Fantastikaga o‘xshaydi - huquqshunos MN17 bo‘yicha boshlangan sud haqida

Ukraina tomon Donesk yaqinida halokatga uchragan MN17 reysi bo‘yicha dastlabki radar ma’lumotlarini taqdim etmadi, AQSh ham sputnik fotosuratlarini yashirmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyun - Sputnik. Niderlandiya prokurori sud muhokamalari paytida, Kiyev tomon MN17 reysining halokati bo‘yicha sudga radarlarning dastlabki ma’lumotlarini taqdim qilmadi.Sputnik radiosi efirida xalqaro huquqshunos Dmitriy Romanenkoning qayd etishicha, Kiyev bu ish bo‘yicha ma’lumotlarni yashirish pozitsiyasini egallagan.

Ukraina 2014-yilda Malayziyaning Boeing (MN17 reysi) samolyotining halokati haqidagi dastlabki radar ma’lumotlarini taqdim etmagan, dedi niderladiyalik prokuror Teys Berger sud muhokamasi paytida.

"Bu haqiqatan ham qo‘rqinchli": ekspert MH17 falokatining yangi tafsilotlar haqida

"Ukraina dastlabki radar ma’lumotlarini deyarli taqdim etmadi. Ukraina Niderlandiya Xavfsizlik Kengashiga o‘sha paytda radar ishlamayotgan bo‘lganligi sababli hech qanday radar ma’lumotlari qayd etilmaganligini tushuntirdi", - dedi prokuror.

MN17 halokati bo‘yicha sud jarayoni Niderlandiyada 9-mart kuni boshlandi. Unda to‘rt kishi - rossiyaliklar Girkin, Dubinskiy, Po‘latov va ukrainalik Xarchenko aybdor sifatida o‘tmoqda. Sudda Po‘latovni ikki gollandiyalik va bitta rossiyalik advokatdan iborat xalqaro guruh himoya qilmoqda. Qolgan gumonlanuvchilar sirtdan sud qilinmoqda.

Sputnik radiosida xalqaro huquqshunos Dmitriy Romanenko Kiyev tergov boshidanoq ma’lumotni yashirish pozitsiyasini egallagan degan fikrni bildirdi.

"Boshidanoq tergov aviatsion halokatlarni tergov qilishni tartibga soluvchi meyorlarga zid bo‘ldi. Hatto Ukraina o‘z hududida fuqaro harbiy harakatlar amalga oshirilayotgan hudud ustida osmonni yopib qo‘ymaganini gapirmasak ham, aminman sudlar Ukraina davlatidan bu holat bo‘yicha savollar berishga imkoni bo‘ladi. Bundan tashqari, Ukraina boshidanok ma’lumotni yashirish pozitsiyasini egalladi. Shular qatorida, esimizda borki, ayol dispetcher nazardan g‘oyib bo‘ldi, voqealarni tergovida dastlab paydo bo‘lgan, ammo keyin harbiy xizmatdan bo‘shagan uchuvchining o‘z joniga qasd qilinishi tergov qilinmadi. Bu savollarning barchasi Ukraina tomonining javobisiz qoldi", - dedi Dmitriy Romanenko.

Hech qanday "Buk" yo‘q, lekin asorati bor. MH17 ishida nima hisobga olinmagan?

Uning fikriga ko‘ra, AQSh vakillari ham xuddi shunday pozitsiyani egallashgan.

"Ma’lumotlarni nafaqat Ukraina tomoni yashirmoqda - qandaydir Amerika fotosuratlari mavjudligi haqida bayonotlar berilmoqda, lekin ommaga oshkor qilinmasligi e’lon qilinmoqda. Bularning hammasi hatto o‘rta asrlardagi sud jarayonidan ham badtar, bu Yevropa sudida misli ko‘rilmagan fantastikaga o‘xshaydi", - deya xulosa qildi Dmitriy Romanenko.

Avvalroq ma’lum bo‘lishicha, AQSh hukumati voqea joyining maxfiy sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarini sud materiallariga kiritishga rozi bo‘lmadi. Ushbu suratlar AQSh hukumati tomonidan 2014-yilda Niderlandiya prokurorining so‘roviga javoban yuborilgan memorandumga kiritilganligi aytilgan. Keyinchalik sud ushbu suratlarni ishga qo‘shib qo‘yish mumkinligini va shu bilan ularni ochiqlashni so‘radi.

Amsterdamdan Kuala-Lumpurga MN17 reysi bilan parvoz qilgan Malayziyaning Boing samolyoti 2014-yil 17-iyul kuni Donesk shahri yaqinida halokatga uchradi. Bortida 298 kishi bo‘lgan, ularning barchasi haloq bo‘lgan. Kiyev halokatda Donesk tomon o‘zini-o‘zi himoyalash kuchlarini aybladi, ular esa bunday balandlikdagi samolyotni urib tushirishga imkonlari yo‘qligini ma’lum qilgan.

Malayziya samolyotini urib tushirgan raketa Ukrainaga tegishli - Rossiya MV

Niderlandiya Bosh prokuraturasining qo‘shma tergov guruhi aviahalokat tergovini olib bormoqda va avvalroq joriy natijalarni taqdim etdi. Tergovning ta’kidlashicha, Boing Rossiya qurolli kuchlarining Kurskda joylashgan 53-chi zenit raketa brigadasiga tegishli bo‘lgan Buk havo mudofaa tizimidan urib tushirilgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Qo‘shma tergov guruhining Rossiyani Malayziya Boing samolyotining halokatiga aloqadorligi haqidagi da’volari asossiz va afsusni keltiruvchiligini, tergov tuhmatga asoslangan va bir tomonlama ekanligini ta’kidladi.

Rossiya Bosh prokurorining o‘rinbosari Nikolay Vinnichenko bayonotiga ko‘ra, Rossiya tomoni Niderlandiyaga nafaqat rus radarlarining ma’lumotlarini, balki Boingni urgan Buk tizimining raketasi Ukrainaga tegishli ekanligini va u Kiyev nazoratidagi hududdan uchirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan, ammo tergovchilar bu ma’lumotni e’tiborsiz qoldirildi.