TOShKENT, 20 avg - Sputnik. Meksika TIV rahbari Marselo Ebrard Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining klinik sinovlariga qo‘shilishdan manfaatdorligini bildirdi, bu haqda Ebrardning Rossiya elchisi Viktor Koronelli bilan uchrashuvidan so‘ng Meksika Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Ebrardning o‘zi Koronelli bilan uchrashuvda mamlakatni vaksinani imkon qadar tezroq ishlab chiqarish uchun klinik sinovlarning uchinchi bosqichini Meksikada o‘tkazishdan manfaatdorligini bildirganini aytib berdi.
Ta’kidlanishicha, uch oy davom etadigan va hozirda 40 ming kishi ishtirok etayotgan vaksina sinovlarining uchinchi bosqichi uning samaradorligini aniqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va tijoratlashtirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ebrard uchrashuvda Lopez Obrador hukumati COVID-19 uchun vaksinalar va dori-darmonlarni hamma uchun mavjud umumiy bisot deb bilishini eslatdi.
Avvalroq Rossiya SSV Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy tadqiqot markazi Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi (RFPI) bilan hamkorlikda ishlab chiqqan COVID-19 profilaktikasi uchun dunyodagi birinchi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazdi. U "Sputnik V" deb nomlandi. RFPI rahbari Kirill Dmitriyevning ma’lum qilishicha, jamg‘arma bir milliard dozani sotib olish uchun 20 dan ortiq mamlakatdan buyurtma oldi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya vaksinani beshta mamlakatda ishlab chiqarish to‘g‘risida kelishib oldi, mavjud quvvatlar yiliga 500 million dozani ishlab chiqarish imkonini beradi.