O‘zbekiston olimpiada o‘yinlarida qancha medal olgan?

Obuna bo‘lish
Xalqaro olimpiya kunida Sputnik planetaning eng muhim sport musobaqasi g‘oliblarini esga oldi. Batafsil infografikamizda tomosha qiling. 

2016 yilda Rio de Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston o‘z tarixida eng yaxshi natija ko‘rsatib, umumjamoaviy 21 o‘ringa erishdi. 

O‘zbekiston olimpiya tarixi 50-yillardan SSSR jamoasi tarkibida xalqaro o‘yinlarda ishtirok etishdan boshlangan. Birinchi oldtin medalni ko‘pko‘rash bo‘yicha Galina Shamray ismli sportchi 1952-yilda olib kelgan. Undan so‘ng 1968-yilda Vera Galushko ismli voleybolchi ham chempionlik unvoniga sazovor bo‘lgan. 

1972 yida Munxenda bo‘lib o‘tgan olimpiadada O‘zbekistonlik sportchilar 3ta oltin medal qo‘lga kiritishgan. Bular yunon-rum kurashi, voleybol va ko‘pkurash sport turlaridan. 1976 yilda esa afsonaviy bokschi Rufat Risqiyev Monrealdan kumush medaol bilan qaytgan edi. 

O‘zbekiston yangi tarixida birinchi oltin medalni 1992-yilda gimnastikachi Oksana Chusovitina qo‘lga kiritgan edi. 1994-yilda esa Lina Cherazova fristayl bo‘yicha oltin medal sohibi bo‘lgan edi. Bugunga qadar ushbu oltin medal O‘zbekiston uchun qishgi sport turlarida qo‘lga kiritilgan yagona medal bo‘lib qolmoqda. 

2016 yilda esa o‘zbekistonlik sportchilar 4ta oltin, 2ta kumush va 7ta bronza medallar bilan qaytishdi. O‘zbekistn olimpiya yutuqlari haqida batafsil infografikamizda tomosha qiling.  

 

Yangiliklar lentasi
0