TOSHKENT, 4 iyun — Sputnik. Polshada koronavirus pandemiyasi sababli qoldirilgan Defender Europe 20 harbiy mashqlariga start berildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Soʻnggi 25 yil ichida AQSH qoʻshinlari ishtirokida eng katta mashgʻulot boʻlishi kerak edi. Avvaliga Okean ortidan 20 ming askar kelishi, shuningdek, Yevropada joylashgan 9 ming amerikalik harbiy xizmatchi ularga qoʻshilishi rejalashtirilgandi.
Mart oyida AQShning Yevropadagi qoʻmondonligi (EUCOM) Pentagon tomonidan COVID-19 pandemiyasi tufayli Dynamic Front, Joint Warfighting Assessment, Saber Strike va Swift Response mashgʻulotlari bekor qilinganini maʼlum qilgandi.
Bungacha qoʻmondonlik AQSH mashqda ishtirok etadigan harbiylar sonini kamaytirishini maʼlum qilgandi. Rejaga koʻra, Defender Europe final qismi 20 aprel – 20 may oraligʻida Germaniya, Polsha va Boltiq boʻyi – 18 ta davlatdan 37 ming qoʻshin ishtirokida oʻtishi kerak edi.
“Albatta, epidemiya rejalarimizni oʻzgartirdi, ammo asosiysi, biz tezda mavjud sharoitlarga moslashdik. Polsha armiyasi bir daqiqaga ham jangovar tayyorgarligini yoʻqotmadi”, - dedi Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashak mashqlar ochilish marosimida.
Mudofaa vaziri “butun dunyo kurashayotgan muammolarga qaramay bu yerga kelib, biz bilan mashq qilayotgani uchun” AQSH qoʻmondonligiga minnatdorlik bildirdi.
Drav poligonida Defender Europe 20 mashqida 6 ming (2 ming Polsha), 100 ta tank va 230 harbiy texnika, artilleriya va raketa komplekslari, aviatsiya – umumiy hisobda 2000 dona texnika ishtirok etadi.
AQSH tomonidan 1-chi diviziya, 2-chi jangovar guruh va 3-chi jangovar aviatsiyadan - 4 mingga yaqin askar ishtirok etadi.