O‘zbekiston “Lukoyl” bilan gaz sotib olish haqida muzokaralar olib bormoqda

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishDeystvuyushie proyekti v Uzbekistane poluchat 2 milliarda dollarov ot "Lukoyla"
Deystvuyushie proyekti v Uzbekistane poluchat 2 milliarda dollarov ot Lukoyla  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelajakda O‘zbekiston ham gaz narxlarini belgilashda bozor mexanizmlariga o‘tadi, ishlab chiqaruvchilar va aholi muvofiq bo‘lgan narxlar qo‘llaniladi.

TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. O‘zbekiston ichki bozor ehtiyojlari uchun “Lukoyl” bilan qishda qo‘shimcha miqdorda gaz sotib olish haqida muzokaralar olib bormoqda, deb xabar qildi Energetika vazirligi matbuot kotibi Sputnik muxbiriga.   

Xabarda aytilishiga ko‘ra hozir O‘zbekiston Energetika vazirligi kerak bo‘lganda O‘zbekiston ichki ehtiyojlari uchun o‘zaro manfaatli narxlarda “Lukoyl”dan gaz xarid qilish imkoniga ega bo‘ladi.

“Ayni damda Biz “Lukoyl” bilan O‘zbekiston ichki ehtiyojlari uchun Rossiya kompaniyasi tomonidan qazib olinayotgan gazni o‘zaro manfaatli narxlarda xarid qilish haqida muzokaralar olib bormoqdamiz. Xarid hajmini hozirdan aytish qiyin. Bu ham qazib olish miqdori ham ichki bozordagi talabga bog‘liq bo‘ladi”, - dedi O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Bexzot Narmatov.   

Ma’lum bo‘lishicha, shu vaqtga qadar “Lukoyl” O‘zbekistonda qazib olingan gazni Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasiga yetkazib bergan, lekin dunyoda uglevodorodlarga talab kamaygan vaqtda O‘zbekistonda katta hajmda gaz  qazib olish – kompaniya uchun qimmatlik qilgan.

Gazovaya stansiya kompanii Lukoyl v Djarkuduke, Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Endi "Lukoyl" O‘zbekiston ichki bozoriga ham gaz yetkazib beradi

“Shu sababli biz “Lukoyl” bilan gaz sotib olish narxlarini kelishmoqdamiz. Qancha gaz sotib olishimiz hozircha ma’lum emas, lekin biz ichki bozorda defitsit yuzaga kelishiga yo‘q qo‘ymaymiz, iqtisod uchun qancha gaz kerak bo‘lsa – shuncha sotib olamiz, bu aniq”, -  dedi vazir o‘rinbosari.

Narmatov aytishiga qaraganda, hozir “O‘zbekneftegaz”, “O‘ztransgaz” va “Hududgaztaminot” kabi   O‘zbekiston neft-gaz kompaniyalari ulkan moliyaviy bosimga duch kelmoqda. G‘arb mamlakatlarida bunday ta’minot mavjud  emas.

“Masalan Germaniyada tabiiy gaz sanoat foydalanuvchilariga nisbatan aholi uchun qimmatroq. Nega deganda 1 milliard metr kub gazni 1ta sanoat foydalanuvchisiga yetkazib berish bir millionta xususiy uyga yetkazib berishdan ko‘ra osonroq. Shuningdek, ularda avval gaz yetkazib berish narxi va rentabellik hisoblanadi, keyin shunga qarab gazning narxi belgilanadi.

Bizda esa gaz narxini davlat belgilaydi. Aholi uchun gaz eksportga yuboriladigan gaz narxiga nisbatan 5-6 baravar arzon turadi”, - deydi amaldor.

Narmatov aytishiga ko‘ra, kelajakda O‘zbekistonda ham narxlar belgilashda bozor mexanizmlariga o‘tishga, ishlab chiqaruvchilar va aholi muvofiq bo‘lgan narxlar qo‘llaniladi.

Yangiliklar lentasi
0