O‘zbekiston Qirg‘izistonga avia-reyslar sonini oshirmoqda

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq oktabr oyidan boshlab O‘zbekistonga aviatsiya, temir yo‘l va avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali kirib-chiqishga ruxsat berilgani haqida xabar bergan edik.
Sputnik

TOShKENT, 22 sen - Sputnik. O‘zbekiston 1-oktabr sanasidan Bishkekka parvozlar sonini oshirmoqda. Bu haqda  Uzbekistan Airways matbuot-xizmati xabar qilmoqda.

BAA aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berildi

"2020-yil 1-oktabrdan boshlab Bishkekga qatnovlar haftasiga 2 marotaba amalga oshiriladi", - deyiladi xabarda.

Parvozlar jadvali bilan aviakompaniya rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq oktabr oyidan boshlab O‘zbekistonga aviatsiya, temir yo‘l va avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali kirib-chiqishga ruxsat berilgani haqida xabar bergan edik.

1 oktabrdan boshlab, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston bilan chegarada joylashgan avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali O‘zbekistonga kirayotgan shaxslar koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekshiruvidan o‘tgan holda 14 kunga mehmonxona yoki uy karantiniga yuboriladi.

Samarqand xalqaro aeroporti Rossiyadan kelgan 500ga yaqin o‘zbekistonliklarni qabul qildi

Shuningdek, xorijdan O‘zbekistonga kirib kelishning yangi tartibi e’lon qilindi

Respublika maxsus komissiyasi qarori asosida, xorijiy davlatlardan avia, temir yo‘l va avtotransport vositasi orqali O‘zbekistonga keluvchi shaxslarni qabul qilishning yangi tartibi joriy etiladi.

So‘nggi 14 kun davomida "yashil" davlatda (Xitoy, Tailand, Malayziya, Janubiy Koreya, Gruziya, Vengriya, Finlandiya, Latviya, Avstriya va Yaponiya) bo‘lib turgan shaxslar – O‘zbekiston hududiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi.

"Sariq" (Ozarbayjon, Belarus, BAA va Yevropa Ittifoqi davlatlari (Buyuk Britaniya va Ispaniya bundan mustasno) hamda "qizil" davlatlardan (qolgan barcha davlatlar) kirib kelayotgan shaxslar – so‘nggi 72 soat davomidagi koronavirusga PZR testi manfiy natijalari to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etgan holda O‘zbekiston hududiga kiritiladi.

Uzbekistan Airways Qozog‘istonga borayotganlarga muhim eslatma bilan chiqdi

Agar shaxs so‘nggi 72 soat ichida koronavirusga test topshirmagan bo‘lsa yoki shaxsda koronavirus infeksiyasining alomatlari (yo‘tal, isitma va b.q.) mavjud bo‘lsa, O‘zbekistonga kelganidan so‘ng o‘tkazish punkti (aeroport, vokzal yoki boshqa) hududida o‘z hisobidan koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekshiruvidan o‘tadi hamda O‘zbekiston hududiga kiritilib, 14 kunga mehmonxonaga yoki uy karantiniga yuboriladi.

O‘zbekistonga kelayotgan shaxslardan 14 kun davomida mehmonxonada yoki uy karantinida bo‘lish majburiyatini zimmasiga olish to‘g‘risida tilxat olinadi.

Tekshiruv natijalari musbat bo‘lgan taqdirda, shaxs belgilangan tartibda karantin markazi yoki xohishiga ko‘ra mehmonxonaga karantinga joylashtiriladi.