Javoblar va savollar: Rossiya vaksinasi tanqidchilariga

Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi direktori Kirill Dmitriyev xorijiy davlatlar tomonidan Rossiyada ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaksinasi tanqidlariga javob berdi va ularga ham savollar yo‘lladi.
Sputnik

Rossiya 11-avgustda Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi "Sputnik V" vaksinasi ishlab chiqarilishi boshlangan kundan beri ko‘plab davlatlar ushbu vaksinani najot va va qiziqish  bilan kutayotganini payqadi va shu kunga qadar 1 milliarddan ortiq vaksinaga buyurtma oldi.

Rossiya vaksinasi qachon ommaviy ishlab chiqariladi?

Shu bilan birga, biz bir qator xorijiy davlatlar va kompaniyalar tanqidiga uchradik. Ushbu kompaniyalar, ko‘p hollarda, samaradorligi va xavfsizligi ta’minlanmagan texnologiyalarga asoslangan holda o‘zlari vaksina ishlab chiqarishga harakat qilayotgan kompaniyalar ekanini qayd etish lozim. Bunday texnologiyalar misolida mRNK platformasini hamda maymunlar adenovirus vektorovini misol keltirish mumkin. "Sputnik V" vaksinasining birinchi va ikkinchi bosqichlarining natijalari The Lancet jurnalida chop etilganidan keyin bizga berilayotgan savollarga javob berish va o‘z savollarimizni berishni ma’qul ko‘rdik.

1 savol. Siz o‘z vaksinangizni o‘g‘irlab oldingizmi?

Yo‘q, biz uni o‘g‘irlamadik. Vaksinada inson ikki adenovirusi vektoriga asoslangan takrorlanmas texnologiyadan foydalanilgan. Koronavirus profilaktikada ushbu texnologiyadan dunyoda hech kim foydalanmaydi.   

Vektorlar – bu genetik-o‘zgartirilgan viruslar bo‘lib, ular ko‘payish xususiyatiga va koronavirus tashqi qatlamining genetik materialiga ega. Ushbu texnologiyada inson adenovirusining ikki xil vektoridan foydalanilgan. Birinchi inyeksiyada 5chi va ikkinchi inyeksiyada 26chi serotiplardan foydalaniladi.

Gamaleya markazida COVID-19ga qarshi Rossiya vaksinasi qanday ishlashi haqida so‘zlab berildi

Ushbu texnologiya insonda mavjud bo‘lgan adenovirusga qarshi immunitetni yengib o‘tish imkonini beradi. Koronavirusga qarshi vaksinatsiya qilish uchun Rossiyada hatto 2015-yilda Ebolaga qarshi ishlab chiqilgan ikki vektorli platformani ham muvaffaqiyatli o‘zgartirishga erishildi. Ushbu platforma klinik sinovlarning barcha bosqichlaridan o‘tib 2017-yilda Afrikada Ebolani yengish imkonini berdi.

Ushbu masala bo‘yicha dastlabki shov-shuvlar boshlanishi bilanoq, vaksinani ro‘yxatga olinishiga qarshilik qilmoqchi bo‘lgan Rossiyaning ashaddiy tanqidchilari ham bunga asos yo‘qligiga amin bo‘lishdi. Buni biz Rossiya vaksinasini qoralashga bo‘lgan urinish deb baholaymiz va u haqida yana bir bor eslatib qo‘ymoqchimiz, xolos.

2 savol. Klinik sinovlarning I-II bosqichi natijalari qachon e’lon qilinadi?

Ushbu ma’lumotlar mutaxassislar baholashidan o‘tganidan so‘ng, dunyoning eng eski va eng nufuzli tibbiy jurnali bo‘lgan The Lancet nashrida 4-sentabr kuni chop etilgan edi. Bu vaksina haqida e’lon qilinishi kutilayotgan maqolalar seriyasining boshi.

Quyida maqoladagi eng muhim faktlarni keltiramiz:

  1. "Sputnik V" vaksinasining I-II klinik sinovlari natijasida birorta kriteriya bo‘yicha ham jiddiy  salbiy oqibatlar (SNYa, Grade 3) kuzatilmadi. Boshqa vaksinalarda esa – salbiy oqibatlar 25%gacha yetgan.
  2. "Sputnik V" vaksinasi bilan emlanganlarning 100%ida mustahkam gumoral va hujayra immuniteti paydo bo‘ldi. Ko‘ngillilarda virusni zararsizlantiruvchi antitanachalar miqdori koronavirus infeksiyasiga chalinganlarga qaraganda 1,5 baravar ko‘p bo‘ldi. Solishtirish uchun: Britaniyaning AstraZeneca farmakompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan vaksina paydo qilgan immunitet kasallanganlar immuniteti bilan bir xil bo‘lgan."Sputnik V" vaksinasi sinovida ishtirok etgan ko‘ngillilarning barchasida, CD4+ va CD8+ hujayralari tomonidan tashkil etilgan, T-hujayrali immunitet paydo bo‘ldi. Ushbu hujayralar SARS-CoV-2 bilan zaralangan hujayrani tanlab oladi va uni yo‘q qiladi va uzoq muddatli immunitet uchun asos yaratadi.
  3. Gamaleya nomidagi markaz mutaxasisslari inson adenovirusi vektoriga asoslangan platformaning samaradorligini isbotlashga muvaffaq bo‘lishdi. Sinovda ishtirok etayotganlarda inson adenovirusiga qarshi immunitet bo‘lishiga qaramasdan, vaksinaning shunchalik xavfsiz va optimal meyori aniqlangan-ki,  u emlangan 100% odamda immunitet paydo qiladi. Hatto  yaqinda adenovirus infeksiyasiga chalinganlarda ham. Boshida odam adenovirusiga qarshi immuniteti bo‘lishi – yangi vaksina ishlab chiqishda eng katta qo‘rquvlardan biri bo‘lgan edi. Shu sababli mRNK yoki maymun adenovirusi vektoriga asoslangan muqobil platformalar ishlab chiqish boshlangan edi. "Sputnika V"ning isbotlangan samaralik darajasi yangi va yaxshi o‘rganilmagan platformalar ishlab chiqarishga ehtiyoj qoldirmaydi.
  4. Odam adenovirusiga asoslangan 2ta turli xil vektorlardan foydalanish tufayli (5 va 26 serotiplar), ikkita alohida kiritiladigan vaksina orqali  yanada samaraliroq immunitet paydo bo‘lish imkoniyati yaratiladi. Ikki marotaba bir xil vektordan foydalanilgan taqdirda – inson immunitetining himoya funksiyasi ishga tushadi va organizm preparatni qabul qilmaydi. Shunday qilib vaksinada ikkta turli xil vektordan foydalanish – yanada kuchliroq va uzoq muddatli immunitet yaratadi.

3 savol. Birinchi bosqich sinovlarda ko‘ngillilar soni kam bo‘lmaganmi?

"Sputnik V" vaksinasi birinchi bosqich sinovlarida 76 nafar ko‘ngillilar ishtirok etgan edi. AstraZeneca kompaniyasi sinovlarida esa 1077 kishi ishtirok etgan. Bir qarashda tafovut yaqqol, lekin sinovning muhim bir jihati bor. AstraZeneca birinchi bosqichda faqat bitta ukol yordamida sinov o‘tkazgan, lekin uning samarali ekani tasdiqlanmaganidan so‘ng ular ikki ukolli sinovga o‘tishgan. Ikkita ukolni esa AstraZeneca faqat 10 kishida sinab ko‘rgan.

Turkiya koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasi sinovlariga ruxsat berishi mumkin

Shunday qilib, birinchi va ikkinchi bosqichda "Sputnik V" vaksinasi bilan emlanganlar soni AstraZenecaga qaraganda 4 barobar ko‘p bo‘lgan. Afsuski aksariyat OAVlar ushbu faktga e’tibor qaratishmagan.

4 savol. Ko‘p sonli patsiyentlarda klinik sinovlar bo‘lib o‘tadimi?

Vaksina ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng 26-avgustdan Rossiyada keng ko‘lamli sinovlar boshlandi. Unda 40 ming kishi ishtirok etishi rejalashtirilgan. "Sputnika V"ning klinik sinovlari Saudiya Arabistoni, Filippin, Hindiston va Braziliyada ushbu oyda boshlanadi.

Klinik sinovlarning III bosqichi natijalari 2020-yilning oktabr-noyabr oylarida chop etiladi.  

5 savol. Nima sababdan "Sputnik V" vaksinasi tezkor tartibda ro‘yxatdan o‘tkazildi?

Birinchi navbatda, bunga vaksinaning I va II bosqichlarining muvaffaqiyatli yakunlanishi sabab bo‘ldi.

Putin Rossiyada COVID-19 ga qarshi birinchi vaksina ro‘yxatga olinganini e’lon qildi

Ikkinchidan, inson adenovirusi vektoriga asoslangan platformalar 1953-yildan beri sinovdan o‘tib kelmoqda va o‘tgan davr mobaynida ushbu platformada ko‘plab preparatlar yaratildi. Xususan, saraton kasaliga qarshi Gendicine preparati Xitoyda 15-yildan ortiq vaqt davomida ishlatilmoqda. 1971-yildan buyon  AQShning millionlab harbiylari inson adenovirusi vektori asosida ishlab chiqilgan vaksinalar bilan emlanib kelmoqda.

Gamaleya nomidagi markaz tomonidan Ebola va MERSkasalliklariga qarshi ishlab chiqilgan vaksinalar 2015-yildan buyon 3 mingdan ortiq odam emlangan.

Rossida birinchi vaksina tezkor ro‘yxatga olinganidan so‘ng boshqa davlatlar ham ushbu tajribani qo‘llashga qaror qilishdi. Xususan, Sinovac Biotech kompaniyasining Rossiya vaksinasiga o‘xshash vaksinasi Britaniya Hukumati va AQSh tomonidan tezkor ro‘yxatga olinishi mumkinligi aytilmoqda.

6 savol. Yana kim vaksina ishlab chiqarishda shunga o‘xshash texnologiyadan foydalanadi?

Masalan, Johnson & Johnson kompaniyasi koronavirusga qarshi insoan adenovirusi vektoriga asoslangan vaksina yaratmoqda.  Ular faqat 26-serotipga asoslangan. Xitoyning CanSino kompaniyasi esa faqat 5-serotipga asoslangan holda vaksina ishlab chiqarmoqda.

Bizning savollar

Yuqorida aytib o‘tilgan faktlarga asoslangan holda, ayni damda Rossiya eng xavfsiz hamda eng samarali vaksina yaratishga muvaffaq bo‘lgan yetakchi ekaniga shubha yo‘q.  Shu o‘rinda biz tanqidchilarga bir necha savol bilan murojaat qilmoqchimiz.

Meksika Rossiyada ishlab chiqarilgan vaksina sinovlariga qo‘shilmoqchi

1 savol. Maymun adenovirusi vektori hamda mRNK texnologiyalaridan foydalanish uzoq muddatli davrda onkologik kasalliklar keltirib chiqarishi yoki homilaga ta’sir qilishi o‘rganilganmi? (Shipshitamiz: yo‘q)

2 savol. Ushbu texnologiyalar asosida vaksina ishlab chiqarayotgan farmatsevtika kompaniyalari tomonidan xaridor davlatlar bilan uzoq muddatli kelajakda vaksinaning kutilmagan salbiy oqibatlari paydo bo‘lganda, o‘zlarini javobgarlikdan ozod qilish haqida muzokaralar olib borishiga, aynan yuqorida aytib o‘tilgan tekshiruvlarning o‘tkazilmagani sabab bo‘layotgani yo‘qmi?

3 savol. Nima sababdan G‘arb OAVlari Maymun adenovirusi vektori hamda mRNK texnologiyalariga asoslangan vaksinalar uzoq vaqt davomida sinovdan o‘tkazilmagani haqida hech narsa xabar qilmayaptilar?

Odam vaksinasimi yoki maymun vaksinasi?

Maymun adenovirusi vektori hamda mRNK texnologiyalariga asoslangan vaksinalar odam tomonidan oldin hech qachon foydalanilmagan. Ularning qo‘llash va o‘rganish tajribasi adenovirus vaksinalariga qaraganda kamida 20-yil orqada qolgan. Shunday bo‘lsada ishlab chiqaruvchilar, vaksinaning salbiy oqibatlaridan o‘zlarini yuridik tomondan himoya qilgan holda, G‘arb mamlakatlari hukumatlaridan milliardlab dollarlik shartnomalarni olib bo‘lishgan.

Tojikiston Rossiyadan COVIDga qarshi vaksina xarid qiladi

Albatta, mRNK texnologiyasiga asoslangan vaksinaning ustuvorliklari juda ko‘p va ular kelajakda muhim rol o‘ynashi mumkin, lekin uzoq muddatli istiqbolda uning xavfsiz ekanini hali hech kim tekshirmagan.

Ayrim farmatsevtika kompaniyalari rahbarlari bu haqida ochiqchasiga aytishmoqda. Masalan, AstraZeneca kompaniyasi top menedjeri Rud Dobber shunday dedi:

- Biz hozir g‘ayrioddiy vaziyatdamiz. Agar 4-yildan so‘ng vaksina qo‘llashning salbiy oqibatlari ma’lum bo‘lsa, biz kompaniya sifatida buning uchun javobgarlikni bo‘ynimizga ola olmaymiz. Shu sabab shartnomalarda bizni ushbu javobgarlikdan ozod qilishni so‘raymiz”.

Biz maymun adenovirusi vektori yoki mRNK kabi yangi sinovdan o‘tmagan preparatlar qo‘llanilishi oqibatlari haqida odamlarga aytib berish kerak deb hisoblaymiz.

Biz g‘arbiy farmatsevtika kompaniyalarining yaqin orada e’lon qilinishi kutilayotgan Xavfsizlik manifestini kutib qolamiz va unda nafaqat qisqa muddatli sinovlar natijalari, balkim uzoq muddatlarda ham ushbu vaksinalar homiladorlik va onkologiyaga salbiy ta’sir qilish xavfi yo‘qligi aytib o‘tilishiga umid qilamiz. Ushbu ma’lumotlar odamlar xavfsizligini saqlashga xizmat qiladi.

Barcha vaksinalar bir xil emas

Xulosa qilib aytish mumkin-ki, barcha vaksinalar bir xil platformada yaratilmagan. Sputnik V – eng xavfsiz va isbotlangan platformada yaratilgan va favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun Rossiya qonunchiligiga muvofiq sertifikat olgan.

To‘qqizta vaksina: O‘zbekiston koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi

G‘arbda esa mutlaq yangi, tekshirilmagan platformalarda yaratilgan vaksinalarni tezkor ro‘yxatdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Biz yangi vaksinalarning uzoq muddatli xavflari haqidagi savollarimiz va kelajakda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa savollarimiz ham javobsiz qolmaydi deb umid qilamiz.

Asrlar davomida ilk bor sodir bo‘lgan pandemiya barchamizni tezkor yechimlar qidirishga majbur qildi. Biz Rossiya vaksinasini tanqid qilayotganlarning o‘zlari ham bizga qo‘yilayotgan qattiqqo‘l xavfsizlik va shaffoflik talablariga to‘liq javob beradilar deb umid qilamiz. Axir biz pandemiyaga qarshi o‘zaro ishonch va shaffoflik muhitida kurashishimiz kerak.