G‘arbdan o‘rnak olishni bas qilish kerak - Sergey Lavrov

Obuna bo‘lish
G‘arb davlatlari butun dunyoga ta’sir o‘tkazishi, G‘arb transnatsional kompaniyalar dunyo boziriga egalik qilishi davri yakuniga yetmoqda - Valday klubi ekspertlari.

TOShKENT, 14 okt – Sputnik. G‘arbdan o‘rnak olishini bas qilish kerak, kelajakda G‘arb boshqa davlatlar uchun o‘rnak olish manbai bo‘la olmaydi, dedi Sergey Lavrov Valday halqaro klubining ekspertlari oldidagi chiqishida.

“Biz har doim o‘z g‘ururimizga ega bo‘lganmiz. Agar YeI birRossiya bilan o‘zaro hurmatli munosabatda bo‘lish kerakligini tushunmas ekan, demak biz bir muddat muloqotni to‘xtatishimiz kerak”, - dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.

Bugungi kunda G‘arb o‘zining iqtisodiy va moliyaviy muammolarini mustaqil hal qilish imkoniyattidan mahrum bo‘lmoqda. Lekin alohida davlatlarning o‘zaro aloqasi uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Oxirgi vaqtlarda ko‘plab bir martalik ittifoqlar paydo bo‘lmoqda. Ushbu jarayonda MDH davlatlari ham muhim rol o‘ynamoqda.

Valdayskiy klub v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda Valday klubi: ekspertlar, muhokama va kelishuvlar

“Kelajakda bir martalik alyanslar juda ko‘p bo‘ladi. Bunga misol qilib Suriya muammosini hal qilishda "Ostona shartnomasini" keltirish mumkin. U bir martalik edi. Rossiya, Eron va Turkiya boshqa masalalar borasida bunday alyans tuzmagan. Bunday misollar juda ko‘p. YeXHTning Minsk guruhi shartnomasi ham bunga misol bo‘lishi mumkin”, - dedi Lavrov.   

Lekin xalqaro tashkilotlar o‘z vazifalarini davom ettirishi kerak va BMT 2045-yilda o‘z 100-yilligini nishonlaydi deb hisoblaydi Rossiya tashqi ishlar vaziri.

“Kelib tushayotgan asosli tanqidlarga qaramasdan BMT o‘z asosiy funksiyasini bajarishda davom etmoqda. BMT sa’y-harakatlari tufayli  dunyo yirik davlatlari orasida mumkin bo‘lgan to‘qnashuvlardan asrab qoldi. Mavjud kamchilliklariga qaramasdan bugungi kunda BMTning muqobili yo‘q. Axir YTHlar sodir bo‘layotgani uchun biz yo‘l harakati qoidalaridan voz kechmaymizku”, - dedi Sergey Lavrov.

Rossiya tashqi ishlar vaziri barcha davlatlar xalqaro huquq normalarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlashi kerakligini va BMT barcha davlatlar orasida sodir bo‘layotgan tortishuvlarni ko‘p tomonli diplomatiya va tinchlik yo‘li bilan hal qilish uslubi ekanini ta’kidladi.

 

Yangiliklar lentasi
0