TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Sovet Ittifoqining sobiq prezidenti Mixail Gorbachev SSSR parchalanishining yana bir sababini aytdi, RIA Novosti xabariga asosan.
Eslatib o‘tamiz, kecha "Rossiya zovet!" investitsion forumida Vladimir Putin SSSR parchalanishining sababi – samarasiz iqtisodiy islohotlar degan edi. Ushbu so‘zlarga izoh berishni so‘rab jurnalistlar Gorbachevga murojaat qilishdi.
“Ittifoq respublikalarida o‘z davlatchiligi tushunchasi paydo bo‘la boshlagan edi, lekin bu har doim ham hisobga olinmas edi.<…> Xulosa shuki, Ittifoq ichida munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish va demokratlashtirish kerak edi”, - dedi Gorbachev.
Vaziyatni yaxshiroq tushunish uchun, men boshchiligimdagi Ittifoq maxsus komissiyasi 1991-yil dekabrlarda chop etgan maqolani o‘qib chiqing. Biz o‘shanda vaziyatni barqarorlashtirish choralari ishlab chiqish uchun juda ko‘p kuch sarflagan edik, - deydi sobiq prezident.
Mixail Gorbachev aytishiga qaraganda sobiq Ittifoq respublikalari umumiy tarixni yodda tutgan holda o‘zaro suhbatni davom ettirishlari kerak.
“Vaziyatni chigallashtirmasdan, bir-birimizni ayblamasdan, hozir ham birgalikda ishlashimiz mumkin”, - deydi sobiq rahbar.
Biroz oldin chop etilgan “Global dunyoning kelajagi” nomli kitobida, Gorbachev SSSRning yagona davlat sifatida saqlab qolish mumkinligi haqida yozgan.
“Buning uchun barcha respublikalar manfaatiga javob beradigan yangi Ittifoq haqida shartnoma tayyorlangan edi. Uni amalga oshirishga 1991-yilda Moskvada sodir bo‘lgan “Avgust fitnasi” (Avgustovskiy putch) xalal berdi”, - deb yozgan o‘z kitobida Gorbachev.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Germaniyada yashayotgan Mixail Gorbachev oldingi chiqishlarida SSSRning parchalanish sababi sifatida “prezident hokimiyatining kuchsizlanishi” degan edi.