F-35 modernizatsiyasi - to‘kilgan obro‘ oqibati

Bugungi kunda F-35 Lightning II - bu 4-chi avloddagi tovush tezligigacha tezlasha oladigan qiruvchi samolyot bo‘lib, texnologik jihatdan tuzatib bo‘lmaydigan beshta muhim kamchiliklarga ega. Uni 6-avlod samolyotiga aylantirish - marketing xolos.
Sputnik

Bugungi kunda Amerikaning maqtalgan “Chaqmog‘i”ning texnologik jihatdan tuzatib bo‘lmaydigan beshta muhim kamchiligi bor.

AQSh aviatsiyaning yuqori texnologiyalarida yetakchilik qilishdan ko‘ra reklama qilish va sotishni yaxshiroq eplaydilar. Pentagon mutaxassislarining fikriga ko‘ra, beshinchi avlod talablariga javob bermaydigan, Amerikaning F-35 ko‘p qirrali qiruvchi-bombardimonchi samolyotining yaratilishi va ilgari surilishining uzoq tarixi bunga dalildir.

Lockheed Martin dushanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Amerikaning F-35 samolyotini oltinchi avlod qiruvchi samolyotiga aylantirish niyatini bildirdi. Shuni aytish joizki F-35 Lightning II loyihasida beshinchi avlod parametrlariga erishib bo‘lmadi va yuqori texnologik qadam ham ro‘y bermadi. Qizig‘i shundaki, Yevropaliklar o‘zining oltinchi avlod qiruvchilarining ikkita (AQShdan mustaqil) loyihasini faol ilgari surmoqda, Lockheed Martin esa ittifoqchilar tashabbusini o‘chirishga intilmoqda - ular “sinahta” bo‘lgan F-35 variantiga taqqoslashib, uni ilgari surishmoqda, go‘yo u 2020-2030 yillardagi modernizatsiyadan keyin oltinchi avlodga javob beradi.

AQSh Turkiyani F-35 dasturidan chiqarib yuborishga tayyormi? Siyosatshunosning fikri

Amerikaliklarning F-35 Lightning II ni Yevropa va boshqa ittifoqdoshlariga faol ravishda sotishga (birlik o‘rtacha narxi 100 million dollar) urinishini tushunsa bo‘ladi. Ko‘p qirrali qiruvchi-bombardimonchini yaratish dasturining qiymati taxminan 1,3 trillion dollarni tashkil etdi, investitsiyalar esa foyda keltirishi kerak.

Lockheed korporatsiyasi dunyoning to‘qqiz mamlakatiga 500 dan ortiq F-35 samolyotlarini yetkazib berdi. Har yili 100 dan ortiq “Chaqmoq” ishlab chiqarilmoqda. F-35ning turli xil modifikatsiyalari 2011-yildan beri seriyali ishlab chiqarilmoqda, lekin samolyotlar foydalanishda aviatsiya mutaxassislarining hafsalasini pir qilmoqda. So‘nggi ikki oy ichida Amerikaning yettita qiruvchisi haloqatga uchradi, ular orasidagi uchta "beshinchi avlod" samolyotlaridan ikkitasi F-35A.

Bugungi kunda “Chaqmoq” texnologik jihatdan tuzatib bo‘lmaydigan beshta muhim kamchiliklarga ega. Masalan, bortdagi inert gaz ishlab chiqarish tizimining (OBIGGS) konstruktiv xususiyatlari u uchayotgan paytda yoqilg‘i baklarining portlashiga olib kelishi mumkin - atmosferadagi elektrenergiya zaradi sababli. Faktlar shuni ko‘rsatadiki, F-35 Lightning II - bu 4-chi avloddagi tovush tezligigacha tezlasha oladigan qiruvchi, va u forsajda 1 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqt ichida tezlashishga qodir holos.

Bundan tashqari, “ko‘rinmas” F-35 zamonaviy radarlarda juda yaxshi ko‘rinadi, ayniqsa 1 Max tezlikda ro‘y beradigan korpus qizib ketishida. Tezlik 1,6 Maxdan oshganda samolyotning dumi shunchaki uzilib ketishi mumkin. Pentagon operatsion hususiyatlarni o‘zgartirishga majbur bo‘ldi - endi F-35 qisqa tezlashishga qodir tovush tezligidan past uchuvchi samolyot deb hisoblanadi.

G‘alati “ko‘rinmas”: nima sababdan F-35 dumi tovush tezligidan yuqori tezlikda uzilib tushadi

F-35 Lightning II ning obro‘si anchagina to‘kildi va samolyotni oltinchi avlodga “teleportatsiya qilinishi”ni e’lon qilish vaqti keldi. Unda bir nechta tashqi qurol tizimlari va uchuvchisiz havo vositalarini (tarmoq markazli jangovar operatsiyalar) boshqarish uchun rivojlangan tarmoqli imkoniyatlariga ega bo‘lishi talab qilinadi. Albatta, ittifoqchilarning o‘zlarining global axborot tarmoqlari yo‘q, Pentagon tarmog‘iga ulanish esa F-35 narxlari va samaradorligiga ta’sir qiladi.

Amerikaliklarning biznes-rejasi ko‘rinishidan benuqson, lekin baribir jiddiy voqelikka zid keladi. “Chaqmoq”ning to‘rtinchi (de-fakto) avloddan oltinchi avlodga evolyutsion aylanishi juda imkonsiz ko‘rinadi.

Lockheed Martin va’dalari

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bugungi kunga kelib “havo kuchlarining markazdan uchirilgan qo‘mondonlik va boshqaruv tizimi barcha yo‘nalishlarda keng ko‘lamli hujumlarni tashkil qilish uchun F-35 samolyotlarining hisoblash quvvatidan, sensorlari va aloqa uskunalari ma’lumotlaridan foydalanmoqda”. Bu yerda men aniqlik kiritmoqchiman: bu hujumlar qayerda va qachon amalga oshirilgan, natijasi qanday bo‘lgan? Ammo taqdimotlar voqelikni inkor qiladi.

Lockheed vitse-prezidenti Greg Ulmerning ta’kidlashicha, Tech Refresh 3 yangilanishlar paketi tarkibiga hisoblash qobiliyati kuchaytirilgan yangi integratsiyalangan protsessor, kabina uchun panoramali displey va kengaytirilgan xotira bloki kiradi. Ushbu seriyadagi samolyotlar 2023-yildan konveyerdan chiqa boshlashi kerak. Shu vaqtning o‘zida, yangi dasturiy ta’minot yordamida samolyotning imkoniyatlarini operativ tarzda kengaytirishga imkon beradigan ochiq arxitekturaga ega platforma paydo bo‘ladi.

Karter: Koreya va Yaponiya F-35 qiruvchisidan foydalanishni boshlaydi

Shu o‘rinda eslatib o‘tish joyiz, F-35 qo‘shma dasturiy ta’minot idorasi (JPO) birinchi 66 ta apparat va dasturiy ta’minot yangilanishlarini (2019 yilgi AQSh Kongressiga hisobotda taqdim etgan) belgiladi, ulardan sakkiztasini o‘tgan yili amalga oshirilishi va’da qilingan. Bugungi kunga kelib, faqat sirt bilan to‘qnashuvining oldini olishning avtomatik tizimi tayyor holos. Bajarishning bunday tezligi havotirga soladi, albatta. Biroq, Lockheed Martin sezilarli texnologik qadamni va’da qilmaydi ham, istiqbolda faqat “evolyutsion jarayon”.

Kelajak qiruvchi samolyoti uchun parvoz radiusini 40% ga kengaytirishga imkon beruvchi tashqi yonilg‘i baklari bilan jihozlanishi loyihalashtirilmoqda (havoda yoqilg‘i quyish ancha oson). 2030-yilga kelib F-35 qiruvchilari go‘yoki oltita zamonaviy, “havo-havo” tipidagi o‘rta masofali AIM-260 yoki Raytheon AIM-120 raketalarini tashishi va uzoq masofaga mo‘ljallangan raketalar bilan dengizdagi nishonlarni urishga qodir bo‘ladilar. Ehtimol, o‘n yildan keyin bu bilan hech kimni ajablantirib bo‘lmaydi – AQShning ehtimoliy dushmanlarining barcha kemalari kuchli havo mudofaa tizimlari va gipertovush qurollarga ega bo‘ladi.

AQSh Harbiy-havo kuchlari F-35-ni sun’iy intellekt (jangovar dronlar to‘dasi) bilan jihozlangan arzon dronlar bilan birlashtirish istagini bildirdi. Huddi o‘sha Ulmerning so‘zlariga ko‘ra, yangilash paketiga dronlar tarmoqlarini boshqarish texnologiyasini kiritish hali rejalashtirilmagan, ammo bunga erishish mumkin. “Chaqmoq”ning rivojlanishining yana bir potensial yo‘nalishi – bu raketalarga qarshi mudofaa. Lockheed Martin so‘zlariga ko‘ra, barcha ehtimoliy o‘zgarishlar, F-35-ni “beshinchi va oltinchi avlod qiruvchisi o‘rtasidagi chegarani o‘chiradigan” holatga olib keladi.

Xitoy OAVlari F-22 va Su-57 “jangi” yetakchisini aytdi

Ittifoqchilar va ehtimoliy dushmanlar ham joyida qotib turmasligi ravshan va o‘n yildan so‘ng Pentagonga yaqin bo‘lgan Defense News nashri F-35 qiruvchilarini “yomonlashni” muntazam davom etadi. Qanday bo‘lmasin, keng miqyosli modernizatsiya – deyarli hal bo‘lgan ish. AQSh Kongressiga “Chaqmoqning” yangilanishlari ro‘yxati taqdim etilib bo‘ldi va mudofaa sanoatining tarafdorlari bu bilan to‘htab qolmaydi.

O‘n yillik istiqbollar

“Beshinchi avlod” F-35 Lightning II-ning bir qator qimmat nosozliklaridan so‘ng, AQSh Kongressi oltinchi avlod qiruvchi samolyotlarini yaratish dasturini moliyalashtirishni 2021 moliya yilida 85 foizga qisqartirish niyatini bildirdi. Bunday sharoitda “o‘n yillik modernizatsiya” - korporatsiyaning muvaffaqiyatli qadami.

F-35 modelini modernizatsiya qilishning optimistik ssenariysi global mudofaa xarajatlarining oshirilishini va F-35 samolyotlari sotuvini 4000 tagacha ko‘paytirishni nazarda tutadi. Neytral ssenariysi - mudofaa xarajatlari 2040-yilgacha bir xil darajada qolishini nazarda tutadi, bu esa modernizatsiya dasturini sekinlashtiradi, lekin sotuvga ta’sir qilmaydi. Salbiy ssenariy harbiy xarajatlarni uzoq muddatli qisqartirilishi bilan bog‘liq va modernizatsiya jarayonini sekinlashishi va 2020-2030 yillarda yetkazib berishni qisqartirishi bilan bog‘liq.

Ushbu sxemalar yetarlicha shartli va ko‘plab tashqi omillarni, shu jumladan sayyoradagi qo‘shnilarning texnologik rivojlanishi va qayta qurollantirilishini hisobga olmaydi. F-35 dasturining tajribasi shuni ko‘rsatadiki, katta moliyaviy qo‘yilmalar har doim ham texnologik mukammallik bilan bog‘liq emas. Barcha davlatlar aviatsiya sohasi mutaxassislari amerikaliklar “Chaqmoq”ni oltinchi avlodgacha modernizatsiya qilinishidan nima chiqishini qiziqish bilan kuzatishadi.

Rossiyaning Su-57 qiruvchisi yangi qurol bilan jihozlanadi

Bu yerda oltinchi avlod konsepsiyasi, umumiy jihatlarda, AQShda hali shakllanmagan tizim doirasida “markazlashgan tarmoq” samolyotini nazarda tutishini tushunish muhimdir (yevropalik ittifoqchilarda ham bunaqasi yo‘q). Hatto mavjud (aslida to‘rtinchi avlod) F-35 modifikatsiyalarining dasturlari ham mukammal emas. Ochiq arxitektura va gipertovush qurol – hali beri loyihada. Dvigateli zaif. Ko‘rinmaslik – afsona sohasidan. F-22 va F-35 qiruvchilarining jangovar samaradorligi yuqori texnologiyali dushman bilan to‘qnashishi orqali sinovdan o‘tkazilmagan. Suzuvchi koordinatalar tizimida ko‘r-ko‘rona “modernizatsiya”ning keyingi yo‘li muvaffaqiyat qozonishni kafolatlamagan.

Ehtimol, Amerika “Chaqmoq”larining maqsadi texnologik muvaffaqiyat emas, ahir yaqqol “ishkal”lari va yuqori narxiga qaramay, to‘qqiz mamlakatga 500 ta samolyot sotilib bo‘lgan.

Agar "xom" qiruvchilarni sotish qobiliyati foyda keltirayotgan bo‘lsa, yuqori texnologiyalar asosiysi emas, xususiyatlarga bezak berish, cheksiz modernizatsiyalar, “markazlashgan tarmoq” doirasidagi jangovar harakatlarga tayyorgarlik - faqatgina aql bovar qilmas mahsulotni “Yulduzlar urushi” yoki “Mashinalar qo‘zg‘oloni” uslubida marketing va reklama qilishga xizmat qiladi holos. Lockheed Martin esa 2024-yilga kelib har yili 180 ta F-35 Lightning II qiruvchilarini ishlab chiqarishni va’da qildi.