Saksoninchi yillar olimpiadasi: Brejnev maktubi haqida afsona va boykot haqiqati

© Sputnik / Polunin / Mediabankka o‘tishVitaliy Smirnov
Vitaliy Smirnov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro olimpiada harakati afsonasi Vitaliy Smirnov Moskvada o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarini boshqa davlatlardagi o‘yinlar bilan taqqosladi, Brejnev musobaqalarni o‘tkazishdan voz kechish haqida mashhur maktubni nega yozgan bo‘lishi mumkinligi haqida farazlar bilan o‘rtoqlashdi

Agar dunyoda 60-yil davomida bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida bo‘lganlar bo‘lsa ham, ular soni juda oz. Ulardan biri Rossiya Olimpiya qo‘mitasi va Xalqaro olimpiya qo‘mitasi faxriy a’zosi, o‘tmishda RSFSR Vazirlar kengashi huzuridagi Jismoniy madaniyat va sport qo‘mitasi raisi, SSSR Olimpiya qo‘mitasi raisi va Rossiya Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Vitaliy Smirnovdir.

O‘zining 85 yoshida u har bir: 1960-yildan boshlab Italiya (Rim-60)dan boshlab o‘tkazilgan yozgi va 1972-yildan boshlab Yaponiya (Sapporo-72)da o‘tkazilgan qishgi Olimpiya o‘yinlarini mayda detallarigacha yaxshi xotirlaydi. 1980-yilda o‘tkazilgan XXII Olimpiya o‘yinlari haqida esa soatlab hikoya qilishi mumkin, chunki tashkiliy qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan holda ularni tayyorlash va o‘tkazish bilan shaxsan shug‘ullangan.

Olimpiadalar o‘zini oqlaydimi

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan mamlakatni tanlayotganida, o‘rtaga sport inshootlaridan kelgusida foydalanish masalasi albatta tashlanadi, shu bois u infratuzilmasi rivojlangan shaharlarga ustunlik beradi va O‘yinlardan so‘ng barpo etilgan binolardan keyin qanday foydalanilishini ko‘rib chiqadi, deydi Vitaliy Smirnov.

Smirnov 44-yil davomida XOQ a’zosi bo‘lgan va ushbu maqomda u barcha rekordlarni ortda qoldirgan.

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishRossiya Olimpiya qo‘mitasi Faxriy prezidenti Vitaliy Smirnov an’anaviy Olimpiya yig‘ilishida.
Saksoninchi yillar olimpiadasi: Brejnev maktubi haqida afsona va boykot haqiqati - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Olimpiya qo‘mitasi Faxriy prezidenti Vitaliy Smirnov an’anaviy Olimpiya yig‘ilishida.

Smirnov Monreal, Afina va Rio-de-Janeyro bilan qo‘mita biroz yanglishganini, ammo Olimpiada-80 Moskvada o‘ta ko‘pxarjli bo‘lganini, lekin o‘zini oqlaganini, negaki "har qanday mezbon-davlat sifatida turli jarayonlar katalizatori bo‘lib xizmat qilganini" aytdi.

"Moskvadagi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik davomida Moskvada Sheremetyevo aeroporti terminali, yangi uskunalarga ega telemarkaz qurib bitkazildi. Agar O‘yinlarga qadar bizda uchta telekanal faoliyat yuritgan bo‘lsa, keyin ular soni 21taga yetdi. Mehmonxona fondi ikki karra ortdi. Bular barchasi albatta, ro‘y berardi, faqat 1980-yilga kelib emas. Bundan tashqari, biz Tallinda qudratli yelkanlar markazini, ko‘plab mashg‘ulotlar markazlarini, xususan, Sochidagi parus markazini barpo etdik. Bundan tashqari, Olimpiya o‘yinlari Leningrad, Kiyev va Minskda ham o‘tkazilar, u yerlarda ham katta hajmdagi ishlar amalga oshirilgan edi. "Olimpiada-80" uchun yig‘ilgan mobil tele-markazlar yaqin vaqtlarga qadar faoliyat yuritdi", - deya hikoya qiladi Vitaliy Smirnov.

© SPUTNIK / VLADIMIR BOGATIREVStroitelstvo "Sheremetyevo-2" k Olimpiade v Moskve
Saksoninchi yillar olimpiadasi: Brejnev maktubi haqida afsona va boykot haqiqati - Sputnik O‘zbekiston
Stroitelstvo "Sheremetyevo-2" k Olimpiade v Moskve

Shuningdek, Moskvada Sovinsentr (Xammerovskiy sentr) ham qurilgan bo‘lib, keyinchalik u Xalqaro savdo markazi, deya atala boshlagandi. Uni sal keyin barpo etish rejalashtirilgandi, ammo, Smirnovning aytishicha, Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi raisi etib o‘sha vaqtda SSSR hukumati rahbari o‘rinbosari va SSSR Davlat qo‘mitasi raisi bo‘lgan Ignatiy Novikov tayinlangani bunda juda katta foyda bergan.

"Novikov qo‘ng‘iroq qilib, Trexgornaya manufaktura ortida Moskva darosi qirg‘og‘ida joylashgan xarobazorga chaqirgani kechagidek yodimda. Rezinka etiklarni kiyib, qurilish vagonchasi joylashgan joygacha loy kechib bordik, u yerda esa bizni kutib olgan erkak oldimizga xaritani yoydi: "Mana shu joyda Xammer janoblari yordamida xalqaro markazni barpo etmoqchimiz", dedi. Rejaga muvofiq qurilish 2000-yilga kelib bitishi kerak edi, lekin markaz Olimpiya o‘yinlariga tayyor bo‘ldi", - deya yodga oladi Vitaliy Smirnov.

"Sovinsentr"da butun boshli olimpiya qo‘mitasini - xalqaro qo‘mita, milliy olimpiya qo‘mitalari, federatsiyalarni jamlash rejalashtirilgan edi. Ular u yerda yashashi, anjumanlar va majlislar o‘tkazishlari kerak edi, ammo AQSh prezidenti Jimmi Karter tomonidan e’lon qilingan boykot bu rejalarni barbod qiladi.

© Sputnik / Vladimir Akimov / Mediabankka o‘tishGeneralniy sekretar SK KPSS Leonid Brejnev (sprava na perednem plane) i Prezident SShA Djimmi Karter (sleva na perednem plane)
Saksoninchi yillar olimpiadasi: Brejnev maktubi haqida afsona va boykot haqiqati - Sputnik O‘zbekiston
Generalniy sekretar SK KPSS Leonid Brejnev (sprava na perednem plane) i Prezident SShA Djimmi Karter (sleva na perednem plane)

"Hammasi qurib bitkazilgandi, u yerda son-sanoqsiz uskunalar bor edi, ammo unga amerikaliklar veto qo‘yishdi. Amerikaliklar bilan misli ko‘rilmagan shartnoma qilgandik, televizion huquqlar uchun 75 million dollar "sof" daromad olgandik. Lekin hammasi muhrlandi. Va xorijiy mehmonlarni Xamer markazidan qirg‘oq bo‘ylab Olimpiadaning asosiy tadbirlariga - Lujnikiga olib borish rejasi amalga oshmadi – XOQ a’zolarini "Moskva" mehmonxonasining yangi qurilgan qismiga joylashtirishga, XOQ sessiyasini Kolonna zalida o‘tkazishga to‘g‘ri keldi. Bu bizga qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirardi, ish tartibimizda yugur-yugurlar ro‘y berdi. Yanvardan boshlab hammasini boshidan rejalashtirishga to‘g‘ri keldi", - deydi Vitaliy Smirnov.

Uning ishonch bilan ta’kidlashicha, Olimpiada o‘zini oqlaydimi, degan savolga qat’iy biron javob aytish mumkin emas. Albatta, xarajatlar ulkan bo‘ladi, ammo O‘yinlar o‘tkazilishiga pul jalb etiladi, ish joyi tashkil etiladi, sport turlarigina emas, balki sog‘lom hayot tarzi va tadbirlar bo‘lib o‘tayotgan shaharlarning o‘zi ham reklama qilinadi.  Bu esa o‘z navbatida turistlar oqimi, turistik biznesning rivojlanishi demakdir.

Sobiq kazarma, bo‘g‘usi qamoqxona, aholi yashaydigan rayon

Vitaliy Smirnov Olimpiadalarni o‘zaro solishtirib bo‘lmaydi degan fikrda. Ularning har biri o‘zicha yaxshi, ammo parallellarni o‘tkazsa bo‘ladi. Misol uchun, yashash sharoitlari bo‘yicha.

"Tokioda 1964-yilda o‘tgan Yozgi olimpiada o‘yinlaridagi Olimpiya qishlog‘i menga haddan yoqardi. Garchi u bunga qadar amerika harbiy xizmatchilari yashagan sobiq kazarma bo‘lgan bo‘lsa ham. Men o‘sha vaqtda suv polosi federatsiyaga rahbarlik qilardim va sportsmenlar bilan birgalikda 30ta krovat turgan bitta xonada yashaganman. Lekin o‘sha vaqtda hammasi bizga manzur edi, u boshqa davr bo‘lgan, buning ustiga ovqat, shu paytgacha umrimizda ko‘rmagan mevalar biz uchun bepul edi", - deya hozirgacha hayratini yashirmaydi Smirnov.

© Sputnik / Mediabankka o‘tishSovetskaya Olimpiyskaya komanda na parade v den otkritiya XVIII Olimpiyskix igr v Tokio v 1964 godu
Saksoninchi yillar olimpiadasi: Brejnev maktubi haqida afsona va boykot haqiqati - Sputnik O‘zbekiston
Sovetskaya Olimpiyskaya komanda na parade v den otkritiya XVIII Olimpiyskix igr v Tokio v 1964 godu

U shuningdek, Olimpiya qishlog‘i avtotransport uchun to‘liq yopib qo‘yilganini, sporstmenlar hudud bo‘ylab deyarli har qadamda parkovka qilingan velosipedlar yordamida harakatlanishganini ham yaxshi xotirlaydi. Velosipedga minib, kerakli manzilga yetib olinsa bo‘ldi, qoldirilgan joyida uni boshqa sportchi olib ketardi.

Amerikaning Leyk-Plesidida 1980-yilda o‘tgan qishki O‘yinlarda sportchilar qamoqxonada yashashga majbur bo‘lganlar.

"Olimpiya o‘yinlari uchun obyektlar tayyorlanayotganida, keyinchalik ulardan qanday foydalanish masalasi albatta ko‘rib chiqiladi. Leyk-Plesida esa olimpiya qishlog‘i yoki uning bir qismi O‘yinlar yakunlangach balog‘at yoshiga yetmaganlar uchun qamoqxona sifatida foydalanilishi rejalashtirilgan edi. U yerda hech qanday simli to‘siqlar yoki panjaralar bo‘lmasada, ammo xonalar sportchilar uchun mo‘ljallanmagan edi - bu eniga tor kameralar bo‘lib, butun delegatsiyani to‘plashga imkon yo‘q edi", - deya esga oladi Vitaliy Smirnov.

© Sputnik / Dmitriy Donskoy / Mediabankka o‘tishUzkiy gostinichniy nomer v olimpiyskoy derevne Leyk-Plesida
Saksoninchi yillar olimpiadasi: Brejnev maktubi haqida afsona va boykot haqiqati - Sputnik O‘zbekiston
Uzkiy gostinichniy nomer v olimpiyskoy derevne Leyk-Plesida

U o‘sha vaqtda XOQ vitse-prezidenti bo‘lgan, SSSR jamoasi qanday joylashganini ko‘rish uchun kelib, juda kulgili bir holatga guvoh bo‘lgan. Sportchilarni qo‘llab-quvvatlagani Iosif Kobzon kelgan bo‘lib, u qo‘shiq kuylayotgan tor xona odamlarga liq to‘la, nafas olishga imkon yo‘q edi. Sovet sportchilari o‘rtasida esa "hech narsani tushunmasada, ammo, Kobzonni og‘zini lang ochib tinglayotgan" amerikalik politsiyachi turgandi.

Bu o‘yinlar shunisi bilan ham esda qolgandi-ki, o‘sha vaqtda Amerika prezidenti Karter Moskvadagi olimpiadaga boykot e’lon qilgan, va davlat kotibi Sayrus Vens Leyk-Plesidga XOQdan ushbu o‘yinlarga boykot e’lon qilinishini so‘ragani  kelgan edi.

"Ammo Xalqaro olimpiya qo‘mitasi uning talabini keskin rad etdi", - deydi Smirnov.

U Moskvadagi Olimpiya qishlog‘idan samimiy hayratini yashirmaydi. Avval boshdan olimpiya qishlog‘i mikrorayon sifatida rejalashtirilgan va O‘yinlar tugagach navbatda turganlar o‘z boshpanalariga ko‘chib kirgandilar.

Hatto madaniy markaz ham rejaga muvofiq ishlatilgan va hozirgacha ham faoliyat ko‘rsatib keladi.

"Olimpiya qishlog‘ida yashash sharoitlari ajoyib edi - gilamlar, televizorlar, muzlatkichlar. Kvartirada ikki kishidan yashashar, oshxonada yetarli miqdorda choy, qahva, shakar bor edi, hatto u-bu narsa pishirish mumkin edi. U yerda ekilgan daraxtlarni aytmaysizmi, park zonasinichi? G‘aroyib g‘oya. Eslatib o‘tishim joizki, biz 140ta davlatdan 15 ming kishiga umid qilgan edik, ammo boykot tufayli 80ta davlatdan 6-7 ming kishi keldi, xolos", - deydi Vitaliy Smirnov.

© Sputnik / Miranskiy / Mediabankka o‘tishJilaya komnata dlya sportsmenov v odnom iz domov olimpiyskoy derevni v Moskve
Saksoninchi yillar olimpiadasi: Brejnev maktubi haqida afsona va boykot haqiqati - Sputnik O‘zbekiston
Jilaya komnata dlya sportsmenov v odnom iz domov olimpiyskoy derevni v Moskve

Brejnev maktub yozganmidi

Moskvada o‘tkazilgan Olimpiadadan ko‘p yillar o‘tib, Leonid Brejnev vafotidan so‘ng KPSS MQ bosh kotibi Politburo ko‘rib chiqishi uchun yozgan maktub haqida gapira boshladilar. Brejnev unda qilinadigan ulkan sarf-xarajatlar tufayli, Moskvada o‘yinlarni o‘tkazish maqsadga muvofiqligi haqida ikkilanayotgani haqida ma’lum qilgan.

"Men bu haqda oradan ko‘p yillar o‘tgach xabar topdim va ushbu maktub bo‘lganiga shubham bor. OO‘-80 tashkiliy qo‘mitasi rahbari Novikov men bilan samimiy edi, u esa Brejnev bilan birga o‘sgan va o‘qigan, ular yaqindan muloqot qilardilar, hatto tug‘ilgan sanalari orasida ham uch kunlik farq bor edi, xolos. Lekin Novikov menga bu haqda hech qachon aytmagan. Novikovni MQ partiyasi kotibiyatiga, ba’zan Politburoga chaqirib turishar, u hamisha meni o‘zi bilan birga olar, chunki u yerda faqatgina men javob bera oladigan maxsus savollar bo‘lardi. Lekin u yerda ham bu mazmundagi birorta gapni eshitmaganman", – deydi Vitaliy Smirnov.

U shunday maktub paydo bo‘lishini inkor etmaydi, nega deganda Politburo a’zolari tabdir ko‘lamini tasavvur etmaganlar – "axir bu shunchaki sport tadbiri emas, bu xavfsizlikni ta’minlash, viza, epidemiologik ishlar, delegatsiya a’zolarini sug‘urtalash, tibbiy yordam ko‘rsatish va hokazo masalalar edi".

© Sputnik / Vladimir Akimov / Mediabankka o‘tishGeneralniy sekretar SK KPSS Leonid Ilich Brejnev (tretiy sprava) na seremonii otkritiya XXII Olimpiyskix igr v Moskve
Saksoninchi yillar olimpiadasi: Brejnev maktubi haqida afsona va boykot haqiqati - Sputnik O‘zbekiston
Generalniy sekretar SK KPSS Leonid Ilich Brejnev (tretiy sprava) na seremonii otkritiya XXII Olimpiyskix igr v Moskve

Bundan tashqari, O‘yinlar tashkilotchisi bo‘lgan davlat barcha davlatlarga - simpatiya yoki dushmanlik kayfiyatidan qat’iy nazar - barchaga taklifnoma yuborishi shartligi - ko‘pchilik uchun surpriz bo‘lgandi, deydi Vitaliy Smirnov. Misol uchun, Politburo Olimpiadaga o‘rtada hatto diplomatik munosabatlar mavjud bo‘lmagan Chili, Janubiy Koreya va Isroil vakillarini taklif etishdan keskin bosh tortardi, ammo keyin ma’lum bo‘ldiki, Moskva shu tufayli o‘yinlarni o‘tkazish huquqidan mahrum etilishi mumkin ekan. Endi bu masalaga ko‘nikilgan ham ediki, yangisi bo‘y ko‘rsatdi - G‘arb derjavalari AQSh boshchiligida Moskvadagi Olimpiadaga boykot e’lon qildilar.

Peredacha estafeti - Sputnik O‘zbekiston
Moskva-1980 Olimpiya o‘yinlari mash’alasi tarixi va sirlari

"Brejnev Olimpiya o‘yinlari uning uchun qanday ahamiyatga egaligini a’lo darajada tushunardi - har qanday davlat arbobi uchun bu buyuk voqea edi. U o‘yinlar ochilgani haqida mashhur jumlani aytganida butun dunyo uni kuzatdi. Lord Killanin sakkiz yil davomida XOQ prezidenti bo‘lgan, men olti yil unga o‘rinbosar bo‘lganman. Biz juda yaqin edik. Va u menga kunlarning birida shunday degandi: "Vitaliy, nadomatlar bo‘lsinki, Olimpiya o‘yinlari kabisa yilida, AQSh prezidentiga saylovlar bo‘lib o‘tadigan yilda bo‘lib o‘tmoqda, bu vaqtda hamisha siyosiy kartalar o‘ynaladi".

Brejnev, albatta, buni tushunardi. Agar shunday mazmundagi xat bo‘lgan bo‘lsa ham, Brejnev uni Politburoga kiritgan va buni faqatgina o‘zini sug‘urtalash uchun qilgan", - deya taxmin qiladi Vitaliy Smirnov.

Olimpiya o‘yinlari faqat Gretsiyada

"O‘z vaqtida Gretsiya bosh vaziri Konstantinos Karamanlis uzluksiz o‘yinlarni o‘tkazish taklifini ilgari surgan edi. Faqat bu o‘yinlar Gretsiyadagina o‘tkazilishi shart edi. Meni hatto MQga chaqirishdi. Yaxshi g‘oyaligini aytib, menga greklar bilan umumiy tarix bog‘lab turishini, madaniyatimiz birligi, demak ularni qo‘llab-quvvatlashimiz kerakligi haqida maslahatlar o‘qishni boshlashdi va Gretsiyaga sport inshootlarini qurishda yordam berish lozimligi qo‘shimcha qilindi. Men esa bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytdim", - deydi Smirnov.

Partiya funksionerlarining asosiy g‘oyasi - endilikda bizda Olimpiadalar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmasligida edi, ammo men bunga javoban ularga hech kim kelajakda siyosiy ziddiyatlar bo‘lmaydi, deya kafolat berolmasligini aytdim.

Shunday qilib, SSSR partiya rahbariyatini Gretsiya bosh vaziri so‘zlari ortida sport majmualarini qurish uchun mablag‘larni qo‘lga kiritish va o‘yinlarni o‘tkazish maqsadi yotgani, bularning barchasi unchalik yomon emasligini, ammo O‘yinlar taqdiri so‘roq ostida qolishi mumkinligiga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘lindi.

© Sputnik / Sergey Subbotin / Mediabankka o‘tishPrazdnichnoe shestvie sportsmenov vo vremya otkritiya XXII letnix Olimpiyskix igr v Moskve.
Saksoninchi yillar olimpiadasi: Brejnev maktubi haqida afsona va boykot haqiqati - Sputnik O‘zbekiston
Prazdnichnoe shestvie sportsmenov vo vremya otkritiya XXII letnix Olimpiyskix igr v Moskve.

"Bu boshi berk ko‘chaga kirish bilan teng edi, Olimpiya o‘yinlari shu bilan o‘lardi. Axir har bitta Olimpiada o‘yinlari - bu bayram. Katta-katta mablag‘lar sarflanadi va topiladi. Hozirda o‘yinlar vaqti qoldirilgani uchun yaponlar qanday ahvolga tushishganini yaxshi tushunaman. Ular ulkan mablag‘lar - 3 milliard dollar tikishgan va 30 yoki 50 milliard ishlab topishni ko‘zlashgan, va kutilmaganda barchasi bekor bo‘ldi. Yaponlar esa sportni juda sevadilar. Naganoda 1998-yilda uzunlikdan sakrovchilar lijalarda tramplindan muvaffaqiyatli sakrashgan va 100 mingdan ziyod tomoshabinlarni to‘plashgan edi. Tasavvur qilyapsizmi, lijalarda sakrayotganlarni va 100 ming kishilik olomonni! Mana shu Olimpiya o‘yinlari bo‘ladi!", - deya xotima qiladi Viktor Smirnov.

Yangiliklar lentasi
0