TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Germaniya Rossiyaning "Shimoliy oqim — 2" loyihasiga nisbatan o‘z munosabatini qayta ko‘rib chiqishi uchun vaqt keldi, deb bayonot qildi seshanba kuni AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Morgan Ortagus.
"Yevropalik yetakchilar oxirgi vaqtda ko‘p takrorlashayotgani singari: hozirda Germaniya o‘zining Rossiya bilan "Shimoliy oqim — 2" loyihasini qayta ko‘rib chiqishi uchun vaqt keldi", - deb yozgan Ortagus Twitterda.
Kuni kecha AQSh prezidenti Donald Tramp loyihani amalga oshirishni to‘xtatish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan edi. Ungacha GFR kansleri Angela Merkel "Shimoliy oqim - 2" masalalari va Aleksey Navalniy bilan bog‘liq hodisa alohida ko‘rib chiqilishi lozimligini ta’kidlagan edi. O‘z navbatida Germaniyadagi qator siyosatchilar tomonidan "Shimoliy oqim — 2" loyihasini to‘xtatish yoki butkul tugatishga doir chaqiriqlar yangragan edi. Shu bilan birga, ancha bosiq pozitsiyalar ham yangramoqda.
RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov "Shimoliy oqim 2" loyihasi tijoriy loyiha ekanligini, u avvalo butun boshli Yevropa mintaqasi energetik xavfsizligi manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotganini ta’kidladi, Germaniya parlamentariylarining Navalniy voqeasi tufayli uni to‘xtatishga doir chaqiriqlari - bu hech qanday faktlarga asoslanmagan emotsional bayonotlardir. U shuningdek, Kreml Germaniya "Shimoliy oqim 2"ni bloklashi mumkinligi borasida xatarlarni ko‘rmayotganini, hozirda loyihani to‘xtatishga qaratilgan har bir chaqiriqqa nisbatan bunday takliflar ahmoqgarchilikdan boshqa narsamasligini ta’kidlovchi ikkita fikr aytilayotilayotganini qo‘shimcha qildi.
Navalniy 20-avgust kuni samolyotdan o‘zini yomon his etgach, Omskda shoshilinch kasalxonaga yotqizilgan edi. Omsklik vrachlar tekshiruvlar yakuniga ko‘ra, moddalar almashinuvi buzilishi oqibatida qon tarkibida qandning keskin tushib ketishi yuz bergan, deya tashxis qo‘yganlar. Ammo u nima tufayli yuz bergani - hozircha ma’lum emas, Navalniy qoni va peshobida, omsklik shifokorlar ma’lumotlariga ko‘ra, zaharlar aniqlanmagan.
Keyinchalik blogerni samolyot bilan Germaniyaga olib ketishdi. Chorshanba kuni GFR hukumati harbiy mediklarga tayangan holda, Navalniyni "Novichok" jangovar moddasi tarkibiga kiruvchi zaharli substansiya bilan zaharlashgani haqida bayonot berdi.
Kreml Berlin Moskvani o‘z xulosalari haqida xabardor etmaganini ta’kidladi, RF TIV esa Rossiya ushbu holat yuzasidan Germaniyadan rasmiy javob kutayotganini bildirdi.
Dushanba kuni berlinning Charite klinikasi Navalniy holati yaxshilangani, uni komadan chiqarishga muvaffaq bo‘lingani haqida xabar berdi.