Tabiiy gaz eng istiqbolli yonilg‘i bo‘lsa, nega 2020-yilda uning narxi pastligicha qolmoqda?

Bu yil suyultirilgan va quvurli gaz bozori uchun og‘ir keldi: neft narxining pastligi va talab miqdori o‘smayotgani STG bozoriga investitsilar kiritishni to‘xtatib qo‘ydi.
Sputnik

Gaz bozori asta-sekin tiklanmoqda: Yevropa va Osiyo-Tinch okeani birjalarida suyultirilgan tabiiy gaz narxi ming kubometr uchun 130 va 150 dollarni tashkil etmoqda, deb yozadi RIA Novosti muallifi Aleksandr Sobko.

Narxlar o‘sishiga ham taklif tomondan ham talab tomondan sabablar bor. Ushbu yilning dastlabki 8 oyida o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan STG importi hjmi 1,3%ga bo‘lsa-da ko‘proq bo‘ldi. Hindiston va Xitoyda STG importi hajmi keskin o‘sishi kuzatilmoqda.

O‘zbekiston “Lukoyl” bilan gaz sotib olish haqida muzokaralar olib bormoqda

Oddiy hisob qilganda ayni damda STGga bo‘lgan talab, quvurli gazga talab pasayishiga qaramasdan (bu Rossiya – Yevropa va Markaziy Osiyo – Xitoy gaz quvurlari hajmidan ko‘rinib turibdi),  o‘tgan yilning ushbu davridagi  darajasida saqlanib qolmoqda. Lekin STG bozori ham ortiqcha quvvatga ega, chunki oldingi sarmoyalar to‘lqinida qurilgan korxonalar (asosan AQSh) ishga tushirilgan.

Shu sababli talabning barqaror saqlanib qolishiga ham taklif tomonidan sodir bo‘layotgan muvaffaqiyatsizliklar: masalan Avstraliyada Prelude suzuvchi zavodi texnik sabablarga ko‘ra hali ham ishga tushgani yo‘q. Undan tashqari suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchi Gorgon LNG korxonasining ham bitta liniyasi to‘xtatilgan.

AQSh ham ham muammolar kam emas. Yaqinda sodir bo‘lgan narxlar qulashi tufayli, daromadlar  hatto operatsion xarajatlarni qoplashga ham yetmadi. Yezda gaz yetkazib berish hajmi zavodlar quvatining teng yarmigacha bo‘lgan miqdorga qadar quladi. Hozir eksport asta-sekin tiklanib olishi kerak, lekin narxlar o‘sishi bilan bir qatorda bo‘ronlar mavsumi tezda oldingi hajmlarga qaytishga xalal bermoqda. Yaqin vaqt ichida Amerika eksporti o‘sishi yana narxlarga bosim o‘tkaza boshlaydi.

"Gaz OPEK"i paydo bo‘ladimi va uni Rossiya boshqaradimi

Ya’ni kotirovkalar qayta tiklanishi hozircha unchalik mustahkamdek tuyulmayapti. Ustiga ustak gaz saqlovchi omborlar ham to‘lib ketgan. Lekin ayrim prognozlar STGning Osiyo bozoridi narxi 200 $ gacha ko‘tarilishini bashorat qilmoqda. Ushbu narxlar barcha ishlab chiqaruvchilar ko‘nglini xotirjam qiladi. Lekin ushbu darajadagi narxlar yil davomida bo‘lishi kerak, faqat  qishgi emas.

Lekin 2020-yil ancha murakkab, boshqa yillarga o‘xshamagan, keldi, barcha kelajak, istiqbol bilan qiziqmoqda. Ushbu borada eng qizig‘i: bu yil hozirga qadar so‘nggi 20-yil ichida birinchi marotaba suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchi zavodga birorta ham yirik sarmoya kiritilmadi. Yil oxiriga qdar kutilayotgan prognozlar 0dan 2ta zavodgacha. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilda ushbu sohada rekord darajasidagi investitsion qarorlar qabul qilingan edi. Bu 2016-2018 yillarda sodir bo‘lgan “jimjitlikdan” keyin amalga oshgan edi. “Jimjitlik” esa o‘z navbatida 2011-2015 yillardagi faol investitsiyalardan keyin amalga oshirilgan edi.

Nega bunday bo‘lmoqda? Oddiy javob aniq: barcha neft-gaz kompaniyalari daromadlari jiddiy kamaygan shu sababli ham o‘z saromoyalarini kamaytirmoqda. Lekin investitsiyalar bor-yo‘g‘i 3/1 qismga kamaydi, shundan biror nima hama STG sohasiga kiritilishi kerak edi.

Yangi tahdid: Qatar gaz urushini boshlashga tayyor

Javobning bir qismi shundan iboratki – STG so‘nggi yillarda paradoks tartibida rivojlanmoqda. Bir tomondan bir ortiqcha gazni ko‘rmoqdamiz, ikkinchi tomondan esa – kelajakda sodir bo‘ladigan kuchli raqobatni. (Katar, AQSh, Rossiya, Sharqiy Afrika), bularning barchasi yuqori narxlar shakllanishiga va investitsiyalarga yo‘l ochilishiga  yo‘q qo‘ymaydi. Shu bilan bir vaqtda gaz bozori juda istiqbolli hisoblanadi,chunki insoniyat eng ekologik toza va “yashil” ravishda rivojlangnanida ham, gazga talab doimo ortib boradi. Ushbu bozor rivojlanishining drayveri - unda ushbu sohasda ishlaydigan trans-milliy neft-gaz kompaniyalarining “ketayotgan” neftdan “kelayotgan” STG sohasiga o‘tishi bo‘ldi.

Natijada – neft qimmat bo‘lgan vaqtda neft-gaz kompaniyalari umumiy hamondan olib suyultirilgan gaz korxonalariga pul tikishdi. Hozir bo‘lsa, neft narxi tushganidan so‘ng, TMKda buning uchun mablag‘ yo‘q.

Undan tashqari ularning ayrimlari birdan “yashillar” safiga o‘tib qolganini xabar qilishmoqda. O‘z sohasiga sodiq qolgan kompaniyalarda ham vazat oson emas. Maslan hozir ExxonMobil kompaniyasining moliyaviy ahvoli yaxshi emas.

MO davlatlari Xitoyga gaz yetkazib berishni qisqartirishni muhokama qilmoqda

Ushub kompaniya ikkita yirik STG loyihalariga pul tikish rejasi bor edi. Bular: AQShdagi Golden Pass LNG (Qatar Petroleum bilan hamkorlikda) hamda Mozambikda Rovuma LNG. Ayni damda ularning ikkalasi ham orqaga surilgan. Amerikadagi zavod bo‘yicha qaror qabul qilish kamida 1-yilga, Mozambir zavodi 2023-yilga qadar ortga surilgan. Papua-Yangi Gvineyadagi zavodini kengaytirish rejasi ham orqaga suriladigan bo‘ldi.

Amerikaning qolgan korxonalari ham qaror qabul qilishga shoshilmayapti, axir bugungi kunda STGni uzoq muddatli shartnomalar bilan kafolatlash juda mushkul ish. Sharqiy Afrikada ham ishlar yaxshi ketmayapti. Mozambik, Tanzaniya shelfida joylashgan korxona qurilishiga hududda harakat qilayotgan jangarilar guruhlari doimiy ravishda xalal berib kelmoqda. Tanzaniyada zavod qurish haqidagi rejalar umuman unutilgan.

Bundan xulosa shuki, biz o‘rta muddatli kelajakda taklif defitsitini ko‘rishimiz mumkin. Aynan shunday bo‘lishi ehtimoli muayan bo‘lib turgan vaqtda, Qatar bir necha yirik orrxonalar qurishga qaror qildi. Rasmiy investqaror hali qabul qilinmagan bo‘lsa-da, dastlabki ishlar olib borilmoqda. STGning past tannarxi Qatarga tayyor mahsulot narxi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar zavod qurish imkonini beradi.

AQSh Davlat departamenti "Shimoliy oqim — 2"ga munosabatni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi

Vaziyatga noma’lumlik kiritayotgan faktorlardan yana biri bu – narx hosil bo‘lish mexanizmidir. Rivojlangan spot bozori mavjud bo‘lishiga qaramasdan, oxirgi vaqtlarga qadr  neft narxiga bog‘liq bo‘lishi STG ishlab chiqruvchilriga o‘ziini o‘zi qoplash kafolatini berayotgan edi.

Qimmat neft va STGsohasidagi raqobat tufayli so‘nggi yillarda ushbu bog‘liqlik koefitsenti doimo pasayib keldi. Hozir neft juda arzon, lekin xaridorlar oldingi yuqori koefitsentlarga qaytishi amri mahol. Neft 45 dollar bo‘lganda, eng so‘nggi bog‘liqlik koefitsentiga (0,11) muvofiq, STG – million BTE uchun bor yo‘g‘i 5 dollar yoki 1 ming metr 3 uchun – 180 $ bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga xaridorlarni spot narxlar kshproi qiziqtirmoqda. Ustiga-ustak, Qatarning uzoq muddatli STG shartnomalari tugashi bilan ushbu davlatdan yanada ko‘proq hajmda STG birja bozoriga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyoning rivojlanayotgan bozorlari,  katta miqdorda tabiiy gaz iste’mol qilishi mumkin, faqat  ming kubiga 200 dollargacha yoki undan kamroq bo‘lgan past narxlarda,. So‘nggi 15-yilda ushbu bozor hajmi 2 baravar oshishi ham ana shunga bog‘liq.  

Ushbu omillar STG bozorida o‘ziga xos rivojlanish paradokslari keltirib chiqarmoqda. Tabiy gaz va STG juda istiqbolli yonilg‘i bo‘lib qolmoqda, lekin raqobat kuchli bo‘lgan bozorda. Bunday sharoitda talab faqat past narx bo‘lganda o‘sadi.