90-yillarda killer bo‘lishni taklif qilishgan - Olimpiada 80 sovrindori Yambulatov

Sportchilar uchun 90-yillarda ish topish oson bo‘lmagan. Menga  hatto killer bo‘lishni jiddiy taklif qilishgan edi, ammo men darhol bunday takliflarga qiziqmasligimni tushuntirdim.
Sputnik

Xalqaro sport ustasi, Olimpiada-80 trapdan o‘q uzish bo‘yicha kumush medal sovrindori Rustam Yambulatov Sputnik O‘zbekiston bilan suhbatda ushbu sport turiga qanday kelgani, Moskvada oltin medalni qo‘lga kiritishiga nima xalaqit bergani va bugungi kundagi orzulari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘q otish bolalikdan sevimli mashg‘ulotim

Oilamda ovchilar, tanishlarim orasida stendli yoki o‘qli otish bilan shug‘ullanadigan bo‘lmasa ham, men bolaligimdan o‘q otishni yaxshi ko‘rarganman. Men miltiqdan juda yaxshi o‘q otganim sababli stendli o‘k otishga kirib qoldim. Bir qo‘shni bola menga stendli o‘q otishni boshlaganini aytgani esimda. Shunda  men ham ushbu to‘garakka borib ko‘rishim kerak. Men bordim va menga bu sport yoqib qoldi. Sinovda menga 7ta patron berishdi va men ketma-ket 5 ta uchuvchi nishonni urib tushurdim, shundan so‘ng meni qabul qilishdi.

90-yillarda killer bo‘lishni taklif qilishgan - Olimpiada 80 sovrindori Yambulatov

To‘garakka muntazam qatnashishga imkon bo‘lmadi, chunki murabbiyimiz 84-zavodda ishlardi va har doim ham mashg‘ulotlarga kela olmasdi. Keyin likopchalarni uchirib turadigan operator Kolya amaki – “Paxtakor”da mashg‘ulot olib borgan O‘zbekiston SSR terma jamoasi murabbiyi Nikolay Afanasyevich Strushenkoga murojaat qilishni maslahat berdi. Biz bu sportklubga bir yarim oy davomida bordik - biz faqat patronlarni yuklardik, ustalar esa otishardi. Keyinchalik Turkiston harbiy okrugi murabbiysi Vladimir Petrovich Pyanovskiyda o‘rganishni boshladik.

9-sinflik vaqtimda noto‘g‘ri sozlangan miltiq birinchi marta yuzimga qattiq urilgan edi. Esimda o‘shanda ko‘zim ancha vaqtgacha yaxshigina ko‘karib yurgan.

Miltiqni biroz qirqib, biroz shilib, rezina amortizator qo‘yishga to‘g‘ri keldi, shundan keyin qaytarish kuchi bunchalik ancha yengil bo‘lgandi.

Guruhimizdagi yigitlar kuchli edi. Aleksandr Alipov - o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempioni. Umuman uning oilasi sportchilar oilasi bo‘lgan va uning o‘g‘li keyinchalik Olimpiada chempioni bo‘ldi.

“Yo uni olasizlar, yo men partiya biletimni stolga qo‘yaman”

Men Moskva Olimpiadasiga jiddiy tanlov orqali bordim. U yerda ballar tizimi bo‘lgan va men 300 ballga yaqin to‘pladim - ikkinchi o‘rin ballaridan ko‘proq. Sovet Ittifoqi chempionatida men birinchi natijani ko‘rsatdim, ammo menga agar kuchli oltilikka kirsam ham, Olimpiada o‘yinlarida qatnashishim mumkinligini aytishgan.

O‘zbekiston va boshqa respublikalarning Olimpiada-80 ga tayyorgarlik ko‘rishdagi roli

Ammo shunday bo‘ldiki, Igor Semenov va men bir xil ochko to‘pladik. Meni “otishma” hozir boshlanishi haqida ogohlantirishmagan va men maydonga ko‘zoynaksiz, naushniksiz yugurdim, yo‘lda bir quti patron va qurolimni ushlab oldim. Havo bulutli edi, va men birinchi nishonni o‘tkazib yubordim, ko‘rolmay qoldim. U esa 25ga urdi. Moskva shahar qo‘mitasining birinchi kotibi bizning chempionimiz moskvalik, Yambulatov esa ikkinchi degan. Ammo keyin Aleksey Alekseyevich Klepov, SSSR milliy stendli otish terma jamoasi murabbiyi: “Men Semonov kimligini bilmaymanu, lekin men bu faqat otishga mo‘ljallangan mashinani yaxshi bilaman”, dedi. Shundan keyingina men ham Olimpiada o‘yinlarida qatnashishim to‘g‘risida qaror qilishdi.

“Bizda patronlar bo‘yicha cheklovlar bo‘lmagan”

Men Olimpiada o‘yinlarida qatnashishimga 100%ga ishonchim komil bo‘lgan. Kimdir miltiqni tashlab qo‘ygan, men esa uni doim harakatda ushlab turganman. Menda “tanklar” bo‘lmagan. U yerda Rossiya, Ukraina kabi respublikalardan kuchli ishtirokchilar bo‘lgan. Men o‘zbekistonlik edim va Olimpiada o‘yinlariga borish uchun men hammadan bir pog‘ona balandroq otishim kerak edi. Shunda ham oxirgi daqiqalarda partiya organlari aralashmoqchi bo‘lishgan, ammo murabbiy nomzodimni himoya qildi.

90-yillarda killer bo‘lishni taklif qilishgan - Olimpiada 80 sovrindori Yambulatov

Olimpiadaga juda jiddiy tayyorgarlik ko‘rganmiz. Bu minglab kilometr yugurish, yuzlab kilometr suzish, nishonlarga qarata otilgan yuz minglab patronlar. Sovet Ittifoqi milliy jamoasida na patronlarda, na qurol-yarog‘da cheklovlar bo‘lmagan. Olimpiada o‘yinlariga olti oy qolganda meni Chelyuskin stansiyasi omboriga taklif qilishdi, 10 ta miltiqni qo‘yishdi va ulardan birinchi bo‘lib tanlashimni aytishdi. Men darhol beshtasidan voz kechdim, qolganidan uchtasini tanlab oldim. Keyin ikkalasi ham yaxshi bo‘lishiga qaramay, ulardan birini o‘zimda qoldirdim. Ularni uch-to‘rt soat davomida tanladim. Va fevral oyida bo‘lib o‘tgan Butunittifoq musobaqasida men oltin medalni qo‘lga kiritdim. Men 194ga urdim, 8 turkumdan oxirgi 50tasi, ikkitasi 25dan. Qolganlar esa 24 turkumdan. Va keyin esa Olimpiada o‘yinlarida - 196ni.

“Sovet Ittifoqi Olimpiada qanday bo‘lishini ko‘rsatdi”

Moskva Olimpiadasi barcha zamonlar va xalqlarning eng yaxshi olimpiadasi bo‘ldi, chunki Sovet Ittifoqi barcha pulni bu bizda qanday bo‘lishini ko‘rsatish uchun sarflagan. Hech kim hech qachon insoniyat tarixida bunday Olimpiya shaharchasiga ega bo‘lmagan. U yerda butun jahondan 20 ta restoran ishlagan. Sportchilar yaxshi qo‘riqlanishgan. Mashqlar o‘tkazilgan hududda fuqarolar kiyimida KGB zobitlari shay turishgan. Devor bo‘ylab har 30 metrda militsionerlar turishardi - u yerda hatto pashsha ham o‘tolmasdi. Va bugun Rossiya Sochi Olimpiadasida va futbol bo‘yicha jahon chempionatida eng yaxshi tashkillashtirishni namoyish etmoqda. Chet el olimpiadalarida tijoriy manfaatlar bo‘lsa, bu yerda bu unutiladi: asosiysi - obro‘.

Hammasi daqiqagacha tashkillashtirilgan edi. Masalan, Moskvada meni murabbiyim Igor Vitalyevich Lustin qo‘llab-quvvatlagan. Biz u bilan yaxshi ishladik. Mening Mitishida xonam bor edi, unda yashash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Murabbiy meni maydonchaga o‘zi olib borib, o‘zi kutib olardi. Hech kim menga yaqinlasha olmasdi. Biz Olimpiya shaharchasiga faqat sayyohlik safariga boganday borar edik, Chelyuskinskaya stansiyasida joylashgan “Podlipki” sanatoriysida esa yashaganmiz. U yerda Kardiologiya markazi bor edi. Bu binoda murabbiylar va sportchilar istiqomat qilishgan. Uni qo‘riqlashar edi, hamma joyda militsiya turgan.

90-yillarda killer bo‘lishni taklif qilishgan - Olimpiada 80 sovrindori Yambulatov

Bizga albatta bitta mashina hamroxlik qilgan, masalan, biz attestatsiyadan o‘tish uchun Olimpiya shaharchasiga borganimizda. Biz mikroavtobusda ketar edik, oldimizda esa militsiya “Volga”si harakatlanar edi. U harakatni to‘xtatish uchun yo‘lni to‘sib qo‘yardi, keyin bizning olimpiadachilarni tashiyotgan avtobusimiz harakatlanardi va ortimizdan yana bir mashina, shundan keyingina Volga ketardi. Shunday holat ham bo‘lgan, katta axlat tashiydigan mashinada bir yigit patrul mashinasini aylanib o‘tib, deyarli bizga urilishiga oz qoldi. Devor kabi oqarib ketgan DAN mayori chiqdi va jimgina haydovchilik guvohnomasini olib, maydalab yirtib tashladi.

O‘zbek chavandozi va Olimpiada-80 boshqa SSSR qahramonlari – foto

Biz hech qanday siyosatni his qilmaganmiz, u yerda hamma do‘st edi: agar siz zo‘r sportchi bo‘lsangiz, hamma sizni taniydi va hurmat qiladi. Albatta, ba’zi mag‘rurlanib ketganlar ham bo‘lgan, ammo Sovet Ittifoqi sportchilari bunday bo‘lmagan.

O‘yinlarda ko‘plab do‘stlar orttirdim. Shagayev bilan murabbiylik ishi bo‘yicha tez-tez uchrashardik. U keyin Avstraliyaga ketib qolgan. Menimcha, u hozirda Singapurda yashaydi. Larisa Pavlova O‘zbekiston sport qo‘mitasida ishlagan. Ro‘ziyev O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi raisi bo‘lgan. U meni 1996-yilgi Olimpiada o‘yinlariga yuborishi mumkin edi, ammo boshqasini yuborishni talab qilishdi. Unda men oltin medalni 100% yutib olishim mumkin edi, chunki unda hali yosh edim va doim otish bilan shug‘ullanganman, men unda 46 yoshda edim. Bu sport turi uchun bu umuman chegara emas. Masalan, 34 yoshdan 53 yoshgacha o‘q otish bilan shug‘ullangan fransuz o‘qchisi Mishel Karrega bir necha bor jahon chempioni bo‘lgan, ammo Olimpiada medallarini qozonmagan. Uning hovlisida hatto ikkita otish maydonchasi bo‘lgan.

“Oltin”ga bir qadam qolganida

Moskvadagi o‘yinlardagi muhit juda jiddiy edi va raqobat shiddatli. Ba’zi davlatlar, shu jumladan amerikaliklar, SSSRga kelishni rad etishdi, ammo italiyaliklar kelgan. Ular o‘q otish sporti dunyosida peshqadamlar. Eng yaxshi miltiq va patronlar Italiyada ishlab chiqariladi va shunga mos ularning o‘qchilari ham yaxshi. U yerda 40 ming sportchi faqat trapdan o‘q otishadi. Anchagina kuchli raqiblar tashrif buyurishgan. Esimda, mashqlarda olti kishi ishtirok etgan va ularning barchasida bitta xato bo‘lgan yoki umuman bo‘lmagan, ya’ni ularning barchasi 150 tadan 150 tasini urgan. Darajasi juda yuqori bo‘lgan.

90-yillarda killer bo‘lishni taklif qilishgan - Olimpiada 80 sovrindori Yambulatov

Men o‘z sport formamga biroz erta ega bo‘ldim, va bu formada xato qilishim qiyin edi. Ilgari asablarim temirday edi, ammo hozirda ular bo‘shashib ketgan. Shunday holat bo‘lganki, men ohirgi nishonni o‘tkazib yubordim va onam nima bo‘lganda ham bronza yoki kumush medalim borligidan hursand bo‘ladi degan fikr xayolimga keldi. Keyin xonaga kirdim, o‘tirdim, raqibimga qaradim, va ikki metrli erkak qo‘llari qaltirayotganini ko‘rib o‘yladim: mana endi sen bilan shug‘ullanamiz. Men 25 ga urdim, u esa 11-chi yoki 12-chi nishonlarni o‘tkazib yubordi.

Keyin pozitsiyamga chiqdim. Otish maydonida avval birdaniga yurak urishim ko‘tarilib ketdi, so‘ng naushnikda yuragim bir hilda urayotganini eshitdim, endi otsa bo‘ladi va 25 ga urdim. Bizning sportimiz shunaqa: odam ko‘rinishidan xotirjam, harakatlari yumshoq, hech qanday diqqatchilik yo‘q, ammo yuragi urishi tezligi 170 dan oshgan... Uning ichi jumbushga kelgan.

Olimpiada-80 sirlari: KGB, lo‘lilar baronlari va jinoyatchilarning chiqarib yuborilishi – video

Stendli otish – bu xuddi, boks kabi jang turi. O‘z o‘zingni yengishing kerak, buyruq berilganda bitta ham xatoga yo‘l qo‘ymaslik va hamma narsani to‘g‘ri bajarish kerak. Agar xayoldan biron bir ortiqcha fikr o‘tsa, odam albatta nishonni o‘tkazib yuboradi, chunki uning dastlabki tezligi 40 m/s. Ushbu sport turiga atigi bir nechta odamlar tanlab olinadi, barchasi mos kelishi kerak.

Men oltinni yuta olmadim, chunki keragidan ortiq mashq qilib yubordim. Murabbiyga formami shakllantirib olganimni, o‘tkazib yubormasligimni aytdim. U meni sinab ko‘rishga qaror qildi. Men 25 ga urdim. Keyin menga havoga, nishondan o‘tkazib  o‘q otishimni so‘radi, keyin yana nishonga. Men yana 25ga urdim, ammo baribir biz yana 5-6 ta mashg‘ulot o‘tkazdik. O‘ylaymanki, natijada aynan shu yutqazishimga sabab bo‘ldi.

To‘rt yildan so‘ng qasdimizni ololmadik – qaror qabul qilish kerak bo‘lgan oxirgi kunda biz uchishdan bosh tortdik. O‘sha paytda men juda zo‘r formada edim, ikki yuzdan 199, 200 ni urardim. 1984-yilda 17 musobaqadan o‘rtacha 197,3 ball to‘plaganman, raqiblarim esa 191 ball bilan Olimpiada g‘oliblari bo‘lishgan.

Olimpiadadan keyin men yana bir necha kun Moskvada qoldim - skitimiz qanday otayotganini ko‘rmoqchi bo‘ldim. Yana biroz Olimpiya shaharchasida yashashni xohladim. Olimpiada sovrindori sifatida menga u yerdan kvartira ajratishdi va men u yerda olimpiadachilar qanday yashayotganini tomosha qilib yurdim. U yerda musiqiy kechalar uyushtirilardi. Bayramdan huzurlansa bo‘lardi.

Mukofot puliga – “kumush” uchun ikki ming rubl - men o‘zimga o‘sha paytdagi tanqis bo‘lgan Yugoslaviya linoleumidan uchta rulon sotib oldim. Har bir bo‘lagi - 25 kvadrat metr bo‘lib, narxi 500 rubl bo‘lgan. Va u mening uch xonali kvartiramga yetarli bo‘ldi.

Murabbiylik faoliyati

1985 yilda men O‘zbekiston terma jamoasiga murabbiylik qildim. Biz Ittifoqda 4-chi o‘rinni egalladik. Keyin mening nomzodimni mos emas deb topishdi va men Tailandga jo‘nadim. Men u yerda uch oy ishladim va shu vaqt ichida mening shogirdlarim 2ta yoki 3ta medalni qo‘lga kiritdilar, va ular men bilan ikki yilga shartnoma tuzdilar. Men u yerda bir yil ishladim va yana 5-7 medalni qo‘lga kiritdim.

90-yillarda killer bo‘lishni taklif qilishgan - Olimpiada 80 sovrindori Yambulatov

Men Tailanddan Quvaytga ketdim va u yerda xalqaro murabbiy sifatida ishimni boshladim. Biz jami 300 ta medalni qo‘lga kiritdik. Men Bruneyda shayx Salmon Al Sabah bilan tanishdim, u Kuvayt stendli o‘q otish federatsiyasining prezidenti edi. Esimda, Bruney shayxi va shahzodasi bitta turkumda otishayotgan edi. Men unga qanday yaxshiroq otishni tushuntirib berdim va u munosib ravishda o‘zini ko‘rsatdi. Keyin undan ushbu mamlakatga kelish taklifi tushdi.

1990-chi yillarda ish topish oson bo‘lmagan, ko‘plab sportchilarga, ayniqsa o‘qchi va kurashchilarga jinoyatchilikka o‘tish taklif qilingan. Masalan, menga  killer bo‘lishga jiddiy taklif kelib tushgan. Ammo men darhol bunday takliflarga qiziqmasligimni tushuntirdim.

Olimpiada-80 sirlari: tribuna qanday jonlangani va ayiqcha qayerga uchib ketgani haqida

Bir muddat Amirliklarda va Hindistonda ishladim. Shaxsiy mutaxassis sifatida mashg‘ulotlar o‘tkazdim. Menga barcha dunyo yulduzlari, shu jumladan Olimpiada chempioni Aleksey Alipov, keyin esa bo‘lajak Olimpiada chempioni David Kosteleskiy ham, murojaat qilishgan. U mening oldimga Quvaytda kelgan, keyin Yevropada ishlash uchun jo‘nab ketdi. Rossiyadan ham takliflar bo‘lgan, ammo texnik sabablarga ko‘ra bu amalga oshmadi.

Yuzlab bolalar orasidan men tayyorlash uchun doim atigi ikki-uchtasini tanlab olaman – ichki sezgimga quloq solaman. Tabiyatan qobiliyatli tarbiyalanuvchilar ham bo‘ladi, ammo ko‘p narsa maktabga bog‘liq. Agar hammasini to‘g‘ri joylashtirib, munosib poydevor yaratilsa, u holda odamdan chempionni tarbiyalash mumkin. Mukammal texnikaga erishish uchun ko‘p vaqt va asablar kerak. O‘rganishi oson bo‘lgan bolalar bo‘ladi, qiyinlari ham bo‘ladi. Ular shunchaki turlicha.

Biz O‘zbekistonni o‘q otish sporti markaziga aylantirishimiz mumkin

O‘zbekiston xalqi mehnatkash. Mening vazifam - O‘zbekistonlik sportchilaridan tarkib topgan terma jamoani tayyorlash va ularni jahon chempionlari qilish. Hozirda yangi federatsiya ushbu sport turini jonlantirishga harakat qilmoqda, ammo koronavirus tufayli hammasi to‘xtab qoldi: mana bir necha oydan beri hech qanday mashg‘ulotlar bo‘lmadi.

Federatsiya natijalarga ishlashi uchun, uni moliyalashtirish kerak. Yaxshiyamki, federatsiyaning amaldagi raisi moliya sohasini yaxshi biladigan inson: u tashkilotning moliyaviy tuzilmasini isloh qildi va bir nechta homiylarni jalb qildi. Bu texnik bazani yangilashni boshlash, otish maydonlarini ta’mirlash ishlarini bajarish va bir qator sportchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkonini berdi.

Shuningdek, biz kerakli miqdorda patronlarni olib kelishimiz, miltiqlar sotib olishimiz kerak, chunki bizning qurollarimiz kamida qirq yoshda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev endilikda sportni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda, sportchilar va murabbiylar uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratmoqda. Maqsad - o‘zbek sportini yuqori pog‘onaga ko‘tarish. Biz allaqachon patron va miltiqlarni sotib oldik. Koronavirus tufayli o‘z-o‘zini yakkalash tugashi bilanoq biz mashg‘ulotlarni boshlaymiz. Avallari biz doim O‘rtasaroydagi otish maydonchasiga borardik.

Olimpiada-80 O‘zbekistonda ish jadvalini qanday o‘zgartirib yubordi - To‘xtamirzayev

Moliyalashtirish masalasi sport turimizda juda muhimdir. Masalan, Germaniyada, agar siz istiqbolli o‘qchi bo‘lsangiz, federatsiya miltiqning yarim narxini to‘lab beradi, ya’ni davlat homiy sifatida chiqadi, ammo shu bilan birga miltiq sizniki bo‘lib qoladi.

Bir vaqtlar men bu yerda zavod qurmoqchi edim, ammo unda bu qiyin masala edi. Nazariy jihatdan, buni hozir amallasa bo‘ladi, asosiysi hukumat buni rivojlantirishdan manfaatdor. Bizda yong‘oq, o‘ymakor-ustalar bor, ular juda go‘zal miltiqlar yasaydilar - bu butun dunyoda qadrlanadi. Ba’zida miltiqning gravirovkasi miltiqning o‘ziga qaraganda ancha qimmatroq bo‘ladi. Bizda metall bilan ham bog‘liq muammolar bo‘lmaydi. Bizning mutaxassislarimiz Italiyadagi mashhur “Beretta” zavodiga borib kelishdi. Ular bilan qo‘shma korxonani yo‘lga qo‘yish rejalari bor.

Mening yana bir orzuim - dunyoda eng yaxshi otish maydonini qurish, shunda hamma O‘zbekistonda mashq qilishni orzu qilgan bo‘lar edi. Bizda deyarli yil davomida o‘q otish mumkin: qish yo‘q, go‘zal shahar, gullab-yashnayotgan respublika, bu yerda har narsani rivojlantirishga sharoit bor va odamlari ham yaxshi.

Hozirda o‘q otish sport federatsiyasi qayta tug‘ilishni boshdan kechirmoqda, shuning uchun sportchilarimizning yangi yutuqlari va rekordlariga ishonchim komil. O‘zbek bokschilari allaqachon o‘zlarining iste’dodini butun dunyoga isbotladilar, endi navbat o‘qchilarga.

90-yillarda killer bo‘lishni taklif qilishgan - Olimpiada 80 sovrindori Yambulatov