Rossiya bu imperiyami - Lavrov javob berdi

Suriya, Belarus, Yaqin Sharq va Afrikada sodir bo‘layotgan barcha mojarolarda AQShning qo‘li bor, dedi Sergey Lavrov.
Sputnik

TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 14-oktabr kuni Rossiya yetakchi OAVlari Sputnik, "Govorit Moskva" va "Komsomolskaya pravda" vakillari savollariga javob berdi.

Qorabog‘ muammosi 

Qorabog‘ muammosi borasida ayni damda birinchi bosqich kelishuvga erishilgan. Unga ko‘ra, Qorabog‘ning 5ta tumanida jangovar harakatlar to‘xtatilib, tinchlik o‘rnatilishi kerak.

Qorabog‘ qopqoni – Armaniston va Ozabayjon unga qanday tushib qolishdi

2-bosqichda Qorabog‘ning yuridik maqomi belgilanadi va 3-bosqichda ushbu hududga tinchlikparvar kuchlar yoki harbiy kuzatuvchilar kiritiladi. Rossiya harbiy kuzatuvchilar kiritish tarafdori.

Afsuski, hozirgi kunda Ozarbayjon Qorabog‘ni kuchi bilan bo‘lsa ham egallab olishga tayyorligini bildirmoqda. Turkiya esa ularga yordam berishga tayyor.

Bizningcha, Qorabog‘ muammosi faqat tinchlik yo‘li bilan hal qilinishi mumkin. Faqat tomonlar roziligi va siyosiy kelishuv orqali uzoq muddatli tinchlik o‘rnatilishi mumkin. Harbiy kuch yordamida hal qilingan har qanday muammo vaqt o‘tishi bilan yana qayta yangilanaveradi. Buni tarix bir necha bor namoyish qilgan.

Turkiya borasida

Rossiya hech qachon Turkiya bizning strategik ittifoqchimiz demagan, chunki u bizning hamkorimiz.

Hozirgi kunda Turkiya o‘z hududidan tashqarida bo‘lgan bir necha siyosiy mojarolarga Liviyada, Kiprda va boshqa joylardagi  aralashayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. Lekin bu ularning siyosiy ambitsiyalari oshganini anglatmaydi. Ular o‘z manfaatlarini himoya qilmoqda. Asosiysi - hammasi xalqaro qonun doirasida bo‘lishi kerak.

Erdog‘an – hammaga qarshi. Turkiya geosiyosiy tajriba o‘tkazmoqda

Suriyada biz Turkiya bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qildik. Ushbu hamkorlikka muvofiq aksariyat hududlarda tinchlik o‘rnatildi. Bunda Turkiya tomonidan o‘z niyatlarining ochiqligi va qonuniyligi ta’minlandi.

Umuman ko‘plab Yaqin Sharq mamlakatlarining Suriyada manfaatlari bor. Ular qatorida Turkiya, Eron va Qatarni sanab o‘tish mumkin.

Lekin Suriyada hozir muammo tug‘dirayotgan yagona davlat bu – AQSh. Ular ushbu davlat hududida separatist kurdlarni qo‘llab- quvvatlamoqda. Boshqalarga Suriyadan neft xarid qilishni ta’qiqlagan holda, kurdlarga noqonuniy neft savdosiga ruxsat bergan.

Islom dunyosida ham yetakchilik uchun o‘ziga xos kurash ketmoqda. Turkiya, Saudiya Arabistoni, Pokiston va Indoneziya – hozir eng yirik davlatlarga aylangan.

BMTning Isroil tuzilishi haqidagi konvensiyasida aytilishiga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida Falastin davlati ham tashkil qilinishi kerak edi. Hozir bo‘lsa Isroil davlati bor, Falastin esa – yo‘q. Birinchi navbatda Isroil va Falastin orasida tinchlik o‘rnatish kerak. AQSh bo‘lsa bu yerda ham norozilik urug‘larini sochdi. Isroil poytaxti ko‘chirilishi bilan musulmonlar o‘zlarining masjidiga kirishi cheklandi.

Yevropa siyosati o‘zgarmoqda

YeI Navalniyning soxta zaharlanishi borasida Moskvada ularga hisob berishini talab qilmoqda. Lekin Moskva Brussel oldidan hech narsaga javob berishga majbur emas. Bizning o‘z Konstitutsiyamiz, o‘z qonunlarimiz bor.

G‘arbdan o‘rnak olishni bas qilish kerak - Sergey Lavrov

Yaqinda Germaniyaning yetakchi “Aql markazlari”dan biri – Germaniya yangi sharqiy siyosat yo‘nalishiga o‘tganini e’lon qildi. Unning asosiy mazmuni shunday: Rossiya yangicha dunyo tartibining muhim masalasi borasida NATO bilan hamkorlikdan voz kechdi. Bu ushbu davlat rahbariyati orasida kiyfiyatlar o‘zgarganidan darak beradi, dedi Lavrov.

Iqtisodiy hamkorlik borasida – buni iqtisodiy operatorlarning o‘zlari hal qilishi kerak, daromad keltiradigan loyihalar ishlasa ikkala tomon uchun ham yaxshi bo‘ladi.

Afsuski, yaqin orada Yevropa bilan munosabatlar yaxshilanishi kutilmayapti. YeI rahbariyati orasida ruslarni yomon ko‘radigan kamchillik (Boltiqbo‘yi va Polsha) ovozi baland jaranglamoqda. Parij yaqin kunlargacha biz bilan hamkorlikni chuqurlashtirish tarafdori edi. Ko‘ramiz bu nimalarga olib keladi.

Rossiya bu imperiyami?

Rossiyalik taniqli rejissor Karen Shaxnazarov o‘z chiqishlarida Rossiyani imperiya deb ataydi va buni yaxshi deb hisoblaydi. Siz buni nima deb izohlaysiz?

YeOII masalasida G‘arb yoki Sharqga qarab qaror qabul qilsak, o‘zgarish bo‘lmaydi - Ne’matov

Karenning fikriga ko‘ra Rossiya bu – imperiya. SSSR ham imperiya bo‘lgan. Bugungi dunyoda faqat imperiya yoki ittifoq ko‘rinishidagi davlatlarning kelajagi bor. 

Alohida kichik davlatlar raqobatga chiday olmaydi. Ushbu nuqtayi nazardan qaraganda YeI ham imperiya, AQSh ham imperiya va Xitoy ham imperiya.

Haqiqatdan ham BMTning 193ta a’zosi bo‘lsa ularning barchasi yirik va kuchli mamlakat bo‘la olmaydi. Rivojlanish doirasida kuch cho‘qqilari yoki bir necha davlatlarni birlashtirgan kuch markazlari paydo bo‘ldi.

Aslida imperiya – bu oddiy xalq tilida aytilgan soddalashtirilgan tushuncha. Unda manfaatlarini o‘z chegaralaridan uzoqqa tarqata oladigan davlatlar nazarda tutiladi. Balkim kelajakda buni ifodalovchi aniqroq termin paydo bo‘lar.