AQSh tanazzul yilnomasi: bolalar politsiyadan qo‘rqishga o‘rgatilmoqda

G‘arb dunyosida ijtimoiy qoidalarning yana bir poydevori quladi: yosh avlodni siyosiy mojarolarga jalb etilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Sputnik

Jorj Floyd o‘ldirilishi sabab norozilik namoyishlari kengayishi fonida, Amerika politsiyachilarning irqchiligiga qarshi kurashda Londonda namoyishchilar Britaniya bosh vazirining qarorgohiga bostirib kirishga urinayotganda G‘arbiy dunyoda ijtimoiy qoidalarning yana bir poydevori deyarli sezilmay quladi: yosh avlodni keskin siyosiy mojarolarga jalb etilishiga yo‘l qo‘ymaslik.

AQShdagi tartibsizliklar: Oq uy temir devor bilan o‘rab olindi

Bu safar hal qiluvchi qadamni biznes qo‘ydi.

Mashhur bolalar telekanali Nickelodeon efirni to‘xtatib 8 daqiqa 46 soniya (rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, politsiyachi Floydning aynan shu muddat bo‘ynini bosib turdi) qora ekranda "nafas ololmayapman" iborasi odamning nafas olishi tezligi bilan paydo bo‘lib yo‘qolib turdi. Videorolik oxirida fuqarolik huquqlarini himoya qilish tashkilotlardan biriga kirishga chaqiruv bor edi.

Lego korporatsiyasi ham qora tanlilar bilan birdamlikni e’lon qilib, norozilik harakatiga qo‘shildi. Kompaniya politsiya bo‘limlari va o‘t o‘chirish bo‘limlari, patrul mashinalari, politsiyachilar va jinoyatchilarning shakllari, shuningdek, huquqni muhofaza qilish bilan bog‘liq boshqa elementlarni o‘z ichiga olgan o‘yinchoq to‘plamlarini reklama qilishdan voz kechdi.

G‘arb o‘zining yosh avlodi ustidan o‘tkazayotgan dahshatli eksperiment endi ajablantirmayapti. Bolalar ongiga (va tanalariga) navbatdagi liberal siyosiy to‘g‘rilik mafkurasini uning eng radikal shaklida kiritilishi haqidagi yangiliklar odatiy hol bo‘lib qoldi, hox u hayvonot bog‘ida jirafani ommaviy ravishda o‘ldirish bilan bog‘liq harakatlarmi yoki erkin jinsni aniqlash siyosati doirasida balog‘atga yetishni to‘htatish bo‘yicha tibbiy muolajalar to‘g‘risidagi bo‘lsin.

Bularning barchasi G‘arbiy jamiyatni va uning katta yoshdagi qismini tobora ko‘proq bo‘lib tashlayotgan ihtilofning muhim qismidir. Ammo, yaqin vaqtlargacha siyosat bolalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmayotgan edi.

AQShda irqchilikka qarshi kurash qanday qilib talonchilar bilan jangga aylandi

Liberallar va konservatorlar yoshlarga ta’sirga egalik qilish uchun shiddatli kurashlarda to‘qnashishi mumkin edi, ammo har ikkala tomon uchun ham bolalardan belgilangan qonun-qoidalarga bo‘ysunadigan fuqarolar yetib chiqishi muhim edi. Gap o‘nta to‘pponcha qonuniy arsenaliga ega bo‘lgan Texas reyndjeri haqida ketadimi yoki aqli zaifroq har kuni tibbiy marixuanaga muhtoj bo‘lgan nozik Nyu-Yorklik jinsi suyuq xipster haqidami, buning farqi yo‘q. Zero, hozirgi paytda mamlakatga kim rahbarlik qilishidan qat’iy nazar, u barchaga bir.

Aynan shu mantiq o‘z paytida AQShda chaqaloqligidan boshlab fuqarolarga siyosiy va vatanparvarlik tarbiyasining ta’sirchan samarali tizimini yaratishga imkon berdi. Unda bir necha 10-yillar davomida Amerikaning qadr-qimmatlari va yutuqlariga alohida e’tibor berilib, kamchiliklar oqilona yumshatildi va milliy birlikni shakllantirildi.

Politsiyaning shafqatsizligi, shu jumladan halokatli oqibatlar bilan, shuningdek qonunni himoya qilishi kerak bo‘lgan odamlar tomonidan boshqa qonunbuzarliklar bilan hamma joyda ham uchraydi. Ammo huquqni muhofaza qilish idoralari davlatning ustuni va eng muhim unsuri bo‘lib xizmat qiladilarki, oddiy vaziyatda vaziyatda na bitta amerikalik siyosatchi, na birorta ijtimoiy-siyosiy kuch butun politsiyani qoralashga qodir bo‘lolmasligi kerak. Bunday holatlarda, odatda, bir yoki bir nechta hodisalar orqali umuman butun tizimni baholab bo‘lmaydi, ochiqlanib qolgan keng ko‘lamli kamchilik asosiy narsani - ko‘pchilik hodimlar tomonidan o‘z vazifasini vijdonan bajarishini yo‘qqa chiqarmasligi kerak.

“Virus qayda qoldi?”: Polshada AQSh qo‘shinlari ishtirokida harbiy mashq boshlandi

Biroq, bunday qoida nafaqat AQShda, balki deyarli butun dunyoda ishlaydi.

Ayniqsa bolalarni, ichki ishlar idoralari – hox o‘zimizda "mening militsiyam meni himoya qiladi" yoki Amerikada "xizmat va himoya qilmoq" shiorlari orqari ularning xizmati haqida ijobiy tasavvurlarni shakllanishiga harakat qilish orqali hayotning qorong‘u tomonlardan himoya qilish odat tusiga kirdi. Ular ulg‘aygani sari va ulg‘ayganida ham hayotda hamma narsa ham bo‘yoqlarga boy detektivlardegidaka emasligini anglash va qabul qilish imkoni bo‘ladi.

Nickelodeon va Lego harakatlari bu masalada ham keskin o‘zgarishlar yuz berayotganidan dalolat beradi.

Kanalning deyarli 9 daqiqali videosi bolalarning e’tiborini irqchilik muammosiga qaratmaydi. Aslida, mayus va qo‘rqinchli video kichkina tomoshabinlarga oddiy bir fikrni ongiga singdiradi: "Amerika politsiyasi odamlarni o‘ldirmoqda" - bu orqali ularga huquq-tartibot idoralariga nisbatan qo‘rquvni singdiradi.

Bolalardagi qasddan shakllangan qo‘rquv esa ulg‘ayib katta bo‘lganida nafrat va buzg‘unchilik hissi shakllanishiga olib keladi.

Ammo davlat esa xuddi shu tartibni va davlatning o‘zini himoya qiladigan tuzilmalarsiz yashay olmaydi. Fuqarolarni davlat mexanizmining muhim qismini rad etishni singdirish qismida olib borilayotgan izchil va keng ko‘lamli harakatlar kelajakda ko‘plab kutilmagan hodisalarni kafolatlaydi.

Geylarga qarshi normalar uchun kim bizni uyaltirmoqda?

AQShdagi hozirgi siyosiy qarama-qarshiliklar umuman Amerika tizimiga tahdid solayotganini gapirish odat tusiga kirdi, chunki uning a’zolari, prezidentlarning qotilliklarigacha bo‘lgan, jiddiy inqirozlarni yengib o‘tishga sabab bo‘lgan va bu tizimning ustunlaridan bo‘lib kelayotgan asosiy qoidalarni bajarishdan faol bosh tortmoqdalar. Borgan sari Trampga qarshi kurashda, uning raqiblari butun boshli institutlarni va hukumatning eng muhim sohalarini nomaqbul yetakchi bilan bog‘lab, davlatning o‘ziga zarba bermoqdalar. Xuddi shu formatda global media-resurs egalari yosh avlodni tarbiyalashni boshlayotgani esa, u yerda vaziyat qanchalar chuqurlashib ketganidan dalolat bermoqda.

Amerika Rossiyaga yaxshi ma’lum bo‘lgan mantiqqa binoan o‘z-o‘ziga nafrat va o‘zini yo‘q qilish yo‘liga turishga tayyor: "nomaqbul prezident - vahshiy davlat mexanizmlari - yo‘q qilinishi kerak bo‘lgan la’nati davlat – halokatga muqarrar davlat". Ayrim siyosiy kuchlar bunday g‘oyani bizga singdirishga shunchalar uzoq vaqt davomida astoydil harakat qilishmoqda-ki, jamiyatda bunga allaqachon ma’lum bir immunitet shakllandi.

Endi masala shundaki, AQShni o‘zini to‘xtata oladimi. Agarda yosh amerikaliklarda politsiyaga nisbatan qo‘rquv va nafratni rivojlantiralaversa, unda buning ehtimolligi nolga teng.