TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. 4992 kilometrdan tashkil topgan masofada salkam 5 ming yuguruvchi ishtirok etgan. Ushbu misli ko‘rilmagan yugurish to‘rt davlat va SSSRning uch respublikasi hududi bo‘ylab qanday bo‘lib o‘tganini Sputnik o‘sha voqealarda bevosita ishtirok etganlardan so‘rab bildi.
Qaysi biri yaxshi?
Olimpiada mash’alasi estafetasi kuratori Andrey Kislov hozir 84 yoshda. U SSSR Olimpiya qo‘mitasi prezidiumining a’zosi edi va mash’alani Moskvaga olib kelishning turli variantlari ishlab chiqilganini xotirlaydi.
“Uni Quddusdan muqaddas olov berishilishi singari Olimpiyada yoqib, samolyotda bir kunda yetkazib berish mumkin edi. Olovni yuguruvchilar tomonidan yetkazilishi, estafeta o‘tkazish qaroriga birdan kelgan emasmiz”, - deya tan oladi Andrey Kislov.
Aslida tashkilotchilarni olimpiya olovi estafetasi ilk bor 1936-yilda o‘tgani va atletlar mash’al bilan Berlin – natsist Germaniya poytaxti orqali yugurib o‘tgani ikkilantirib qo‘ygandi.
“Shunga qaramasdan yuguruvchilar yetkazib berishi g‘oyasi ma’qul bo‘ldi. Biz yuguruvchilar yetkazib beradi degan to‘xtamga keldik. Tanaffussiz. Besh ming yuguruvchilarning har biri uchun libos, poyabzal, mayka va mash’al tayyorlash lozim edi. keyin ular qaysi mamlakatlar uzra yugurub o‘tishlarini o‘ylay boshladik. Butun yer sharini aylanib chiqsa bo‘ladi degan fikrlar ham bildirilgandi”, - deydi u.
Pirovardida Gretsiya, Bolgariya, Ruminiya va uchta Sovet respublikalari Moldova, Ukraina va RSFSR orqali to‘g‘ri yo‘lni tanlandi.
Chegara masalasi
Estafeta yo‘li o‘tgan mamlakatlar sotsialistik edi. Ulardan birini boshqa boshqa yo‘llar bilan aylanib o‘tib bo‘lmasdi. Bu Gretsiya. U kapitalistik mamlakat bo‘lish bilan bir qatorda NATO a’zosi ham edi.
“Biz ko‘proq siyosiy divident olishni xohlardik. Axborot maydoni o‘ta ta’sirchan edi. Biz Olimpiadani SSSrda o‘tkazilishi nafaqat Yevropaga, balki butun dunyoga televizion darcha ochishini anglardik. Olimpiya estafetasi – bu amaldagi olimpiya kuchi. Barcha shodlanadi, sportchilarni kuzatib ko‘yadi. Kimdir yig‘laydigan, kimdir kuladigan shunday hodisa. Bir oy matbuotda biz haqimizda yozilgan qo‘shimcha sabab bo‘lgan. Biz esa bundan faol foylaganganmiz”, - deya hikoya qiladi Kislov.
U yugurish yo‘li olimpiya qo‘mitalari va hukumatlar bilan kelishilganini ta’kidlaydi. Og‘izda hammasi tayyor edi. Lekin Kislov va Olimpiya qo‘mitasining boshqa a’zolari mashinada bo‘lajak estafeta yo‘lini boshlanishidan yarim yil oldin ko‘zdan kechirib, kamchiliklarni aniqlashdi.
“Biz Gretsiya va Bolgariya chegarasiga keldik. Bolgarlar chegara ko‘prigining u tomonida kutib turishibdi, lekin ular bilan aloqa yo‘q. “Yuguruvchini ham, sizni ham chegarani kesib o‘tishda otib tashlashlari mumkin, - deyishdi bizga yunonlar. – Kim sizlar uchun javob beradi?” Boshimizni qashidik. Hukumatimiz Bolgariya hukumatiga murojaat qiladi. Chunki hazil-hazilu, lekin askarlarda farmon bor, va ular buni bajarishadi. Ish jiddiy. Shunga qaramasdan masalani hal qilishga muvaffaq bo‘lindi”, - deya xotirlaydi u.
Muammo yo‘q edi, ehtimol, yuguruvchilarning o‘zi ham chegarani kesib o‘tmaganligi ham bunga sabab. Faqat olov.
Irina Dzidziguri 1980-yilda Moskva olimpiadasi tarjimon sifatida ishlagan. U o‘shanda yunon yuguruvchisi chegaragacha yugurib kelgani, boshqa tomondan esa uni estafetaning bolgar ishtirokchisi qarshi olganini hikoya qilib berdi.
“Sportchilar mash’alani birlashtirishdi, bir-birlarinikini yoqishdi. Biri yugurib ketdi, boshqasi esa qoldi. Tashkilot qo‘mitasi a’zolarigina chegarani kesib o‘tishgan. Pasport, vizalar tayyorlangandi”, - deydi u.
Mehmondo‘stlik va muammolar
Estafeta arafasida SSSR Olimpiya qo‘mitasi a’zolari kutilmagan muammolarni inobatga olish maqsadida bir necha bor yugurib o‘tiladigan yo‘lni bir necha bor ko‘zdan kechirishgan.
“Mashinada ketayotganimizda yo‘llarda odamlar to‘planib, mehmonga chorlardi. Biz to‘xtashga majbur bo‘lardik. Ular bizni yarim kundan buyon kutib turishgan ekan! Demak, qadah ko‘tarish, tamaddi qilish yoki hech bo‘lmagan tost aytish kerak. Yo‘limizda davom etamiz. 10-15 kilometr narida yana olomon to‘planib turibdi. Yana to‘xtashimiz kerak, chunki u yerda bo‘lajak olimpiya olovi delegatsiyasi bo‘lishi haqida xabar qilgandik. Barcha respublikalarda xuddi shunday holat kuzatildi”, - deya yodga oladi Kislov.
Muhim tashkiliy masalalardan biri yuguruvchilarni saralab olish bo‘ldi. Ular maxsus komissiya tomonidan saralangan. Qarindoshlari gapi yoki oshna-og‘aynigarchilik orqali biror bir kishining yugurish varianti haqida gap ham bo‘lishi mumkin emasdi.
“Yuguruvchilarni Moskvadan olib kelmaganmiz. Respublikalarning o‘zi saralab olardi, lekin ular oshna-og‘aynigarchilikka yo‘q qo‘ymasligi kerak edi. Estefetaga olingan kishilar ma’lum yutuqlarga erishgan fuqarolar bo‘lishi shart edi. Ilg‘or ishchi, hurmati baland jamoatchi yoki taniqli kolxozchi yuguruvchi bo‘lishi mumkin edi. Nomzodlar sinchkovlik bilan tekshirilgan”, - deydi Olimpiya o‘yinlari kuratori.
Estafetaning har bir ishtirokchisiga libos tanlanardi. Forma yaponcha edi.
Mash’alning tuzilishi murakkaba va o‘z zamoni uchun innovatsion edi. Olimpiya mash’ali qator jiddiy talablarga javob berishi kerak edi. U o‘chib qolmasligi uchun nima qilish kerakligi. Bu yoqilg‘iga bog‘liq. 1936-yilgi Olimpiada vaqtida qatron quyiladigan mash’aldan foydalanilgan. Qatronni quyib, yoqsang bo‘ldi.
“Mash’alimiz gazdan edi. Gaz mash’aldan sizib chiqmasligi kerak edi. Gazni yuguruvchining o‘zi chiqarib qo‘yishi kerak edi, dastagni burib qo‘yilsa bo‘ldi”, - deydi Kislov.
Inson omili ham katta ahamiyatga ega edi. Masalan, gazni mash’alga o‘z vaqtida tushirib qo‘yish kerak edi, ya’ni faqat olovni berish oldidan.
Kislov inson nimalarni his qilishi va tadbirda qanday hayajonlanishini anglash uchun uning o‘zi buning hammasini boshdan kechirishi kerakligini aytadi.
Kislov mash’al ko‘taruvchilar o‘rtasida uni olib borishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hayajon va qo‘rquvning oldini olish uchun psixologik ishlar olib borilganini ma’lum qildi.
“Mash’alning o‘rtacha yonishi o‘n daqiqa, lekin hamma ham bir xil chopmaydi. Kimdir bu masofani uch daqiqada bosib o‘tadi, kimgadir yarim soat kamlik qiladi. Yuguruvchilarimizdan birining yoshi 90da edi, u nevarasi bilan yugurardi”, - deya xotiralari bilan o‘rtoqlashadi Kislov.
Turli variant olimpiya olovi o‘chib qolishi mumkin bo‘lishigacha ko‘zda tutilgan.
Irina Dzidzigurining ta’kidlashicha, mash’al shamol, yomg‘ir tufayli o‘chib qolishi mumkin edi. Shu bois estafeta ortidan maxsus mashina RAF-2907 harakatlangan. Unda olimpiya olovining zaxira chirog‘i bo‘lgan. Aynan kuchli chiroq, mash’al emas. Mash’alning gaz kampulasi eng ko‘pi bir kilometr yo‘lga yetardi. Chirog‘ esa yetti kilocha edi va uzoq vaqtga yetardi. Dunyoda shunga o‘xshash atigi bir nechta chiroq saqlanib qolingan.
Olimpiya o‘yinlari juda murakkab jamoat-siyosiy vaziyatda bo‘lib o‘tgan, shuning uchun xavfsizlik masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Boshlanish pallasi
Rossiya Federal xavfsizligining iste’fodagi general-mayori Aleksandr Mixaylov o‘sha Olimpiada ishlagan. U SSSR endigina Afg‘onistonga kirgani va Moskva Olimpiadasiga boykot e’lon qilingani, ularga har tomondan ayblovlar yog‘ilganini eslaydi.
“Biz turli ig‘vo uyushtirilishini tushunardik. Shunga qaramasdan har qanday ehtimoliy ig‘voga qarshi o‘z choralari ishlab chiqilardi. Shuning uchun katta kuch jalb qilingan edi. Olimpiya oloviga hamrohlik qilish tashkillashtirilgan edi, trassalar ta’minlangan. Biror bir ig‘voga eltuvchi holat aniqlani nuqtayi nazaridan tezkor ish olib borilgan”, - deya o‘rtoqlashadi u.
Olimpiya olovi estafetasi Ukraina va Moldova, jumladan, Kishinev, Chernovs, Xmelniskiy, Vinnitsa, Jitomir, Kiyev, Poltava, Xarkov kabi shaharlar hududidan o‘tardi. Yo‘llarda minglab, ba’pan o‘n minglab odam to‘planardi.
Andrey Kislov shaharlarda olovni hamisha olomon kutib turganini eslaydi.
“Hatto yuz minglab kishilar, agar bu respublika poytaxti bo‘lsa. Xavfsizlik organlari olomon to‘lqinlanishi va u o‘zini o‘zi bosib tashlash holati tug‘ilishi mumkinligi haqida ogohlantirardi. Bunday holatlar o‘z o‘zidan tug‘iladi. Lekin xalqaro boykot sharoitida hech kim zarar yetkazilish holatini inkor etmasdi, ya’ni sun’iy ravishda shunday vaziyatni yuzaga keltirishni. Xalqaro telakompaniyalar buni butun dunyo efiriga uzatishi uchun buni o‘z zimmasiga oladigan bir yaramasning o‘zi kifoya axir”, - deydi u.
Yo‘lda hech qanday ig‘vo va qiyinchilikka duch kelinmagan. Olimpiya olovi estafetasi, shubhasiz, SSSR g‘alabasi bo‘ldi.
Chiroyli yakun
Olimpiya olovi estafetasi uning hududidan o‘tgan mintaqa va respublikalarga foyda keltirdi. Birinchidan, yo‘llar ta’mirlandi. Lekin bu hammasi emas.
Sport davlat muzeyi direktori, tarix fanlar nomzodi Yelena Istagina-Yeliseyevaning Sputnik nashriga ma’lum qilishicha, olimpiya olovi estafetasi o‘tadigan aholi punktlariga xorijlik sayyohlar tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan ular infratuzilmalarini zamoniylashtirish va tashqi qiyofasini yaxshilash to‘g‘risida qaror qilingan. Yo‘llar bo‘ylab milliy uslubda mehmonxona, kemping, restoranlar qurilgan va ta’mir qilingan.
Shuningdek, olov yo‘lida noodatiy uslubda yoqilg‘i quyish shoxobchalari qad rostlagan.
19 iyul kuni Olimpiya olovi Moskvaga yetib kelgan. Uning yakunlanishi kutilmagan va juda chiroyli tarzda bo‘lgan.
FXX sobiq vakili Mixaylov O‘yinlarning ochilish va yopilish marosimi sir saqlanganini xotirlaydi.
“Rejissor guruhidan marosimning to‘liq ssenariysini olishimiz qiyin edi. Ular yetarlicha mustaqil edi. Muayan vaqt davomida ular bilan kelishish qiyin edi, chunki ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri KPSS Markaziy Komiteti chiqa olishardi”, - deydi u.
Qaysidir bir payt, generalning so‘zlariga ko‘ra, maxus xizmat ssenariyni bilib olishga muvaffaq bo‘lgan va barchasi joyida emasligi yaqqol bo‘lgan.
“Olimpiya olovi “Lujniki” maydoning uchinchi darvozasi orqali olib kirilishi lozim edi, so‘ngra yuguruvchi stadionni aylanib yugurib chiqishi kerak edi. Afsonaviy basketbolchi Sergey Belov turadigan minbarga olimpiya mash’ali bilan ko‘tarilishi kerak edi. Biz bu joyga kelib, katta sport maydonini o‘rab turgan joyda handaqni ko‘rdik. Handaq! Uning maslalani hal qildik. Keyingisi metal devor. Avtogen bilan kesib oldik. Undan keyingisi qiyin edi. U yerda “fon” o‘tirardi – bayroqlarni ushlab, jonli surat yaratuvchi askarlar, bir necha ming kishi. Bu fon orqali qanday o‘tish mumkin? U yerda hatto zinacha yo‘q edi!”, - deya hikoya qiladi Mixaylov.
Ammo buning yo‘li topildi. Bo‘lganda ham qandoq.
“Rejissorda g‘oya tug‘ildi. Olov askarlar ushlab turgan xuddiki hech qayerdan paydo bo‘layotgan oq qalqonli yo‘l uzra olib boriladi. Seroja Belov esa bu ilonizi yo‘li bo‘ylab eng tepaga chiqadi”, - dedi Mixaylov.
... Xotima ham bo‘lgandi. Chiroqlar olimpiya olovi bilan transportga yuklandi, va Gretsiyadan keltirilgan olov 1980-yilgi Olimpiyaning boshqa shaharlari – Tallin, Leningrad, Kiyev va Minckka jo‘natildi.