Kremlning ayyorona rejasi: Trampni qutqarish uchun Amerikani vayron qilish

Ruslar Amerikani nafaqat o‘z OAVlarida, balki amerika ijtimoiy tarmoqlarida “bu hammasi emas” parchalashmoqda, ya’ni Amerika shaharlari ko‘chalarida hammi, deya savol bilan yuzlanadi ekspert.
Sputnik

AQShdagi tartibsizliklarga Donald Tramp va ... Rossiya javob beradi. Ha, tez orada xuddi shunday bo‘ladi – Trampning qayta saylanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida AQSh prezidenti bilan kurashning barcha usullarini birma-bir tekshirib, “Vashington botqog‘i” eng avvalgi holatiga qaytdi: hammasiga ruslar aybdor, deya yozadi RIA Novosti muallifi.

Ular 2016-yilda Donald Trampga yordam berishda va hozir ham yordam berishmoqda, buning ustiga ular nafaqat ijtimoiy tarmoqlarda, balki amerika ko‘chalarida ham qo‘rquv va nafrat qo‘zg‘atishga umid qilishgan. Ajablanarli joyi yo‘q: tartibsizliklar – bu umuman ruscha so‘z! Biroq nega bunday, axir yaqinda Amerika OAVlari barchani norozilik namoyishlari asosan tinch va to‘g‘ri ekanligiga ishontirishgan edi, ya’ni Donald Tramp timsoli bo‘lgan irqchilik va politsiya zo‘ravonliklariga qarshi qaratilgan. Va xalq g‘azabi yaramas va ruslar gumashtasini Oq uydan yo‘qotish va Bayden uchun ovoz berishni intiqlik bilan kutayotgan saylovchilarni safarbar qilishga yordam beradi. Demak, endi shu ma’lum bo‘ladimi: to‘g‘ri norozilik namoyishlarni noto‘g‘ri ruslar avj oldirapti?

Shahzoda va prezident - Putin va Muhammad munosabatlari nega AQSh oromini buzmoqda

Demakki, shunday. Jo Baydenning o‘zi bu haqda hozircha ma’lum qilmayapti, lekin allaqachon kongressning ko‘zga ko‘ringan demokratlari gapirishni boshlayapti. Masalan, Adam Shiff, vakillar palatasining razvedka qo‘mitasi rahbari – Trampning “rus aloqalari” surishtiruvchisi va impichment tashabbuskorlaridan biri. Kuni kecha CNN telekanaliga u mana bundan dedi:

“- To‘rt yil ilgari, Dana, ruslar Black Lives Matter᾽ni ishga solishdi, ular Ijtimoiy tarmoqqa xalqni irqiy belgilarga ko‘ra ajratish uchun o‘zlarining ig‘vogarlik sahnalashtirilgan tomoshalarini joylashdi. Va biz..

- Hozirchi ular buni qilishaptimi?

- Ular yana ular qo‘llaridan kelgan barchasini qilmoqda, ijtimoiy tarmoqlarda, o‘zlarining OAVlarida, bu hammasi emas, yana bu ajralishni ko‘paytirish uchun”.

"Qo‘lda qurol bilan uy-uyiga tarqalishdi". AQShning iroq kampaniyasi yutuqlari va xatolari

Ya’ni rus Amerikani nafaqat OAVlarida (hozir men RIA Novosti saytidagi singari), balki amerika ijtimoiy tarmoqlarida ajratmoqda “bu hammasi emas”, ya’ni amerika ko‘chalarida balki? Bu uydirmalarga amerika OAVlaridagi Trampning asosiy tarafdori Fox News boshlovchisi Taker Karlson munosabat bildirmay qolmadi:

“Sizlarni dushman derjavasi agentlari feyk xabarlar bilan boqdi, u bulardan tashqari yashirincha Facebook᾽ni nazorat qiladi! Hammasi to‘g‘ri, xonimlar va janoblar, Rossiya  soxta tartibsizliklarni uyushtirdi va Jo Baydenni aybladi! Bu Oyga qo‘yish kabi, biroq yanada hiylakorroq.  <...> “Bu Rossiya sahnalashtirgan tomosha!” Jiddiymisiz? 2020-yil yozi oxirida odamlar buning ustidan kulishada deb o‘ylagan bo‘lar edim. Bu o‘ziga xos vaqtichog‘lik. Boshqa tarafdan, ko‘plab ko‘zga ko‘ringan demokratlar Twitter᾽da bunga birinchi marta ishonishdi, shunday ekan bu safar ham – kim biladi? – ular ham ishonishlari mumkin.

Lekin Adam Shiffga tan berish kerak: u, har holda, izchil. Biroq ravshanki, u mutlaqo telba va statsionar davolanishga muhtojligi bor. Uning ahvoli yomon. Lekin u katta partiyadagi bitta odam, xolos. Demokratik partiyaning qolgan barcha rahbarlariga to‘xtaladigan bo‘lsak-chi? Ular aqldan ozgan emas, aslo unday emas. Ular shunchaki yolg‘onchilar”.

Tramp Bayden saylansa AQShni “inqilob” kutayotganini ma’lum qildi

Demokratlar yetakchilarining yolg‘onchiligi bilan hech kimni hayron qoldirmaydi, lekin ular hozir hatto o‘zlari uchun noyob bo‘lgan bir zum to‘nini teskari kiyish qobiliyatlarini namoyish etishmoqda. Hozirgina tartibsizliklar faktini inkor etib, adolatli protestlar haqida gapirishdi, endi esa ommaviy tartibsizlik va zo‘ravonlikni tan olishga majburlar. Tramp bo‘layotgan hodisalarni ichki terrorizm deb atamoqda, demokratlar esa Rossiyaga ishora qilmoqda. Aniq-ku axir: yaxshi odamlar norozilik namoyishiga chiqishdi, biroq ularga “rus propagandasi” qurbonlari bo‘lgan yomon pogromchilar aralashib ketdi. Bularning barchasi esa, ma’lum bo‘lishicha, Trampning yutqazishiga emas, balki g‘alabasiga ishlar ekan. Putinning ayyorona rejasi mana shunday.

Telbalik? Yo‘q, shunchaki chorasizlik. Gap shundaki, shu yilning bahor oyi boshida ma’lum ediki (jamoatchilik fikrining barcha manipulyativ so‘rovlariga zid ravishda), Tramp tantanali qayta saylanish sari bormoqda, na impichment urinishi, na unga nafrat qo‘zg‘atish hech qanday natija bermadi (uning prezidentlik davrida deyarli barcha amerika OAVlari aynan shu bilan shug‘ullandi). Biroq tez orada koronavirusning qadami AQShga yetdi, iqtisodiyot qulashi boshlandi, yoz oyida esa “irqchilik” to‘lqinlari boshlandi – demokratlar endi aniq Trampni cho‘ktirib yuborish qo‘llaridan kelishini o‘ylashdi.

Oq uy oldidagi tartibsizliklar: namoyishchilar Jekson haykalini qulatishga harakat qildi

Ammo na iqtisodiy muammolar, na irqchilik tartibsizliklari prezidentga zarba bera oldi – aksincha, tartibsizliklar qanchalik davom etsa, Tramp shuncha ko‘p ochko yig‘di. U Amerikaga “Qonun va tartib” kerak deb takrorlamoqda. Amerikaliklarning ko‘pchiligi uning fikriga qo‘shilmoqda. Yaxshisi, Trapm reytingi uchun ishlashni bas qilish uchun demokratlarning o‘zi allaqachon o‘z hududini (aynan ular boshqarayotgan shtat va shaharlarda tartibsizliklarning asosiy qismi bo‘lib o‘tmoqda) tartibga keltirishga urinishlari kerak edi, biroq saylovoldi poyga ularga buni qilishga imkon bermayapti. Axir Tramp aytadiki: mana, ko‘rapsizmi, men isonlarni tugatish kerakligi haqida aytgandim, oxir-oqibat menga quloq tutishdi. Ya’ni demokratlarning to‘liq sugsvangi: ular keyin nima qilishlaridan qat’i nazar (tartibsizliklarni qo‘llash yoki ularning zo‘ravonlki xususiyati tan olish) ularning mavqeyi faqat yomonlashadi.

Aftidan, tartibsizliklarni ehtiyotkorlik bilan tan olish taktikasi tanlangan, biroq shu bilan birga ular uchun aybni Tramp va Rossiyaga ag‘darishga qaror qilingan. Birdaniga ikkita: “rus Trampi”.

“Biz Rossiya kuchlari Suriyadagi amerika askarlariga hujum qilgani, askarlarimizni yaralagani haqidagi xabarlarni ko‘rdik. Siz Trampdan hech bo‘lmaganda biror kalima eshitdingizmi? U aqallan barmog‘ini qimirlatdimi? Ilgari AQShning biror bir prezidenti Rossiya yetakchilariga nisbatan bunday itoatkorlik rolini o‘ynamagan. Bu nafaqat xavfli, balki haqoratomuz ham”, - deydi Jo Bayden. Bayden bu bilan trampcha ruslarga qaramlik va “ruslar amerika askarlarini o‘ldirish uchun toliblarga pul to‘lagani” haqidagi g‘irt yolg‘on voqeani misol tariqasida keltirib, eslatgan.

AQSh olov ichida: Floyd o‘limidan so‘ng avj olgan to‘polon va tartibsizliklar – foto

Mana Bayden shtabining so‘nggi bayonotlaridan:

“Prezident Tramp umid qiladiki, Vladimir Putin yana bir marta uning nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi va u sodir etgan dahshatli xatolarni yashirishga yordam beradi. Aynan u mamlakatimiz tepasida  bo‘lishi va uni unga qarshi turgan ko‘plab muammolar sari boshlashi uchun. U Vladimir Putin Trampga qayta saylanishi uchun qanday chora ko‘rishi, yoki Putinga nima sababdan aralashish muhim ekanini Amerika xalqi bilmasligini istaydi, chunki Donald Trampning tashqi siyosati – bu Kreml uchun tuhfa”.

Bu hayratda qoldiradigan kamsituvchi amerikaliklarning bayonoti AQSh Milliy razvedka direktori Jon Retkliffning yaqinda vakillar palatalari razvedka qo‘mitasi a’zolari uchun bo‘lajak prezident saylovlarida xavfsizlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan og‘zaki brifingni uyushtirishni to‘xtatib qo‘yish qaroriga javobi bo‘ldi. Endi ularga ma’lumot faqat yozma ravishda taqdim etiladi. Albatta-da, Trampga Putin yordamlarini yashirish maqsadida, - Bayden shunday deb ishontiraptimi? Afsus, Retkliffning so‘zlariga ko‘ra, sababi oddiy: maxfiy ma’lumotni sizishi, buning ustiga uni buzib ko‘ratish xususiyati:

“Xuddi shunday brifinglardan birining yakunlanishidan bir necha daqiqadan keyin qator kongress a’zolari turli OAV vakillariga chiqib, ularga siyosiy maqsadlarda maxfiylashtirilgan ma’lumotni sizdirgan. <...> Go‘yoki Rossiya Xitoyga qaraganda milliy xavfsizlikka katta tahdid tug‘dirishi haqidagi yolg‘on tasavvurni yaratish uchun. <...>  Men Rossiya ahamiyatini pasaytirmoqchi emasman. U milliy xavfsizligimiz uchun jiddiy tahdid tug‘diradi, ammo Xitoy tomonidagi tahdidlar jiddiyroq. Boshqacha gapirayotganlar shunchaki razvedkani o‘z maqsadlarida siyosiylashtirmoqda”. Retkliff o‘zi aslida nima dedi? Adam Shiffga o‘xshash demokratlar OAVga faqat Rossiyaga tegishli ma’lumotni sizdirib, Xitoy haqidagi ma’lumotni e’tiborsiz qoldirishi haqida. Bu yerda shunini muhimki, amerika razvedkasining prezident saylovlariga chet ellik aralashuv ma’lumotlariga umuman qay darajada ishonish mumkin. Qizig‘i, hatto maxsus xizmatning oshkora kongressmenlarning ularni Tramp bilan kurashish uchun ma’lumotlar bilan qo‘rqitishga urinishlari haqida gapirishi.

Zaxarova AQShdagi tartibsizliklar ortida Rossiya turishi haqidagi ayblovga javob qaytardi

Boshqa tarafdan, bu, albatta, katta yutuq: 2016-yilda Obama ma’muriyatining o‘zi maxsus xizmatlarni prezidentlikka nomzod Trampning “rus aloqalari”ga oid “dalillarni” soxtalashtirishga, kuzatuv olib borishga majburlagan, endi esa “chuqur davlatning” faqat kongress va OAV yordami bilan jangovar harakat olib borishiga to‘g‘ri kelmoqda. Lekin bu o‘zgarish kreativ darajasiga, shunday bo‘lsa ham, kam ta’sir ko‘rsatdi – yana hammasiga Putin aybdor.

Doimo avj oldirishadi: goh mart oyida Portlendda Derek Shovin ichiga (Jorj Bleykni o‘ldirgan, shundan so‘ng Black Lives Matter aksiyalari boshlanib ketgan edi), goh avgust oyida Kenoshada –unga tashlangan ikki nafar “irqiy kamsitish va politsiya zo‘ravonliklariga qarshi kurash kurashchilari”ni otib tashlagan 17 yoshli Kayl Rittenxausga joylashadi, goh yana Portlendga qaytadi. Vashington meri qoshidagi komissiyaning ichiga kirib, Amerika poytaxtidan Vashington va Jefferson haykallarni olib tashlashni (hech bo‘lmasa qayta ko‘rib chiqishni) taklif qilmoqda.

AQSh super quroli o‘z aholisiga qarshi qo‘llanildi: natija?

Hatto tasavvur qilish qiyinki, bu rus nizo qo‘zg‘atuvchilari saylovgacha qolgan ikki oyda yana nimalarga qodir.

Qarabsanki, keyin demokratlar va Baydenni ayblash uchun Trampga suiqasd uyushtirishni sahnalashtirishadi. Yoki Oq uyda o‘zini odamini qoldirish uchun Baydenni gumdon qilishadi. Lekin ularning qo‘lidan kelmaydi: hamma biladiki, ruslar o‘ldirmaydigan, balki Kremlga eltuvchi iz qoldiradigan dahshatli “Novichok” bilan zaharlashadi. Amerika saylovlaridagi “rus izi” singari shunday aniq.