OPEK va Rossiya Amerika slanes nefti oyog‘i ostiga "bomba qo‘ydi"

Rossiyalik ekspert xulosasiga ko‘ra, OPEK+ strategiyasi AQShning slanes nefti sohasini uzoq muddatli istiqbolda rivojlanish imkoniyatidan mahrum qiladi.
Sputnik

OPEK+ neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuv davlatlari 6-iyun kuni yangi kelishuvlar amal hilishi boshlanganidan beri birinchi vazirlar uchrashuvini o‘tkazishdi. Sharhlovchi Ivan Danilov uning natijalari haqida hikoya qilib berdi.

Vashingtonda OPEK+ shanba kungi uchrashuvini diqqat bilan tomosha qilishdi. AQSh Energetika vazirining neft bo‘yicha xalqaro alyansning yakunlangan muzokaralariga munosabatiga ko‘ra, neft bozori istiqbollari uni tartibsizliklar sabab Oq uy atrofida o‘rta asr qal’alarining eng yaxshi an’analarida qurilgan to‘siqlardan ko‘ra ko‘proq tashvishga solmoqda.

Bozorni birgalikda qutqaramiz: AQSh neft qazib olishni qisqartirmoqda

Agar ushbu vaziyatga Amerika energetika sektori manfaatlari nuqtayi nazaridan qarasak, OPEK+ umidsiz holatda bo‘lib ko‘rinishi mumkin, shu ma’nodaki ishlab chiqarishning har qanday qo‘shimcha qisqartirilishi (va narxlarning odatiy o‘sishi) o‘tgan oylar davomida burg‘alashni deyarli yo‘qqa chiqargan va ishlayotgan burg‘ulash qurilmalari soni rekord darajaga tushib ketgan Amerika slanes sohasining jonlanishiga olib keladi. "AQShdagi burg‘ulash qurilmalari soni 1975-yildan beri eng past darajada qolmoqda, chunki slanes inqilobi susayib bormoqda. Baker Hughes Co. ma’lumotlariga ko‘ra, atigi sakkiz hafta ichida AQShning faol neft va gaz burg‘alash uskunalarining 53 foizi o‘chirib qo‘yildi", - deb World Oil tarmoq portali o‘tgan oy habar berdi.

Boshqa tomondan, agar OPEK+ ba’zi mamlakatlar, masalan Iroq o‘z majburiyatlarini bajarmayotganligi sababli ishlab chiqarishni qisqartirishning chuqur bosqichini uzaytirmaslikka yoki hatto shartnomani buzishga qaror qilsa, Amerika slanes sanoati shubhasiz o‘ta jiddiy zarar ko‘radi, ammo ushbu ssenariyda OPEK+ davlatlariga yetkaziladigan zarar qo‘rquvi megaalyansni kelishuvga erishish va neft narxini qo‘shimcha tarzda qo‘llab-quvvatlash yo‘llarini topishga majbur qilishi mumkin. Natijada Amerika slanes qazib olishda ko‘p yaxshiliklar va kamroq nohushliklar bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaziyat yuzaga keldi, ya’ni shanba kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralardan neytral-ijobiy natijalarni kutsa bo‘lar edi.

Bir qarashda, natijalar jahon neft bozorining barcha ishtirokchilari uchun yaxshi bo‘ldi, ularning barchasida ma’lum optimizmga asos bor edi desa ham bo‘lardi.

Rossiya, OPEK + AQSh - neft bozorida yangi kelishuv bo‘ladimi?

"Nyu-York Tayms" kelgusi oyning boshida narxlarning yanada oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish darajalarining to‘g‘irlash yechimlari haqida dunyo bo‘ylab taassurotni yetkazmoqda: "Rossiya boshchiligidagi neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti va boshqa neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning neft vazirlari kuniga 9,7 million barrel, ya’ni umumjahon neft ishlab chiqarish hajmining 10 foizi darajasida qisqartishini davom ettirish borasida kelishib oldilar. OPEK+ deb nomlanuvchi qo‘shma ishlab chiqaruvchilar guruhi tomonidan 12-aprel kuni erishilgan dastlabki kelishuvga binoan, iyulgacha ishlab chiqarish iyun oyidan keyin qazib olish asta-sekin o‘sishi kerak edi. Chuqur qisqartirishlar bir oy yoki ehtimol ko‘proq davom etishi kerakligini anglash shuni ko‘rsatadiki, yaqinda bo‘lib o‘tgan neft narxlarining ko‘tarilishiga qaramay, yirik neft ishlab chiqaruvchilari neft bozori yana muvaffaqiyatsizlikka uchrashidan xavotirda".

Denni Bruyett, AQSh Energetika vaziri, OPEK+ muzokaralari natijalariga xursand bo‘ldi:

"Men OPEK+ ni bugungi kunda neftga bo‘lgan talabning tiklanishida davom etayotgan va butun dunyo iqtisodiyoti qayta tiklanayotgan muhim paytda qabul qilingan muhim kelishuvga erishganligi uchun olqishlayman", - deb yozdi u tvitterida.

Mudofaa vazirligi AQSh Suriyada neft kontrabandasi bilan shug‘ullanishini isbotladi

Bloomberg agentligi muxbirlari ushbu qarorni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqdilar va aslida AQSh slanes ishlab chiqaruvchilar hursand bo‘lmasliklari, aksincha tashvishlanishi kerak degan xulosaga kelishdi, chunki OPEK+ narx o‘sishi bilan birga bozor ulushini kengaytirib olishning yangi usulini ishlab chiqishga va slanes kompaniyalari uchun tiklanish o‘sishini cheklashga muvaffaq bo‘lganga o‘xshaydi.

OPEK + uchun ikkita asosiy xavf shunda bo‘lganki, ba’zi davlatlar o‘z majburiyatlarini bajarmayapti, bozor omillari tufayli ishlab chiqarish darajasi pasayayotgan slanes ishlab chiqaruvchilari esa yana bozorni arzon neft bilan to‘ldirishni boshlashlari mumkin. OPEK+ dan "qochganlar"ga nisbatan oqilona chora ko‘rildi: amerikalik jurnalistlarning yozishicha, ishlab chiqarishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvni buzgan davlatlar vakillari o‘z qoidabuzarliklari uchun "tavba qildilar" va kelgusida amalga oshmay qolgan qisqartirilishni qo‘shimcha qisqartirish hisobiga qoplashga va’da berishdi. Shunday qilib, hech bo‘lmaganda hozirgacha bu masala hal etildi va shartnomani umuman xavf ostiga qo‘ymayapti.

Slanes ishlab chiqaruvchilari uchun esa neft alyansi mutaxassislari moliyaviy bo‘g‘ishning ajoyib usulini kashf qilishdi, bundan tashqari, bunday usulni, huddi o‘sha Bloomberg versiyasiga ko‘ra g‘arbiy markaziy banklardan o‘rganishgan:

AQSh senatori: Eronning neft obyektlarini yo‘q qilmasak, u yomon xulqini to‘g‘irlamaydi

"Yaqinroq tekshirganda siz Saudiya Arabistoni, Rossiya va ularning OPEK+ ittifoqchilari "neft narxi egrisi"ning shaklini qulatib, uni boshdan oyoqqa o‘zgartirishga harakat qilayotganiga ishora qilayotgan nozik o‘zgarishlarni ko‘rasiz. Ko‘p jihatdan neft karteli ushbu yondashuvni dunyoning eng yaxshi markaziy banklarining "retseptlar kitoblari"dan oldi, unda strategiyani belgilab beruvchi rahbarlar, ko‘pincha uzoq muddatli va qisqa muddatli foiz stavkalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga e’tibor qaratadilar. Dunyoning 23 ta neftga boy mamlakatlarini o‘z ichiga olgan alyans an’anaviy ravishda (omborlardagi neft- tahr.) zahiralarini qisqartirish maqsadini ko‘zlashadi. Endilikda u nafaqat zaxiralarga, balki "neft narxlari egrisi" shakliga ham e’tiborni faol qaratmoqda, va shu bilan uzoq muddatli narxlarga nisbatan qisqa muddatli narxlarga ta’sir o‘tkazish strategiyasini yaratmoqda. Bu haqda OPEK+ muzokarachilaridan biri xabar qiladi".

Buning muhimligini tushunish uchun slanes ishlab chiqarish, AQShdagi slanes kompaniyalari va umuman neft bozorining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak. Neft bozori e’tibori aynan bugungi kunga jamlanmagan: neft ham shu joyning o‘zidan, ham bir yil yoki hatto bir necha yildan keyin yetkazib berish sharti bilan sotilmoqda. Bir necha oy yoki hatto bir necha yil ichida yetkazib berish bilan neft narxlarining hozirgi neftga nisbati Bloomberg yozgan aynan shu "neft narxlari egrisi"dir.

Saudiya Arabistoni AQSh uchun neft narxini oshirdi

Aksariyat an’anaviy neft ishlab chiqaruvchilar neftni nisbatan qisqa muddatli shartnomalar bo‘yicha sotadilar va ularni asosan neft hoziroq yetkazib berish yoki bir oyda yoki bir, ikki-olti oy muddatda narxi qancha bo‘lishi qiziqtiradi. Ammo ko‘plab slanes ishlab chiqaruvchilar uchun narxlarni oldindan belgilab qo‘yib neftni juda uzoq vaqt muddatga sotish juda muhim, aks holda ularga ko‘plab slanes ishlab chiqaruvchilarning bankrot bo‘lishiga olib kelgan yangi iqtisodiy va bozor sharoitida pul berilmaydi.

Natijada, agar OPEK+ ning taktikasi ish bersa, unda AQSh Energetika vaziri juda xafa bo‘lishiga sharoit vujudga keladi: neftning qisqa muddatli narxlari OPEK+ mamlakatlariga, shu jumladan Rossiyaga daromad keltiradi, slanes kompaniyalariga esa burg‘ilashni tiklash uchun sarmoya to‘plash juda qiyin bo‘ladi. Vashington shubhasiz aybdorlarni jazolashga harakat qiladi, ammo uning slanes sanoatiga yordam berishi dargumon.