Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinaning 26 ta varianti ishlab chiqilmoqda

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSotrudnitsa nauchno-issledovatelskoy laboratorii "Gennie i kletochnie texnologii".
Sotrudnitsa nauchno-issledovatelskoy laboratorii Gennie i kletochnie texnologii. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinaning 26 ta varianti ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinaning 26 ta varianti ishlab chiqilmoqda. Bu haqda  Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova Rossiya fanlar akademiyasi rayosati yig‘ilishida ma’lum qildi.

Proizvodstvo vaksini ot COVID-19 na farmatsevticheskom zavode Binnofarm - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston Rossiya bilan vaksina yetkazib berishga doir muzokara olib bormoqda

“Dunyoda 36 ta vaksina klinik sinovlar bosqichida, 92 ta preparat klinikka qadar sinovdan o‘tmoqda, Rossiyada 17 ta ilmiy tashkilotlarda vaksinaning 26 ta varianti ishlab chiqilmoqda”, - dedi u. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksina dunyoda birinchi bo‘lib 11 avgust kuni ro‘yxatga olindi va u “Sputnik V” deb nomlandi.  8 sentabr kuni u keng muomalaga chiqarildi. 9 sentrabr kuni esa u bilan Moskvada ko‘ngillilarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi.

Yangiliklar lentasi
0