Faqat kumush medallar sof bo‘lgan: 1980-yilgi Olimpiada medallari haqida

Moskva Olimpiada o‘yinlari medallari, ularning dizayni va tarkibi va “talabsiz qolib ketgan” nusxalarga nima bo‘lganligi haqida - Sputnik materialida
Sputnik

1980 yilda XXII yozgi Olimpiada o‘yinlariga medallar chizmalari 1974-yil oktabr oyida Moskva sport musobaqalari poytaxti etib tanlanganidan so‘ng darhol yaratilishi boshlangan. Sovrinlarning o‘zi 1977-yil may oyida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining Afinada bo‘lib o‘tgan 80-chi sessiyasida tasdiqlangan.

Saksoninchi yillar olimpiadasi: Brejnev maktubi haqida afsona va boykot haqiqati

Goznak ma’lumotlariga ko‘ra, Leningrad zarbxonasida (hozirda Sankt-Peterburg zarbxonasida) 444 oltin, 444 kumush va 463 bronza mukofotlari zarb qilingan.

Muallif taqdiri: erta tan olinishi va kutilmaganda tark etishi

1977 yil boshida Olimpiada-80 tashkiliy qo‘mitasi medal uchun eng yaxshi chizmani tanladi.

Old tomoni o‘zgarishsiz qoldi - g‘alaba ma’budasi Nika Kolizey fonida chap qo‘lida palma novdasini, o‘ng tomonida esa dafna gulchambarini ushlab turadi. Florensiyalik rassom Juzeppe Kassiolining ushbu surati XOQ tomonidan 1928-yilda tasdiqlangan. O‘shandan beri medalning bu tomoni o‘zining ko‘rinishini saqlab qoldi, faqatgina O‘yinlarning tartib raqami va o‘tkazilgan yili o‘zgargan.

Moskva-1980 Olimpiya o‘yinlari mash’alasi tarixi va sirlari

Shuningdek, mukofot berilgan sport turi nomi an’anaviy ravishda medalning chetiga yoki yonboshiga muhrlangan.

Ammo uning orqa tomonida stadion arenasi fonida alangalanib yonayotgan olimpiya kosasi chizilgan bo‘lgan. O‘ng tepa tomonda - Moskva Olimpiadasining rasmiy timsoli – Kreml minorasi shaklidagi yugurish yo‘laklari va Olimpiya uzuklari tasviri. Ushbu loyiha bilan tashkiliy qo‘mita a’zolari XOQning navbatdagi sessiyasiga jo‘nadilar.

Faqat kumush medallar sof bo‘lgan: 1980-yilgi Olimpiada medallari haqida

Moskva Olimpiadasi medalining muallifi yosh, iste’dodli haykaltarosh Ilya Postol bo‘ldi - o‘sha paytda u 30 yoshda edi. U otasi, taniqli sovet haykaltaroshi, restavrator va ustoz, ko‘plab monumental inshootlar muallifi, shu jumladan Dubosekovo razyezdidagi "28 Panfilovchi-qahramonlar" va Moskvadagi "K-19 dengizchi-yadrochilariga" muallifi, otasi Aleksey Postolning izidan bordi.

Ilya Postolning zamondoshlarining so‘zlariga ko‘ra, u ham monumentalizmga intilgan. U esdalik medallarini yaratish ustida ko‘p ish olib bordi. Olimpiada-80 o‘yinlari mukofotlaridan tashqari, uning asarlari orasida "Rus cho‘qintirilishining ming yilligi 988-1998", "Igor qo‘shini haqida so‘z” qadimgi rus adabiyoti yodgorligining 800-yilligi” medallari bor. Shu bilan birga alohida milliy ahamiyatga ega bo‘lgan ba’zi medallar platinadan quyilgan.

O‘zbekiston olimpiada o‘yinlarida qancha medal olgan?

Ammo haykaltaroshning taqdiri fojiali yakun topdi: 1988-yilda 38 yoshida Ilya Postol haloq bo‘ldi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u shafqatsizlarcha o‘ldirilgan.

"Ortiqcha" medallar qayerga g‘oyib bo‘ldi?

Qizigi shundaki, Leningrad zarbxonasida ishlab chiqarilgan 444 ta oltin, 444 ta kumush va 463 ta bronza medallaridan birinchi va ikkinchi o‘rinlar uchun 204 tadan sportchi, uchinchi o‘rin uchun esan 223 ta sportchi mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

"Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) har doim ma’lum miqdordagi medallarni buyurtma qiladi. Ular majburiy ravishda zahira bilan chiqariladi, chunki ba’zi sport turlarida ikkita chempion bo‘lishi mumkin. Ortiqchasini esa qo‘mita har doim o‘zida qoldiradi. Xuddi XOQga, esdalik sovg‘alari va boshqa Olimpiada ramzlarining barcha huquqlari o‘tgani singari. XOQ roziligisiz medallarni qabul qiluvchi mamlakatning muzeylarida ruxsatsiz qoldirib bo‘lmaydi, ruhsatsiz hatto medal nushasini ham tayyorlab bo‘lmaydi", - deya tushuntiradi  Vitaliy Smirnov, SSSR Olimpiya qo‘mitasining sobiq raisi va Rossiya Olimpiya qo‘mitasining prezidenti.

Tokio Olimpiadasining yangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Vitaliy Smirnov Olimpiada tarixida sportchilar mukofotlarini olmagani holatlar bo‘lganini va bu medallar ham XOQda qoldirilishini eslatdi. Bunday holat 1972-yilda bo‘lgan, unda AQSh basketbolchilari butun tarkibda ikkinchi o‘rin uchun medallar topshirilishi taqdimotiga chiqishmadi. Shunda mukofotlarni faqat SSSR jamoasi – birinchi o‘rin uchun oltinni, Kuba – bronzani olishdi.

Vitaliy Smirnov tushuntirishicha, Olimpiada medallarining tarkibi ham XOQ qoidalari va talablari bilan qat’iy tartibga solinadi. U yildan-yilga o‘zgarishi mumkin, ammo Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining ko‘rsatmalariga aniq mos kelishi shart.

Faqat kumush medallar sof bo‘lgan: 1980-yilgi Olimpiada medallari haqida

Olimpiada-80 medallari tarkibi quyidagicha bo‘lgan: oltin medal aslida olti gramm oltin bilan qoplangan 925-probali kumush, kumush medal - aralashmasiz 25-probali sof kumush, bronza esa - mis (88-97%) va rux (10 %dan ko‘p bo‘lmagan) tompak qotishmasidan tayyorlangan bo‘lgan.

Medallar hisobi bo‘yicha SSSR jamoasi birinchi bo‘ldi - sovet sportchilari 80 ta oltin, 69 ta kumush va 46 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

GDR sportchilari 47 oltin, 37 kumush va 42 bronza medallari bilan ikkinchi bo‘ldi. Uchinchi esa - Bolgariya terma jamoasi sportchilari 8 oltin, 16 kumush va 17 bronza medaliga ega bo‘lishdi.