqtida eshitish kerak bo‘lganda eshitmayapmiz, dardiga quloq tutmayapmiz. Ularning his-tuyg‘ulari, muammolariga loqaydlik bilan qarayapmiz. Turli ruhiy, moddiy yoki ma’naviy qiyinchiliklarga duch kelayotgan ayollar murojaat bilan mas’ul tashkilotlarga yordam so‘rab borganida ularning muammosini hal qilish uyoqda tursin, shunchaki dardini eshitib, xayrixoh bo‘lishni  eplolmayotganlar bor. Mana shunaqa paytlarda o‘z muammosiga yechim topolmagan ojizalarning bir dardiga ikki dard qo‘shilib, ular ruhan ezilishdi va o‘zlarini chorasiz qolgandek his qildilar. Bilasizmi,  loqaydlik bu juda katta gunoh aslida. Har bir rahbar yoki u tashkilot xodimi bo‘ladimi muammosiga yechim izlab kelgan fuqarolarga quloq tutishga majbur. Afsuski, loqaydlik, befarqlik, faqat o‘zini o‘ylash xarakteri ba’zi bir rahbarlarimizda shakllanib qolmoqda. Masalan, yaqinda o‘z joniga qasd qilgan ayolni olaylik, shuncha odam atrofida, uning o‘ziga o‘t qo‘yishini tomosha qilib turibdi. O‘sha yerda biron bir kishi uni to‘xtatmagan. Agar o‘z vaqtida shu ayolni eshitib, yordam berilganida, muammosiga yechim izlanganida, hech bo‘lmaganda unga ruhan madad bo‘lganida shu ayol o‘zini yoqib yuborarmidi?

—   Bugungi kunda e’tibor bersak, erkaklarning oiladagi o‘z vazifasi va mas’uliyatiga sovuqqonlik bilan yondashishlari shakllanib borayotganligi, o‘zlarini faqat oila boquvchisi deb hisoblab, ularning boshqa vazifalari esa ayollar yelkasiga tushayotganligiga guvoh bo‘lyapmiz. Shuningdek, oiladagi juda ko‘p cheklovlar tufayli ayollarning o‘rni ham birmuncha yo‘qolib borayotgandek.

O‘zbekistonda bir guruh ayollarga internet-terrorchilar bosim o‘tkazmoqda

—   To‘g‘ri aytasiz. Sababi, birinchi galda aytishimiz mumkinki, hali bu va bu kabi ko‘plab masalalarni hal etishda qonunchilik bilan bog‘liq bo‘lgan savollarimiz ochiq qolib kelyapti. Masalan, Oila kodeksini olaylik, ba’zi bir qonunlar deklarativ kodeksdek qabul qilingan:  “Oila bu jamiyat bo‘g‘ini, oila undoq, oila bundoq”.  Axir bu masalada qonun qabul qilish uchun konkret yondashish kerak bo‘ladi. Masalan, qonunda oilada erkak va ayolning teng ekanligi aytildi, biroq aynan qaysi masalalalarda teng bo‘lishi kerak, er-xotin majburiyatlarida-chi, kimning vazifasi kimning huquqi qanday bo‘lishi kerak? Farzand tarbiyasi va uning boshqa huquqlarida ota va onaning roli, ularning vazifalaridagi tenglik qonun normalari bilan bilan ko‘rsatib berilishi kerak. Qolaversa, qonunchiligimizdagi mulk masalasiga ham oydinlik kiritib olishimiz kerak, er va xotin ajrashaptimi, ayol bolasi bilan ko‘chaga qolib ketmasligi kerak. Ayollarning moddiy va mulkiy huquqlari to‘liq qonun bilan kafolatlanib, huquq ta’minlamagan holatlarda javobgarlarga nisbatan qattiqroq jazo choralarini ishlab chiqish kerak. Agar qonunchiligimizdagi ana shu kemtikliklar bartaraf etilib, mukammal ishlab chiqilsa, o‘ylaymanki, ayni kunda jamiyatda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘plab muammolarning oldi olingan bo‘lar edi.

—   Faoliyatingiz vazifasidan kelib chiqib, bir kunda ijtimoiy tarmoqlarga qancha vaqt sarflaysiz?

—   Ertaga tongda uyg‘onib, avvalambor birinchi qiladigan ishim shu, ijtimoiy tarmoqlarga kirib, yangiliklardan xabardor bo‘laman. Kundalik yumushlar, shuningdek, kun davomida ishimga doir muhim vazifalar bilan shug‘ullangach, yana kechki payt ijtimoiy tarmoqqa kiraman. Bundan tashqari fuqarolar, ayollarimiz ko‘plab o‘zlarini qiziqtirayotgan savollar, muammolar yuzasidan murojaat qilishadi.

Ularga nima kerak, qanday yordam kerak, yoki shaxsiy telefonimga qo‘ng‘iroq qilishganda ham imkon qadar qo‘limdan kelgancha gaplashib, ularga yordam berishga harakat qilaman. Yoki o‘zim ular bilan telefon orqali bog‘lanib muammolarini o‘rganaman, kerak bo‘lsa bu bo‘yicha mas’ul tashkilotlar va idoralarning hududiy bo‘limlari bilan bog‘lanaman.

— Sizningcha, bugunning zamonaviy ayoli qanday talablarga javob berishi kerak?

—   Bugunning zamonaviy qahramon ayoli oilada ham, bilim yoki kasb-hunar egallashda ham har tomonlama faol bo‘lishlari, komil inson sifatida shakllanishlari muhim hisoblanadi. Bugungi kunda ana shu har tomonlama shakllangan ayollarimiz xotin-qizlarimizni ko‘rib xursand bo‘laman. Ular nafaqat oilada, balki jamiyatda ham o‘zining munosib o‘rnini topib olishgan. Qolaversa, ularni qo‘llab quvvatlash va rag‘batlantirish masalalariga prezident tomonidan ham yaxshi e’tibor berilyapti. Masalan, qizlarni jamiyatda yanada faol bo‘lishlariga turtki bo‘layotgan Zulfiya nomidagi mukofotlar ta’sis etilgan. Shuningdek, tadbirkor ayollarga ham bugungi kunda keng shart-sharoitlar yaratilib berilyapti. Ko‘plab xotin-qizlar imtiyoz asosida oliy o‘quv yurtlariga kirishapti.

Himoya orderi nima va uni qanday olsa bo‘ladi - mayor Xo‘janazarova bilan suhbat

Misol uchun, joriy yilda ularga to‘rt foizlik kvotalar berildi, 940 nafar qizlarimiz o‘zlari egallagan bilimlariga foiz hisobidan ballar qo‘shilib, ular oliy o‘quv yurtlarining talabasi bo‘lishdi. Bir qancha yigit-qizlarimiz chet el oliygohlarining talabasi bo‘lishdi.

—   Xorijiy ayollar qo‘mitalari bilan hamkorlikni qay darajada yo‘lga qo‘ygansizlar?

—   Bugungi kunda biz juda ko‘p davlatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz. Masalan, Xitoyda “Butunxitoy xotin-qizlar tashkiloti”, “Shanxay tashkiloti” bilan hamkorligimiz bor, ular bilan juda iliq hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yganmiz. Qolaversa, Italiyadagi “ayollar lobbisi”,  Rossiyadagi ayollarni qo‘llab-quvvatlovchi qo‘mitalari, yana qo‘shni davlatlardan Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston kabi davlatlar bilan hamkorlikda tadbirlar uyushtirib, ular bilan faol muloqotda bo‘lib kelyapmiz.