O‘zbekiston va rus tili

O‘n birinchi oktabr kuni O‘zbekiston poytaxtida kishi sezmas tarzda - kamida sobiq sovet respublikalari miqyosida tarixiy va tub burilish unvoniga tortadigan voqea bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

Sergey Savchuk

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Rossiya Federatsiyasi maorif vazirligi O‘zbekistonda rus tili va umumiy fanlarni rus tilida o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan "Zo‘r!" ("Klass!") qo‘shma loyihasini amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolandi. Loyiha o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolgan emas, uni Alisher Usmonovning "San’at, fan va sport" xayriya jamg‘armasi axborot va moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlamoqda: birinchi bosqich amalga oshirilishi uchun jamg‘arma besh million dollar mablag‘ ajratdi.

Rossiya O‘zbekistonda rus tili o‘qitilishini qanday qo‘llab-quvvatlaydi

O‘zbekiston tomoni iltimosi bilan respublikaga Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining 32 nafar mutaxassisi yuborilgan. Ular rus tilidan alohida dars berib, shuningdek, rus tilida o‘qitiladigan o‘quv fanlari sonini kengaytirish bilan shug‘ullanadilar. Imzolangan memorandum kelgusi yildan boshlab O‘zbekistonga yuz nafar o‘qituvchilar yuborilishi, undan keyingi yillarda pedagoglar soni yana yuz nafarga ortishini anglatadi. A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bazasida rossiyalik mutaxassislar mahalliy o‘qituvchilar va metodistlarni tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanadilar.

Ushbu dastur taxminan 30 ming nafar mahalliy pedagoglarni qamrab olishini nazarda tutadi, bu esa rus tili va rus tilida olib boriladigan predmetlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi.

Sherzod Shermatov rus tili o‘qituvchilarining bilimlarini sinab ko‘rishni taklif qildi

Ushbu voqea va O‘zbekiston rahbariyatining mamlakatni rus tilini ommaviy o‘rganishga tomon "burilishi" joriy yil maktablardagi o‘qish rusiyzabon fuqarolar uchun birorta ham maktabni ochmagan, bu bilan ularni Pushkin va Lermontov tilini o‘rganishdan bebahra qoldirgan o‘sha Ukraina fonida, albatta, ajralib turadi. Yaqin o‘n yilliklar davomida madaniy, etnik va lingvistik jihatdan birodarimiz sanalib kelingan o‘sha Ukraina fonida.

O‘zbekistonning ortga qaytish oriyentatsiyasi haqida gapirilar ekan, kartina yanada to‘liq bo‘lishi uchun qator boshqa voqealarni yodga olish muhim.

O‘zbekiston tarixan sovet atom dasturi bilan bog‘liqligi hech kimga sir emas. Butun sovet ittifoqi jo‘r bo‘lib kuylagan xonish - Uchquduq nomi - bu shunchaki jo‘g‘rofiy nuqta emas. Bu, shu jumladan, uran ishqorlashtirib olinadigan quduqlarni anglatar edi. Mamlakat uchun nihoyatda muhim bo‘lgan metall konlari o‘tgan asrning 50-yillarida aniqlangandi.

O‘zDJTU dekani O‘zbekistonda rus tili haqida: holat abgor emas, lekin murakkab

Xuddi o‘sha yili Toshkentda Yadro fizikasi institutiga asos solinadi va uning negizida VVR-SM tadqiqot reaktori ishga tushirildi. Qizil imperiyaning qulashi va uning ortidan ro‘y bergan ko‘ngilsizliklarga qaramay, reaktor 2016-yilga qadar sidqidildan ishladi. U o‘z ishini davom ettirishi mumkin edi, ammo shu yerda siyosat aralashuvi yuz berdi.

O‘zbekiston rejali asosda o‘z ilm-fanini qayta tiklash va energetikani tubdan modernizatsiyalash sari yo‘nalish olmoqda.

Toshkent 2018-yildan buyon "Rosatom" korporatsiyasidan respublikada atom elektrostansiyasini qurishni qat’iy so‘ramoqda va tashqi belgilarga qaraganda, tomonlar aniq bitim tuzishga yaqin. Ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Jizzax viloyatining Tuzkon ko‘liga yaqin hududda 1,2 gigavatt quvvatga ega III+ avlodiga mansub ikkita energobloklarni qurish rejalashtirilgan. Agar AES barpo etilsa, u nafaqat O‘zbekiston, balki sovet O‘rta Osiyosi tarixidagi birinchi atom elektr stansiyasi bo‘ladi.

Bunday murakkablilik darajasidagi texnik obyektga xizmat ko‘rsatishning - ma’lumotli texnik mutaxassislarsiz, ularni o‘qitadigan maktabsiz va lingvistik matritsa - o‘sha rus tilisiz - iloji yo‘q.

Bir yil oldin esa MIFI NIYaU ning Toshkentdagi ilk filiali ochilgan va tanlov asosida ilk talabalar o‘qishga qabul qilingan edi.

Bundan tashqari Rossiya o‘zbek gidro elektr stansiyalarini modernizatsiya qilmoqda. Kelgusi yilda Farhod GESining ilk texnik qayta modernizatsiyasi yakunlanadi, energetika vazirligi talabiga asosan o‘rta quvvatga ega to‘rtta yangi GESlar loyihaviy ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda eng yaxshi rus tili o‘qituvchilari tanlab olinadi

O‘zbekiston rahbariyatining uzoqni bilish qobiliyatini e’tirof etmoq lozim. Sobiq sovet respublikalari orasida o‘ziga nasib etgan infratuzilmaviy va texnik merosni tez fursatda yeb bitirgan, boylar safida turmaydigan davlat oddiy, ammo ko‘zga tashlangan faktni qabul qildi - ya’ni mamlakat texnologik qoloqlik o‘rasidan chiqa olishi va faqatgina Rossiya yordamida mintaqaning eng muhim energetik o‘yinchisiga aylanishi mumkinligini tushundi. Buning uchun esa rus tili zarur, u ham bo‘lsa ommaviy ravishda, har bir maktabda bo‘lishi kerak. Ya’ni yaqin yillar ichida davlatda - O‘zbekiston ular yordamida tarixning yangi pillapoyasiga sakrab o‘tishi uchun bazani shakllantiradigan - rus tilida gaplashuvchi o‘zbeklar keraklicha yig‘ilishi kerak.

Bizning suhbatimiz oddiy bo‘lmagan umumiy tariximizsiz bir yoqlama bo‘lib qolar edi. Ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak,Boltiqbo‘yi, Gruziya, Ukraina va hatto O‘rta Osiyo davlatlaridan to‘qsoninchi yillarda ruslarning haydab solinishi voqealari.

Shuning ortidan rus tili majburiy tarzda yo‘q qilingan barcha hududlarda bir-biriga juda o‘xshash degradatsiya jarayonlari boshlandi. Birinchi navbatta, albatta, texnik degradatsiya.

"To‘lka"li yoshlar, dumli harflar, "Shirchoy"da sutchoy ichayotganlar haqida to‘rt og‘iz gap

O‘z real hayotidan ruslarni va rus tilini haydab solganlar mustaqillikning o‘ttiz yili o‘tib faqatgina po‘lat quyish kombinatlari, atom elektrostansiyalar va sobiq millioner-shaxtalarning yopilib ketgani bilangina maqtana olsa kerak. Shunday bo‘ldiki, murakkab ishlab chiqarish va ilm-fan milliy tillar vakuumida darmondan qoldi.

Rossiya o‘zining zamonaviy munosabatlarini qardoshlik haqidagi lirik va puch fantaziyalarsiz, pragmatik yondashuv asosida qurmoqda - va juda to‘g‘ri qiladi.

Rus tilining O‘zbekistonga qaytishi - bu, yengil pafos uchun mazur tutgaysiz, tarixiy adolatning tiklanishi, Rossiyaning postsovet muhitida muqobilsiz yetakchilik roli isbotidir.

Bugun rus parovozi pritsepidan o‘rin olish uchun kamida lokomotiv brigada tilini bilish kerak. Bu faktni tushunganning ishi hamisha yaxshi bo‘ladi. Boshqalarga esa achinish yo‘q.