Rossiya O‘zbekistonda rus tili o‘qitilishini qanday qo‘llab-quvvatlaydi

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Mediabankka o‘tishUchebnik russkogo yazika
Uchebnik russkogo yazika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya xorijda rus tili bilish darajasini oshirishga qaratilgan (Chet eldagi rus o‘qituvchisi) gumanitar loyihasini kengaytirmoqda.

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Toshkentda Rossiya maorif vazirligi, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi hamda Alisher Usmonovning “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasi hamkorlikda “Zo‘r!” (“Klass”) gumanitar loyiha va tayanch dasturi to‘g‘risida memorandum imzoladi. Loyiha 2030-yilgacha mo‘ljallangan. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPodpisanie memoranduma
Rossiya O‘zbekistonda rus tili o‘qitilishini qanday qo‘llab-quvvatlaydi - Sputnik O‘zbekiston
Podpisanie memoranduma

Rossiya maorif vazirining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Glushko bu ikki mamlakat uchun razmiy ma’noga ega ekanlinini ta’kidladi.

“Ta’lim sohasida o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan rus tilini o‘rganish masalalariga e’tibor qaratgan holda, o‘zaro hamkorlikni davom ettiramiz. Ishonchim komilki, rus metodistlari yuqori darajadagi ishlarni namoyish etishadi, natijada O‘zbekistondagi o‘qituvchi va maktab o‘quvchilari o‘rtasida rus tilini bilish darajasi oshadi. Shuningdek, Alisher Usmonov xayriya jamg‘armasiga samarali hamkorlik va "Zo‘r!" loyihasini amalga oshirishga qo‘shilganligi uchun alohida minnatdorchiligimizni bildiramiz”, - dedi u.

“Zo‘r!” (“Klass”) gumanitar loyihasini Rossiya maorif vazirligi va O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi 5 mln dollar sarmoya kiritgan Alisher Usmonovning “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasi ko‘magida amalga oshiradi.

Obuchenie migrantov russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston
Bugun O‘zbekistonga Rossiyadan metodist-o‘qituvchilar guruhi uchib keladi

Loyihaning ilk bosqichida 32 nafar rus metodistlari mahalliy maktablar o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘rtasida rus tilini bilish darajasini nazorat qilish uchun O‘zbekistonga yetib keldi. Rossiyalik mutaxassislar O‘zbekistonda rus tilini o‘qitish sifatini baholaydi hamda hamkasblariga tilni o‘qitish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.

2021 yilda 100 nafar rossiyalik mutaxassis respublikaga mamlakatimizga kelishi rejalashtirilgan. O‘zbekistonga yo‘naltirilgan mutaxassislar soni har yili 100 nafarga ko‘payadi. Dasturning barcha bosqichlari 30 mingga yaqin o‘zbekistonlik o‘qituvchilarni qamrab oladi.

“Uzoq hududlarga borish shart emas, masalan, Toshkentn chekkasidagi maktablarda ham rus tilini o‘qitishda ahvollarimiz zo‘r deb aytish qiyin. Lekin 10 mingta maktabda uchtadan bo‘lsa ham 30 ming rus pedagogining hammasining malakasini oshirishimiz kerak va ularga yangi metodika va yangi qo‘llanmalar bilan yordam berishimiz kerak. Bu haqda gaplashib oldik”, - dedi Xalq talimi vaziri Sherzod Shermatov.

“San’at, fan va sport” jamg‘armasi direktorining birinchi o‘rinbosari Fatima Muxomedjan jamg‘arma uchun bunday strategik muhim loyihaning hamkori bo‘lish sharaf ekanini ma’lum qildi.

“Zo‘r” loyihasining amalga oshirilishi Rossiya va O‘zbekiston o‘qituvchilari o‘rtasida mustahkam aloqalarni shakllantirishga, pedagogik yondashuvlarni yaqinlashtirishga va Rossiya-O‘zbekiston hamkorligini yanada kengaytirish uchun shart-sharoitlarni yaratishga yordam berishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0