Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi ishtirokchilariga tavsiyalar e’lon qilindi

Ko‘ngillilar shuningdek, emlanishdan uch kun oldin alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechganlari ma’qul, tadqiqot davomida esa ularga spirtli ichimliklarni meyordan ortiq darajada iste’mol qilishdan saqlanish tavsiya etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. "Sputnik V" vaksinasining ro‘yxatdan olingandan keyingi tadqiqotlarida ishtirok etayotgan ayollar homilador bo‘lish tavsiya etilmaydi, bundan tashqari, barcha ko‘ngillilar alkogol mahsulotlaridan voz kechmoqlari lozim, deyiladi klinik tadqiqotlar protokolida. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinaning 26 ta varianti ishlab chiqilmoqda

"Agar siz tadqiqotlarda ishtirok etishga qaror qilgan bo‘lsangiz, u holda, u o‘tkazilayotgan vaqtda homilador bo‘lish, bolani ko‘krak suti bilan emizish, shuningdek, emlab bo‘lingandan so‘ng uch oy davomida tuxumhujayrasi donori bo‘lish tavsiya etilmaydi", - deya aniqlik kiritiladi hujjatda.

Homilador bo‘lganlar o‘sha paytning o‘zidayoq vaksinatsiyadan chetlatiladi va kuzatuv ostiga olinadi.

O‘z navbatida, erkaklarga ayolni homilador qilishdan saqlanish va vaksinatsiya jarayoni yakunlanganidan so‘ng uch oy vaqtgacha sun’iy urug‘lantirish uchun sperma topshirmaslik tavsiya etiladi.

G‘arb nega vaksina poygasida yutqazmoqda: Rossiya allaqachon fosh qilindi

Ko‘ngillilar shuningdek, emlanishdan uch kun oldin alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechganlari ma’qul, tadqiqot davomida esa - spirtli ichimliklarni meyordan ortiq darajada iste’mol qilishdan saqlanish tavsiya etiladi.

Chekuvchilardan kuniga o‘n dona sigaret bilan cheklanish so‘ralmoqda.

Privivka och qoringa amalga oshiriladi, ishtirokchilar salomatlik elektron kundaligini tutishlari kerak bo‘ladi. Kundalikka ma’lumotlar kamida o‘n besh marta kiritilgan bo‘lishi shart.

Koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi sinovlari to‘xtatildi

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshida Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi ko‘magida Gamaleya nomidagi markaz mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarilgan COVID-19 ga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. Preparat "Sputnik-V" nomini oldi.

O‘tgan haftada vaksina fuqarolik oborotiga kiritildi, shuningdek, bir vaqtning o‘zida 30 ming ko‘ngillilarni o‘z ichiga olgan uchinchi klinik tadqiqotlar fazasi boshlandi. RF Sog‘liqni saqlash vazirligi ta’kidiga ko‘ra, ommaviy emlash ishlari ishlab chiqarish hajmi ko‘payishi hamda ro‘yxatdan olingandan keyingi tadqiqotlar bo‘yicha ma’lumotlar ortib borishi bilan boshlanadi.