TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Rossiya Lider Kompartiya yetakchisi Gennadiy Zuganov shanba kuni bo‘lib o‘tgan partiya saylovoldi yig‘ilishida Rossiya kelajagi uchun eng yirik uchta xavf bu — antiittifoqchilik, millatchilik va rusofobiya ekanligini aytdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Ukrainadagi banderachilar tomonidan uyushtirilgan to‘ntarish — bu sobiq ittifoqiga qarshi qaratilgan kampaniya. Bu holat takrorlanishiga yo‘l qo‘yishga haqli emasmiz. Antiittifoqchilik, millatchilik va rusofobiya — mamlakatimiz kelajagi uchun asosiy xatarlardir, biz buning oldini olishimiz kerak", — deb aytgan Zuganov shanba kungi yig‘ilishda.