"Hech bo‘lmasa urinib ko‘rish kerak" – mutaxassis “SNV-3” haqida

“SNV-3”ni uzaytirish, ko‘p jihatdan, AQShdagi bo‘lajak prezident saylovlarida kim g‘olib chiqishiga bog‘liq. Demokratlar g‘olib chiqsa shartnomani uzaytirishga umid paydo bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 20 okt - Sputnik. Strategik barqarorlik borsida Vashington bilan muzokaralar davom etadi, dedi Rossiya fanlar akademiyasi bosh ilmiy xodimi, amerikashunos mutaxassis Konstantin Bloxin, Sputnik radiosi efirida.

Putin SNV-3 shartnomasini hech qanday shartlarsiz 1-yilga uzaytirishni taklif qildi

Amerika prezident Vladimir Putinning “SNV-3”ni davom ettirish taklifiga rad javobi bergan bo‘lsada, Moskva Vashington bilan strategik barqarorlik borasida munosabatlarini davom ettirishga umid qiladi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.   

Biroz oldin Oq Uy Rossiya prezidenti Vladimir Putinning mavjud shartnomani uzaytirish haqidagi taklifini dastlabki shartlarsiz uzaytirishdan bosh tortgan edi.

“Biz Amerika tomoni bilan muzokaralarni davom ettirish umididamiz. Prezident aytganidek ushbu shartnomasi uzaytirish bizga qurol-yarog‘ni nazorat qilish masalalarida batafsil muzokaralar olib borish uchun 12 oy muddat bergan bo‘lardi, - dedi Peskov  

Rossiya prezidentining matbuot kotibiga ko‘ra, dunyo xavfsizligining muhim asosi bo‘lgan ushbu “shartnoma”dan voz kechish - o‘ta og‘iq oqibatlarga olib kelishi mumkin.

- Shu sababli biz amerikalik hamkorlarimiz ushbu hujjatni uzaytirishga tayyor ekanini eshitishni istagan bo‘lardik”, - dedi Peskov. Lekin bu borada hozircha kutilgan progress sodir bo‘lmayapti, lekin bu ushbu  jarayonni butunlay to‘xtatish kerakligini anglatmaydi.

Qiyomat kunini yaqinlashtirdi: AQShning SNV-3 kelishuvidan chiqishi dunyoga qanday xavf soladi?

Bloxin aytishiga qaraganda, ushbu shartnoma taqdiri, ko‘p jihatdan, AQShdagi bo‘lajak prezident saylovlarida kim g‘olib chiqishiga bog‘liq.

“Respublikachilar partiyasi vakili Donald Tramp, birinchidan Xitoyni yomon ko‘radi. U SNV-3ni uzaytirishni Xitoy bilan bog‘lamoqda. Ikkinchidan, an’anaga muvofiq, respublikachilar partiyasi qurol-aslaha nazoratini buzishga harakat qilmoqda. Masalan, kichik Bush davrida Amerika Havo mudofaasi shartnomasidan chiqqan edi. Tramp esa o‘rta va kichik masofaga uchuvchi raketalar hamda ochiq osmon haqidagi shartnomalardan chiqdi. Agar saylovda Tramp g‘olib chiqsa, uning SNV-3 shartnomasidan chiqish ehtimoli katta, – deydi Bloxin.

Agar demokratlar vakili Jo Bayden g‘olib chiqsa, shartnomani uzaytirishga imkon paydo bo‘ladi.

"Demokratlar partiyasi, an’anaga muovfiq ruslar bilan strategik barqarorlik borasida shartnomalar tuzishni istaydi. Eslatib o‘tamiz, aynan Barak Obama ma’muriyati Medvedev bilan ushbu shartnomani uzaytirgan edi. Kim g‘olib bo‘lsa ham bir necha oy ichida yangi shartnoma tuzishning imkoni bo‘lmaydi. Shu sababli, hech bo‘lmasa mavjud shartnomani yana bir yilga uzaytirishga harkat qilib ko‘rish kerak va ushbu yil davomida yangi shartnoma ishlab chiqish kerak. ushbu g‘oya qiziq bo‘lishi mumkin”, - deydi mutaxassis.

Rossiyaning yangi qurollari SNV-3 shartnomasiga kiritilmaydi

Ma’lumot uchun, ayni damda SNV-3 AQSh va Rossiyada orasida qurol-aslahani cheklashga va xavfsizlikni saqlashga qaratilgan yagona shartnomadir. 2021-yil 5-fevralda shartnoma muddati tugaydi va dunyoda yirik yadroviy davlatlarni  cheklab turuvchi boshqa chora qolmaydi.

DSNV-3 2011-yilning 5-fevralida kuchga kirgan edi. Unga ko‘ra har bir mamlakat o‘z yadroviy arsenalini qisqartirishi belgilangan. Kelishuvga ko‘ra 7-yil ichida ikki davlatning qurollari umumiy soni 700ta kontinentlararo raketlardan, 1550 ta boyegolovkadan va 800 ta raketa uchiruvchi moslamalardan oshmasligi kerak.