O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bermorlarning 20 mingdan ziyodi sog‘aydi

Yangi kasallanish holatlari oltita hududda: Toshkent shahrida, Samarqand, Toshkent, Namangan va Navoiy viloyatlarida, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi orasida aniqlangan.
Sputnik

TOShKENT, 8 avg - Sputnik. Bugunga qadar O‘zbekistonda 20 380 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan, deb xabar qildi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Olimlar koronavirusning zaif joyini aniqladi

8 avgust 10.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29459 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari oltita hududda: Toshkent shahrida (185 nafar), Samarqand viloyatida (28), Toshkent viloyatida (10), Namangan viloyatida (5), Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4), Navoiy viloyatida (2) aholi orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, tun davomida koronavirusga chalingan Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli ayol hamda Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 84 yoshli bemorlar vafot etishgan. 

Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatga olinadi

Infeksiya qurbonlari soni jami 185 nafarni tashkil qilmoqda.

Respublikada 8894 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 786 nafari og‘ir, 275 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Eslatib o‘tamiz, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 18 902 735 inson ushbu infeksiyani yuqtirgan, qurbonlar soni 709 511 nafarga yetgan.