O‘zbekistonda eng yaxshi rus tili o‘qituvchilari tanlab olinadi

© Stranitsa Azizi Mirzanazarovoy v facebookUchitel russkogo yazika iz Namangana Aziza Mirzanazarova
Uchitel russkogo yazika iz Namangana Aziza Mirzanazarova  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tanlov g‘oliblari Rossiya bo‘ylab ekskursiyaviy sayohatga yo‘llanma oladilar

TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. Rossiya Ta’lim va madaniyat markazi ko‘magida Toshkentda "O‘zbbekistonda rus tili - yangi ufqlar" tanlovi o‘tkazilmoqda. Bu haqda "Rus gumanitar missiyasi" matbuot-xizmati xabar qilmoqda.

Dilshod Kenjayev, zamestitel ministra narodnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Dilshod Kenjayev O‘zbekiston maktablarida 2019-yilda ro‘y beradigan o‘zgarishlar haqida

Tanlov Rossiya madaniyati, tarixi va rus tiliga jamoatchilik qiziqishini shakllantirish va O‘zbekistonda rus tili o‘qituvchilarining malakasini oshirishga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Pedagoglar tanlovning bir nechta bosqichlaridan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Birinchi bosqichda o‘qituvchilar "Kasbim sari yo‘l" mavzuyida esse yozishlari kerak bo‘ladi. Bu ishlar orasidan hay’at a’zolari 30 esseni tanlashadi va mualliflar keyingi turga yo‘l oladi.

Ikkinchi turda o‘qituvchilar maktab darsi videofragmentini tayyorlashadi. O‘n nafar g‘olib ismlari 2019-yil 10-iyunda "Rus gumanitar missiyasi" saytida e’lon qilinadi. Aynan mana shu o‘n g‘olib 2019-yil yoz faslida Rossiyaga sayohatga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

"Rus gumanitar missiyasi" tomonidan taqdim etilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda taxminan 10% bolalar rus tiliga ixtisoslashgan maktablarda ta’lim oladilar. O‘zbek tilida ta’lim beriladigan maktablarda ikkinchi sinfdan boshlab "Rus tili" fani kiritilgan. Shu bilan birga maktabda rus tilini o‘rganadigan o‘quvchilardan 50%igina bu tilda bemalol gaplasha oladi. 1991-yil holatiga rus tilida O‘zbekistonning 90% aholisi bemalol gaplashgan bo‘lsa, 2001-yilda bu ko‘rsatkich 70%ni, 2018-yilga kelib esa — atigi 50%ni tashkil qilgan. Bu muammo rus tilida dars beruvchi o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash dasturi mavjud emasligi bilan izohlanadi.

Yangiliklar lentasi
0