Rossiyani dohiy, qahramon rahbar asrab qolishi mumkin - Zuganov

Zuganov SSSR tarqalishi, Yelsin siyosati, hozirgi Rossiya partiyalari, Yer sharining kelajagi va o‘z hayotiy prinsiplari haqida nima dedi.
Sputnik

Rossiyaning eng yosh va istiqbolli jurnalisti Ivan Survillo, Rossiya Kommunistik partiyasi yetakchisi Gennadiy Zuganovdan intervyu oldi. Quyida ushbu intervyuni qisqartirilgan shaklda keltiramiz.

Ota ona vasiyati

Menga ota-onamdan juda yaxshi vasiyatlar qolgan. Men rayon komsomoliga yetakchi etib saylanganimda otam shunday degan edi.

“O‘g‘lim shuni esingdan chiqarma, bu dunyoda sovet hukumatidan ko‘ra yorug‘roq, vijdonliroq va mehribonroq hech narsa bo‘lmagan. Nega? – Chunki sovet hukumati oddiy odam taqdiri haqida qayg‘urgan.  To‘g‘ri xatolar bo‘lgan, muammolar bo‘lgan, lekin umumiy hisobda sovet hukumati oddiy odamlar haqida o‘ylagan”

Otam menga hamma narsaga o‘z boshing, o‘z mehnating va o‘z irodang bilan erishgin deganlar. Men har doim u kishining vasiyatiga amal qilganman.

O‘zim ham o‘g‘limni 12 yoshidan zavodga ishlashga yuborganman. Og‘ir ish bo‘lmasa ham, mehnat nimaligini bilish uchun. Bu unga juda yaxshi ta’sir qilgan edi, darrov xarakteri o‘zgargan edi. Mening tushunishimcha, chin inson faqat mehnat va sinovlarni yengib o‘tishda shakllanadi. Boshqa yo‘lini bilmayman.

Zuganov Rossiya uchun eng xavfli uchta tahdidni sanab o‘tdi

Onam esa menga odamlarni yaxshi ko‘rishni o‘rgatgan. Onam mengi “Mening vazifam, senga odamlarga mehribon bo‘lishni va sitqidildan mehnat qilishni o‘rgatish”, - derdi.

Hayotim davomida har doim bunga amal qilib kelganman. Hozir ham soat 5da o‘rnimdan turaman va soat 12gacha ishlayman. Har qanday ishga sitqidildan kirishaman.

Masalan, Ittifoq davrida partiya safida ishlaganimda, Orel shahri bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri kelgan. O‘shanda bizga Orel shahrida uy va ijtimoiy obyektlar qurish vazifasi topshirilgan edi. Biz mutaxassislar bilan maslahatlashib “Orlov uzuluksiz qurilishi” (Orlovskaya neprerivka) uslubini o‘ylab topgan edik.

Ushbu uslub 2-3 yil davomida uzuluksiz ravishda butun boshli mikrorayonlar qurishni nazarda tutadi. Uning ichiga hamma narsa kiritiladi, maktablar bog‘chalar, infrastruktura va kommunikatsiyalar. O‘shanda bu tajriba butun Ittifoq doirasa samarali uslub deb topilgan edi va shundan so‘ng Ittifoqning boshqa respublikalarda ham qo‘llanila boshlagan edi.

Hozir bo‘lsachi – ko‘p xonadonli uy qurib qo‘yishadi, lekin atrofida maktab yo‘q, bog‘cha yo‘q, parkovka yo‘q. Aholi bolalarini qayerga yuborishi kerak ? Ixtiyor menda bo‘lganida edi mikrorayon umumiy rejasi aniq tuzilmaguncha birorta ham uy qurilishiga ruxsat bermagan bo‘lardim.

Ukraina va Belarus

Ukrainada bandera va MRB hukumatni egallab oldi. Og‘a belarus xalqiga yordam qo‘lini cho‘zmasak uni ham yo‘qotamiz. Keyin avlodlarimiz oldida nima bilan o‘zimizni oqlaymiz? Lekin Rossiya davlat telekanallari men bu mavzuga katta qiziqish ko‘rmayapman...

NATO Belarusga bostirib kirsa, Rossiya qanday harakat qiladi – harbiy ekspert

Menga ko‘p aytishadi, siz o‘z tajribangiz va bilimlaringiz bilan Davlat Kengashida Primakov rolini o‘ynashingiz mumkin edi, lekin nega bu haligacha sodir bo‘lmayapti, - deb?  Men - bunga o‘zim ham hayronman deb javob beraman.

Biz bir narsani yaxshi tushunishimiz kerak – hozir davlatimiz tarixida eng murakkab zamonlardan biri. Dunyo adashib qolgan, amerika globalizmi boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Ular yangi yechim taklif qila olmayapti – faqat yana dollar chop etmoqchi xolos. Yana 7 trillion chop etishga qaror qilishibdi. 

Hukumat va siyosat

Har qanday ijroiy hukumat - nazoratsiz boshini yo‘qotib qo‘yadi. Yo o‘g‘irlik, yo maishatbozlik boshlanadi. Oxiri esa xaos bilan tugaydi. Bu Qadimgi Rim davridan beri ma’lum-ku!

Men hozxirgi hukumatga bu haqida ko‘p marotaba aytdim. Bizlarda ham erta-indin (norozilik namoyishlari) boshlansa nima qilamiz deb.  Kelinglar, rasmiy hukumatdan tashqari yana kuchli obro‘yga ega bo‘lgan siyosiy rahbarlarni, diniy yetakchilarni  yetishtiraylik,  deb. Ular meni eshitishadi-yu, lekin gapimga quloq solishmaydi.

"Respublikalarga o‘rin yo‘q": Jirinovskiy SSSR hududlarini qaytarish zarurligi haqida gapirdi

Shoygu va Mishustin – ularning ikkalasi ham noldan boshlab kuchli muassasalar tashkil qila olishdi. Shoygu – dastlab FVVni, hozir esa armiyani tartibga soldi. Mishustin esa – Soliq xizmatini.

Men eng afsuslanadigan holat bu –  biz buyuk sovet davlatimizni saqlab qola olmaganimiz. Bu rus sivilizatsiyasining eng cho‘qqisi edi. Biz uni asrab avvaylab saqlashimiz kerak edi.

KPSS – bu partiya emas, davlat boshqaruv tizimi edi. Uni sindrib bo‘laklab tashlash kerak emas edi. Uni isloh qilish, eng munosib odamlarni tepaga ko‘tarish kerak edi.

Hozirgi partiyalarga qarang. Axir bizning partiyadan boshqa yirik partiya yo‘qku. Yedinaya Rossiya – bu shunchaki amaldorlar to‘plami, LDPR esa – Putin aytganiday “Jirinovskiy  bor – partiya bor, Jirinovskiy yo‘q – partiya yo‘q”. Qolganlar esa – xukumat tomonidan o‘ylab topilgan vinegret...

Men oxirgi vaqtlarda umidimni yo‘qotmoqdaman, lekin shuncha balolarni yengib o‘tgan Rossiya xalqi bu sinovni ham yengib o‘tishga kuchi yetadi deb umid qilaman. Rossiya bo‘lmasa Yer sharimizni saqlab qolishning iloji yo‘q. 

Yer shari va odamlar 

Bilasizmi siz kosmonavt? Siz Yer deb nomlanuvchi kosmik kemada 25 km/soni tezlikda uchib ketayapsiz. Lekin qayerga ketayotganingizni o‘zingiz ham bilmaysiz. Yer sharida ana shunday kosmonavtlar soni 8 mlrd. Ko‘pchillik yo‘lidan adashgan, va kosmik kemaga nisbatan noo‘rin munosabatda bo‘lmoqda. Yer shari esa o‘ziga munosib muomala talab qiladi. U bizdan to‘fonlar, yong‘inlar va boshqa tabiiy ofatlar bilan qasos olmoqda.

Gorbachev SSSR parchalanishining asosiy sababini aytdi

Biz Xudoning bandalarimiz, lekin hayotning yoki Yerning xo‘jayni emasimiz. Hayot va tabiatga hurmat bilan asrab-avaylab munosabatda bo‘lish kerak. Ana shu mening nabiralarimga asosiy vasiyatlarimdan biridir.

Bu dunyoda barchamiz mehmonmiz. Bizga ko‘p narsa kerak emas. Qornimizga siqqanicha ovqat, jigarimiz o‘tkazganicha ichimlik ichishimiz mumkin. Kiyim-kechak esa estetik ko‘rinish uchun kerak xolos. Qolgani esa esa – ortiqcha.

Hayotni sevimli ishing paydo bo‘lganidan so‘ng tushuna boshlaysan. Ish, vijdon, do‘stlar, bolalar va mehr – mana shu asosiysi.

Men hayotimning asosiy maqsadi – G‘alabaning Qizil bayrog‘ini saqlab qolganim, deb hisoblayman. Do‘stlarim bilan partiya tuzdik. Mening ilmiy ishlarim bir necha tillarga tarjima qilingan. Otamning suyukli mashg‘uloti – asalchilikni davom ettirdim.

Gorbachev Lukashenkoning xatosini aytdi

Ittifoq buzilayotgan vaqtda men olimlar va rahbarlar oldida so‘zga chiqib Yelsin uchun ovoz bermasliklarini so‘ragan edim. Agar u hukumat boshiga kelsa siz zavod va institularingizni yo‘qotasiz dedim, lekin barcha zombiga o‘xshab unga ovoz berdi.

Hozir esa vaziyat yanada yomonroq. Oldin odamlarda Ittifoqda jamlangan mustahkamlik va vijdon bor edi. Hozir bular yo‘q.

Men o‘ylashimcha biz bu girdobdan chiqib keta olamiz. Lekin buning uchun barcha bir bo‘lib harakat qilishi kerak. Ko‘p narsa davlat rahbariga bog‘liq.

Rossiya dohiylar mamlakati. Bizga kuchli yo‘lboshchi, birinchi kotib, yetakchi, qahramon kerak. Tarix davomida shunday bo‘lgan. Dohiylarsiz biz tirik qolmasdik.