Kreml YeIning Navalniy tufayli sanksiyalariga munosabat bildirdi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya sanksiyalarga o‘z manfaatlariga muvofiq ravishda javob qaytaradi.
Sputnik

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Kreml Yevropa Ittifoqining Aleksey Navalniy bilan bog‘liq hodisa tufayli rossiyalik amaldorlarga nisbatan joriy etgan sanksiyalariga munosabat bildirdi.

Avvalroq YeI Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov, prezident ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko va yana to‘rt nafar yuqori mansabdor amaldorni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan edi.

Aleksandr Sabayev: Navalniyda “zaharlanish” tashxisi tasdiqlanmadi

“Afsuski, bu Rossiyaga nisbatan ongli ravishda nodo‘stona qadam. YeI kengashi o‘z qarori bilan mamlakatimiz munosatlariga putur yetkazdi”, - dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya sanksiyalarga o‘z manfaatlariga muvofiq ravishda javob qaytaradi. Kreml Brussel Navalniy bilan bog‘liq vaziyatga qarab Moskva bilan munosabatni o‘rnatganidan taassuf bildirgan.

Navalniy 20-avgust kuni samolyotdan o‘zini yomon his etgach, Omskda shoshilinch kasalxonaga yotqizilgan edi. Omsklik vrachlar tekshiruvlar yakuniga ko‘ra, moddalar almashinuvi buzilishi oqibatida qon tarkibida qandning keskin tushib ketishi yuz bergan, deya tashxis qo‘yganlar. Ammo u nima tufayli yuz bergani - hozircha ma’lum emas, Navalniy qoni va peshobida, omsklik shifokorlar ma’lumotlariga ko‘ra, zaharlar aniqlanmagan.

Navalniy kimning "loyihasi" va uni Rossiyada nima kutmoqda?

Keyinchalik blogerni samolyot bilan Germaniyaga olib ketishdi. Chorshanba kuni GFR hukumati harbiy mediklarga tayangan holda, Navalniyni "Novichok" jangovar moddasi tarkibiga kiruvchi zaharli substansiya bilan zaharlashgani haqida bayonot berdi.

Kreml Berlin Moskvani o‘z xulosalari haqida xabardor etmaganini ta’kidladi, Rossiya TIV esa Rossiya ushbu holat yuzasidan Germaniyadan rasmiy javob kutayotganini bildirdi. Biroq javob kelmadi.